Abadiy ozish siri

tez ozish sirlari va usullariYaqin yaqin vaqtlargacha insondagi kasallikni asl sababidan, negizidan insonlar bexabar edilar. Endilikda psixologiya va meditsina ilmlarini o’zida jamlagan “Psixosomatika” nomli yo’nalish paydo bo’lgandan keyin, dunyodagi 98% kasalliklarning asl sababi inson ruxiyati bilan bog’liq ekanligi aniqlandi. Psixosomatika ilmi mutaxassislarini takidlashlaricha, har qanday kasallikga qandaydir qo’rqinchli narsadek qaramaslik (hatto tuzalmas kasalliklarga) kerak ekan. Chunki, kasallik insonga ozor berish va dori ichishi uchun emas, inson ruxiyati va dunyoqarashida ma’lum bir o’zgarish qilish kerakligi haqida belgi berish uchun beriladi deb hisoblashadi. Maqolamni kasallik haqida ma’lumot berishdan boshlashimga sabab, birinchidan, ko’pchilik ortiqcha vaznga kasallik deb qarashlari va ikkinchidan, ortiqcha vaznning ham sababi har qanday kasallik bilan bir hil ekanligidir. Keling, psixosomatika nuqtaiy nazaridan inson qanday qilib tez, oson va zararsiz ozishi uchun ruhiyatida va dunyoqarashida qanday o’zgarishlar qilishi kerakligi haqida va ko’pchilik bilmaydigan ozishning sirlari va usullari haqida batafsil tushuntirib bersam.

Inson har 2 yilda qayta tug’iladi!

Olimlarni takidlashicha, inson hujayralari doim to’xtovsiz ravishda yangilanib turar ekan. Inson tanasini qaysidir qismi tezroq va qaysidur qismi sekinroq tezlikda yangilanishi aniqlangan. Va umumiy hisobda uzog’i bilan har 2 yilda inson tanasi 100% yangi hujayralarga ega bo’larkan. Bu inson har 2 yilda yangitdan tug’iladi degani.  Agarda shu muddat ichida inson ruxiyatida qandaydir o’zgarish bo’lsa, inson tanasi umuman o’zgarib ketishi mumkin. O’zingiz kuzatgan bo’lishingiz mumkin. Qaysidur tanishingiz bilan uzoq muddat ko’rishmasdan, keyin ko’rishganingizdan keyin u insonni tashqi ko’rinishi o’zgarib ketganligini sezasiz, boshqa bir tanishingiz esa ancha yildan keyin ham o’sha ko’rinishda qolganiga ham guvoh bo’lgan bo’lishingiz kerak. Bu nimadan dalolat beradi? Bu degani, o’sha tanishingizdan birini ruhiyatida, kayfiyatida yoki dunyoqarashida qandaydir o’zgarish bo’lganidan va ikkinchi tanishingiz ruxiyati va dunyoqarashida hech qanday o’zgarish bo’lmaganligidan dalolat beradi. Yani, insonda qanchalik salbiy hissiyotlar ko’p bo’lsa, shunchalik u inson tanasi hunuklashib boradi, aksi bo’lsa, go’zallashib boradi degani.

Inson qomatiga yana nima ta’sir etadi?

Ko’pchilik inson qomatiga uning turmush tarzi, jismoniy harakatlari, ovqatlanish tartibi,
nasldan o’tgan belgilari va boshqa omillar ta’sir etadi degan fikrda yurishadi. Bu fikr
to’g’ri. Lekin shunisi qiziqki, bu omillarni inson ruhiyati boshqarishini hech kim inkor eta olmaydi. Masalan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmayotganingizga kim ayibdor? Albatta o’zingiz. Ko’p ovqat yoki shirinlik istemol qilishingizga kim ayibdor? Albatta o’zingiz. Nasldan o’tgan belgilarga meni daxlim yo’q deyishingiz mumkin. Lekin, bu ham sizga bog’liq. Chunki, boshqa omillarga e’tiborni ko’proq qaratsangiz, bu omil siz uchun to’siq bo’lmaydi. Bunga o’zimni misol keltirishim mumkin. Men ham agar to’g’ri ovqatlanmasam yoki jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmasam qisqa muddatda vaznim jahon standartlaridan ancha oshib ketadi.

Nega bularni hamma biladiyu, lekin hech kim bajarmaydi?

Chunki bularga nima sabab bo’lishini ko’pchilik bilmaydi. Hamma insonlar bularni sababini dangasalikga yoki ochofatlikka yo’yishadi. Aslida unday emas. Masalan, haddan oshiq miqdordagi shirinlikka bo’lgan talabi bor insonlarga hayotiy quvonch va mehr – muhabbat yetishmasligini aytish mumkin. Unga mehribon  juda ko’p insonlar bo’lishi mumkin, lekin bunday inson o’ziga nisbatan mehr hissini sezmaydi yoki uni miqdori yetmaydi. Yoki, u inson hayotida juda ko’p quvonsa bo’ladigan voqiya-hodisalar bo’lishi mumkin, lekin bunday kishi bulardan quvonmaydi. Insonning quvonchga yoki mehrga bo’lgan ehtiyoji “huruj” qilganda inson nimanidir xohlayotganini sezadiyu, lekin u nima ekanligini bilmaydi. Shunda men shirinlik yegim kelyapti yoki qornim ochgan shakilliktez ozish sirlari va usullari deb o’ylaydi. Natijada shirinlik yoki boshqa yeguliklarni yeyishni boshlaydi. Shirinlik va har qanday yegulik bilan ruhiy ehtiyojni qondirib bo’lmaganligi sabab, inson ulardan qoniqish his qilmaydi va qornim to’ymadi deb o’ylab, ularni ko’p miqdorda istimol qiladi. Shuningdek jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishdan erinchoqlik qilishning ham o’ziga yarasha sababi bor. Ko’pincha bunga har bir inson o’ziga qiziqarli bo’lgan jismoniy mashq turini bilmasligi sabab bo’ladi. Ko’pchilik ozish uchun uzoq masofaga yugrish yoki aynan bir sport turi yoki aynan bir mashq turi bilan shug’ullanish shart deb o’ylashadi. Aslida istalgan jismoniy harakat turi yordamida inson o’zidagi ortiqcha vaznni yo’qotishi mumkin. Buning uchun har bir inson o’zi uchun sevimli va qiziqarli bo’lgan jismoniy mashq turini tanlab olib, o’sha bilan shug’ullanishi lozim. Masalan kimdur qaysidur sport turiga qiziqadi, kimdur yugurishni afzal ko’radi, kimdurga shunchalik o’qishga yoki ishga piyoda borib kelish yoqadi va hokozo.

 Nima qilish kerak?

Quyida sizlarga ozishning o’z tajribamdan o’tgan sirlari bilan o’rtoqlashmoqchiman:

  1. Ko’pchilik ko’p hollarda chanqoq hissi bilan ochlik hissini adashtirishadi. Ko’pincha ochlik deb hisoblangan hissiyot, aslida chanqoq hissi bo’ladi. Shuning uchun har gal ochlik his etganingizda 2 stakan mineral suv ichib oling, agar 10 daqiqa ichida ochlik hissi yo’qolmasa yana takroran 2 stakan suv iching. Agar yana 10 daqiqa o’tgandan so’ng ochlik yo’qolmasa demak bu hissiyot haqiqattan ham ochlik bo’ladi. Aks holda shunchaki chanqoq alomati hisoblanadi.
  2. Har galgi ovqatlanish jarayoni 15 daqiqadan ortiq davom etishi zarur. Chunki, oshqozon to’yganlik hissini miyyaga 15 daqiqadan so’ng uzatadi. Ko’pchilik ozish istagida yurgan insonlar ovqatni tez yeb yuborishadi. Bunday holda oshqozon to’yganlik hissini uzatishga ulgurmasdan ko’p miqdordagi taomni yeb yuborishadi. Ovqatlanish vaqtini cho’zishga harakat qilinganda inson ovaqatni sekin asta yeyishga o’rganadi.
  3. O’zingizga qiziq bo’lgan jismoniy mashg’ulot turi bilan shug’ullaning.
  4. Quvonchga va mehrga bo’lgan ehtiyojni qondirishni “Baxt sari 7 qadam!” nomli o’quv kursimda o’rgataman. O’quv kursi haqidagi batafsil ma’lumot http://dilshod-hakimov.uz/baxt-sari-7-qadam/ manzilida!

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Psixosomatika.

1 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Maslahatlaringiz uchun rahmat

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.