Abadiy sevgi siri!

sevgi va oshiqlik nima o'zi?Ko’pchilik insonlar sevgi  vaqt o’tishi bilan so’nadi deb o’ylashadi. Lekin psixologlar bu fikrni rad etishadi. Chunki ko’pchilik “sevgi – muhabbat” va “Oshiqlik” digan so’zlar turli manoni anglatishidan habarlari yo’q.

Oshiqlik nima o’zi?

Biz aslida insonning o’ziga emas, uning ma’lum bir qiyofasiga  oshiq bo’lamiz. Yani biz qandaydir hislatga yoki ko’rinishga ega insonni orzu qilamiz va shunday insonni hayotimizda uchratamiz. Va bu inson belgilari biz orzu qilgan inson belgilariga mos kelganda biz u insonga oshiq bo’lib qolamiz. Shundan so’ng biz bu insonga faqat yahshi ko’z bilan qaraymiz. Nima qilsa ham yahshi tamonga buramiz. Hatto kamchiliklariga ham e’tibor bermaymiz. Uning hamma hatti harakatlari bizga yoqadi: janjallashishi, gapirishi, o’zini tutishi va hokozo. Va bir so’z bilan aytganda u inson biz uchun ideal insondek ko’rinadi.

Vaqt o’tishi bilan nima bo’ladi?

Hayotda turli voqiyalar va vaziyatlar bo’ladi. Va har bir inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha tutadi. Siz oshiq bo’lib qolgan inson har doyim ham siz kutgan va siz ilk martta ko’rganda oshiq bo’lib qolgan hatti harakatlarni ko’rsata olmaydi. Natijada bizni u insonga  bo’lgan iliq tuyg’ularimiz so’na boshlaydi.  Biz “Endi bildim u insonni kimligini”, “demak u men o’ylgandek inson emas, bunaqa inson ekan”, “Men ahmoq ekanman”, “uni men boshqacha inson deb o’ylagan edim” kabi so’zlarni aytamiz.  Siz kutgandek hatti harakatlarni ko’rsatgan vaqt hammasi yahshi bo’lishi mumkin, lekin qolgan vaqt siz u insonni faqat yomon tamonini ko’rasiz.  Biz u insonga real ko’z bilan qarashni boshladik deb o’ylaymiz. Aslida bunday emas. Shu bosqichda ko’pchilik yoshlar ajrashib ketishadi, yoki bir-birlarini borgan sari yanada yomon ko’rib boraverishadi.

Abadiy sevgi nima o’zi?

Aslida juftingiz siz o’ylagan inson emas. Aslida u bir olam. Olamda hamma narsa bor. Tog’lar ham bor, tekisliklar ham bor. Daryolar ham, o’rmonlar ham bor.  Sahrolar ham bor, botqoqlar ham bor. Huddi shunday sizda ham, siz oshiq bo’lgan jufingizda ham hamma narsa bor.  Huddi hayot turli tumanlikdan iborat bo’lganidek, har bir insonning ham turli tumanliklari bor.  Ishoning, agar siz bu haqiqatni tushunib yetsangiz, qabul qilsangiz va jufingizga hali ko’p o’rganish kerak bo’lgan bir dunyodek qarasangiz orangizdagi munosabatlaringiz butunlay o’zgaradi. Va  bunday dunyoqarash orqali munosabat insonlarni boqiy sevgiga olib boradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Kelin-kuyovlik ilmi.

15 ta muhokama

  1. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    hm tori yozbsz oka
    agar sevgan odam brbrini twunsa hayoti ohrgacam davom etadi.
    lekni bu masalaga hozr jdy qarawmayabdi.
    har hl bomagan gapsozlaga iwonb oilala ajralib ketvoti
    lekin bu iw yahwimas db oyliman

  2. Asror shunday dedi:

    Yaxshi, ammo qisqa yozibsiz. Bizni insonlar tushunib yetishlari uchun yanada chuqurroq yozish kerak deb o‘ylayman. Albatta gaplaringiz juda tog‘ri. Hozirgi yoshlar hali hayot nimaligini bilmay turib, shaxshiyat bo‘lib yetishmay turib turmush qurishmoqda. Hayol-orzularimza qandaydir ideallarni shakillantirib olamizda va shu idelaga mos insonni qidiramiz. Topsak ham siz aytganingizday sekin-astam idealimizdagi inson emas ekan deb ko‘nglimiz sovuy boshlaydi. Aslida har kimni boricha qabul qilib turmush ortog‘imizga bizga tegishli narsa kabi emas, balki bir shaxshiyat sifatida muomala qilishimiz kerak. ISHLARINGIZDA MUVAFFAQIYALAR TILAYMAN, YAXSHI MAVZULARNI YORITIB BORAYAPSIZ EKAN. OMAD:)

  3. Nozila shunday dedi:

    Raxmat anchagina harhil saytlardan foydalandim va kerakli maslahatg ega boldim qolkoziz dard kormasin aka.

  4. anvar shunday dedi:

    Salom kursiga qabul pilyapsizmi

  5. Sardorbek shunday dedi:

    Raxmat aka maslaxatlar uchu

  6. Xadicha shunday dedi:

    “juftingizga hali ko’p o’rganish kerak bo’lgan bir dunyodek qarasangiz ” masalan men shunday qaradim-u, lekin u u yo`lni tanlamasa-chi? Boshqa yo`ldan ketsachi? nima bo`ladi? Axir u xam nimanidir xoxlaydi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Biz hammamiz har hilmiz. Sizni dunyoqarashingiz boshqa odamni dunyoqarashiga to’g’ri kelmaydi. Siz shunchaki u insonni sevib, mehir berib yashashingiz kerak. Va u kishidan evaziga hech narsa kutmasligingiz kerak. Haqiqiy sevgi-muhabbat shunday bo’ladi. Bu nafaqat ikki jins vakili orasidagi muhabbatda, balki insonlar orasidagi har qanday munosabatlarda shunday bo’lishi kerak. Har qanday munosabatlarda hech kimdan kech nima kutmaslik kerak. Inson o’zida mehr-muhabbatga bo’lgan ehtiyojni o’zi qondirishi kerak. Shunda boshqalardan mehr-muabbat va e’tibor kutmaydi.

  7. Xadicha shunday dedi:

    Javob uchun rahmat!!!

  8. Madina shunday dedi:

    Manimcha sevgan inson bir birin qandoq bólsa shundoqligicha qabul qilishi kere dib óyliman kamchiligi yóq insonni ózi bólmasa kerak bir biridan kamchilik qidiraversa bu uzoqa bormiydi .

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.