Asab muommosi yechimi!

Men “Nega inson asabiylashadi?” deb nomlangan maqolamda inson nega o’z asabini boshqara olmasligi haqida yozgandim. Shu maqola yuzasidan menga juda ko’p savollar kelayapti. Savollar mazmuni deyarli bir xil. Yani, “Qanday qilib asab muommosini bartaraf qilsa bo’ladi”, “arzimagan sababga asabiylashaveraman, buni qanday bartaraf qilsa bo’ladi, maslahat bering” kabi mazmunda.

Shuning uchun shu mavzuga oydinlik kiritish uchun kichik bir audio lavha tayyorlashga qaror qildim.

Demak, “Niga insonda asabiylashish holati yuzaga keladi?” degan savolga javob beradigan bo’lsam. Bu masalaga 2 hil tamondan yondashish kerak bo’ladi: Yani, masalaga yuzaki va chuqurroq yondashish.

Yuzaki yondashiladigan bo’lsa, ko’pchilikda asabiy holat yuzaga kelishiga olib keladigan eng ko’p uchraydigan sabab, bu ruhiy charchoq holati hisoblanadi. Inson haddan oshiq charchashi oqibatida arzimagan sababga ham ruhiy taranglik holati kuzatilishi mumkin.

Bu 2 ta sababga ko’ra yuzaga keladi.

Birinchi sabab: yetarli darajada uhlamaslik.


Uyqu haqida gapiradigan bo’lsam. Mutahasislar katta yoshdagi inson organizmiga o’rtacha bir sutkada 7-8 soat uyqu kerakligini takidlashadi. Lekin har bir insonning o’z jismoniy holati va turmush tarzidan kelib chiqqan holda uyquga to’yish vaqti turlicha bo’ladi. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlar tez uyquga94392232 to’yishlari va aksincha aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlarga buning uchun ko’proq vaqt talab qilishi ham kuzatilgan.

Nima bo’lganda ham uyquga to’yishga harakat qilish kerak. Chunki, insonni asabiy holatga olib keluvchi bir nechta sabablardan biri uyqu muommosi hisoblanadi.

Agar kun tartibingiz har kuni uyquga to’yish imkonini bermasa, hech bo’lmasa haftada bir kun dam olish kuni toki o’zingiz xohishingiz bilan o’rningizdan turmaguningizcha yotishingiz kerak.

Ikkinchi sabab: organizmni transga bo’lgan ehtiyojini qondirilmasligi.

Trans haqida gapiradigan bo’lsam bu haqda “Kam uyqu va asab hotirjamligiga erishish siri” deb nomlangan maqolamda batafsil aytib o’tganman. Har kuni o’rtacha 30 daqiqa davomida trans holatiga tushmasa, bu ham asab muommosini keltirib chiqarishi mumkin.

Masalaga chuqurroq qaraydigan bo’lsak, asab muommosi insondagi yeg’ilib qolgan salbiy ruhiy kechinmalar soni 60% dan oshib ketgan taqdirda ham yuzaga keladi. Bu haqda “Inson nega asabiylashadi” deb nomlanga maqolamda batafsil ma’lumot berganman.

Bu salbiy ruhiy kechinmalarni ruhiyatdan tozalash va hech qachon o’zimizga yaqinlashtirmasligimizga yordam beruvchi zamonaviy psixologik metodlar bor. Ularni hatto har bir inson hech qanday psixolog yordamisiz mustaqil bajarishi ham mumkin. Bu psixologik usullar nafaqat yeg’ilib 1427350659533022d460f0c4-38982713_articles_main_bigqolgan salbiy ruhiy kechinmalarni, balki maqsadimizga to’sqinlik qilayotgan har qanday ruhiy to’siqlarni (qo’rqinch, ikkilanish, ishonchsizlik, uyalish va hok…) ham olib tashlashga yahshi yordam beradi. Bu mavzuda intenet orqali o’rgatiluvchi pullik darslar o’tishga tayyorman. Lekin, bunday darslarda qatnashishga tayyor insonlar yetarli sonda ekanligiga ishonch hosil qilishim kerak. Agar siz uchun bunday dars qiziq bo’lsa va qatnashishni xohlasangiz shu sahifa pastidagi fikr qoldirish bo’limida bu haqda yozib qoldirishingizni iltimos qilardim. Agar yetarli darajada bu mavzuga qiziquvchilar borligiga ishonch hosil qilsam, dars o’tishni boshlayman.

Fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Ruhiy muammolar.

16 ta muhokama

  1. Husniddin shunday dedi:

    Assalomu alaykum, hurmatli Dilshod Hakimov!
    Sizning saytingizga xatto horijda jumladan yevropada ham tez-tez va muntazam kirib turamiz. Ijodingiz bizga juda ham manzur kelyapdi!
    Shu o’rinda tashbeh qilgan o’laroq shuni aytishim mumin-ki, har bir ulkan va azim salobatli chinorlar qachonlardir yosh nihol novda bo’lgani kabi, bir kun kelib, siz ham xalqaro darajadagi, jahon miqyosidagi buyuk va mashhur ruhshunos olim bo’lishingizga shubxa qilmayman!

    Dars mavzusi bo’yicha fikrim, menimcha hamma insonlar o’z sohasida yetuk mutaxasisga aylanish yoki ish samaradorligini oshirish, har sohada tez va oson muvaffaqiyatlarga erisha oladigan shaxsga aylanishdek ulkan istaklarini inobatga olib, omilkor shaxs (“effective people”) haqida dars va shu kabi qimmatli materiallaringizni taqdim etishingizni so’ragan bo’lardim.

    Samimiyat bilan,
    Husniddin

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum!
      Hurmat qilganingiz va ishonchingiz uchun katta rahmat!
      Menimcha inson o’zi sevgan sohasi bilan shug’ullansa, yetuk mutahasisga aylanishi aniq.
      Lekin o’zi mo’ljallagan ishlarini tez va oson yakuniga yetkazish va tezda natijaga erishish bilan bog’liq bilimlarim bor. Agar qiziquvchilar bo’lsa, bu mavzuda ham dars o’tishga tayyorman!

  2. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum,Dilshod aka.man xam Xusniddin akamni fikirlariga to’laqonli qo’shilaman.va man ham sizdan o’rnak olgan xolda o’z hayotiga ma’suliyat bilan qaraydigan,haqiqiy shahs bo’lib yetishishni xoxliman va albatta bo’laman,xudohohlasa.Bunda albatta sizni maslahatlarizga amal qilaman deb niyat qildim.SIZGA Kuch va omad tiliman.faoliyatiz yanayan yashnayversin.

  3. Nilufar shunday dedi:

    Assalomu aleykum, Dilshod Hakimov ! To’risi manam sizzi darslarizda qatnashishga qaror qildim. Bu saytga xozirgina kirdim va o’qidim. Maniyam orzuyim psixolog bo’lish, lekin afsuski hali institutga topshirmadim. Lekin shu yili topshirmoqchiman va astoyidil o’qimohchiman, hayotimmi 180° ga o’zgartirishga qaror qildim va bu uchun manga albattiki to’ri maslahat va yo’naltirishla kere bo’ladi.

  4. Sardorbek shunday dedi:

    Dars @mailda olib boriladimi.

  5. Samandar shunday dedi:

    Salom
    Dilshod Hakimov.
    Sizni saytingiz va siz haqingizdagi malumotlarni o’qib chiqdim. O’zingiz haqingizda batafsilroq malumot bera olasizmi. Yuqoridaki “ba’zi” fikrlar o’ta rasmiy darajada bo’lgani sabab men ularga qo’shilmayman. Sizga savollarim bor, agar qarshi bo’lmasangiz?
    1 Sizning kasbingiz nima yani Psihologmisiz?
    2 Siz qanday sababdan yuqoridaki mavzularda Dars bermoqchisiz? yani darslardan sizga qanday foyda bu siz uchun biznesmi yoki shunchaki odamlarga baxt ulashmoqchimisiz?
    oldindan raxmat

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      1. Ha Psixologman.
      2. Psixologiya meni kasbim. O’quv kurslarim uchun pul olishimga ikkita sabab bor: Birinchidan hamma kasb egalari o’z mehnati uchun pul olgandek men ham o’z halol mehnatim uchun pul olyapman. Ikkinchidan, Pul to’laganlari u insonlari foydasi uchun yahshi. Chunki, insonlar tekinka ko’rsatilgan hizmatni qadriga yetishmaydi, jiddiy qarashmaydi va o’zlari xohlagan natijaga erishmaydilar. Men buni o’z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Juda ko’p insonlarga men tekinga yordam ko’rsatib ko’rganman lekin, afsuski, ularni hech biri meni aytganlarimni qilishmadi va o’z navbatida hayotlari yahshilanmadi. Lekin pul to’laganlarni barchalari meni barcha topshiriqlarimni bajarib natijasini ko’rishmoqda va hammalari mendan mamnun.

  6. Javlon shunday dedi:

    Assalomu aleykum!
    Darslarni qaysi saytda o’tayabsiz! Javobingiz uchun oldindan raxmat!

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.