Baxtli va omadli bo’lishning asosiy siri

zakon_pritiazheniaKo’pchilik insonlar bahtli, omadli, sog’lom, boy-badavlat va har qanday orzulariga oson erishishni xohlaydi. Lekin bunday omad kulib boqqan insonlar yer yuzini juda kam foizini tashkil etadi. “Nima uchun shunday?” digan savolni berganmisiz? Buni sababini hamma biladi, lekin bu masalaga ko’pchilik jiddiy qaramaydi.

Nima uchun shunday?

Bundan 10-15 yil oldin dunyoning yetuk Biofizika, Metafizika va Kvant fizikasi fani olimlari tamonidan koinotning eng asosiy qonuni – tortishish qonuni borligi aniqlandi. Bu hammaga ma’lum yer tortishish qonunidan farq qilib, u inson o’y-fikrlari natijasida insonga tortiladigan obyekt va hodisalar qonuni hisoblanadi. Bu haqda “Hayotning buyuk siri” nomli film ishlangan. U yerda bu qonun mohiyati juda aniq, tushunrli va sodda tilda tushuntirilgan. Bu qonunga ko’ra inson nima haqida o’ylasa o’sha narsa yoki hodisa hayotida paydo bo’ladi.

Siz bu qonun borligiga ishonishingiz yoki ishonmasligingizdan qat’iy nazar, baribir hayotingizda bo’layotgan har bir voqiya va hodisa yoki hayotingizda paydo bo’layotgan insonlar shu qonun asosida paydo bo’ladi. Barcha din ta’limotlarida niyat qilish, duo qilish, yaratgandan orzularini so’rash kabi g’oyalar dinni asosiy mazmunini tashkil etadi.  Hatto payg’ambarimiz hadislarida “…ibodatning mag’zi duodir..” diganlar.

Bu nimadan dalolat beradi?

hayol(kichkinasi)

Inson orzularini so’raganda o’sha obyekt yoki hodisani ongida tasavvur qiladi va o’ylaydi. Bu vaqtda olamni yaratgan zod tamonidan olamni yaratish vaqtida yaratib qo’yilgan va fiziklar tamonidan endigina ilmiy tamondan rasman isbotlangan olamdagi voqiya, hodisa va obyektlar tortishish qonuni ishlaydi. Natijada insonnig hayotida o’sha  o’zi duo qilib so’ragan yoki o’ylagan narsa, hodisa yoki inson paydo bo’ladi. Keksalarimizdan “Nafasingni shamol uchursin, yahshi gapga ham, yomon gapga ham farishta omin deydi” qabilidagi iboralarni ko’p ishitganmiz. Chunki, ota-buvalarimiz o’z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, insonning har qanday gapi ro’yobga chiqishini bilishgan. Ilmiy tamondan aytganda inson biror narsa haqida ayniqsa katta hissiyot bilan yoki hatto hazil tariqasida bo’lsa ham gapirganda o’sha narsaning tasviri inson hayolidan o’tadi. Natijada biz yuqorida takidlagan tortishish qonuni ishga tushadi. Undan tashqari, zaharli hashoratlardan birini “Otiyo’q” deb aytilishini, halqimizda “Bo’rini gapirsang qulog’i ko’rinadi” qabilidagi hazilomus iboralardan insonlar bu qonun borligini sezishlaridan dalolat beradi.

Bu qonun qanday ishlaydi?

odam-odamga(kichkina)

Inson biror narsani o’ylaganida bosh miya radio to’lqiniga o’xshash o’ziga hos biofizik to’lqinlarni o’zidan tarqatar ekan. Biofizika, Metafizika va Kvant fizikasi olimlarini aytishlari bo’yicha har bir radio to’lqini o’z chastatasiga ega bo’lgani kabi, insonning har bir fikri va tasavvurini atrof muhitga tarqatadigan o’ziga hos chastotasi bor ekan. Bundan tashqari borliqdagi barcha hodisa va obyektlar ham o’z fizik to’lqiniga ega ekan. Masalan, inson biror boshqa inson haqida o’ylaganida, o’ylagan inson miyasidan tarqatgan chastotasi boshqa inson tanasidagi shunday chastotani tarqatadigan insonni topadi va o’sha o’ylagan inson hayotida shu inson paydo bo’ladi.

Hayotimda o’zim orzu qilgan narsa paydo bo’lishi uchun nima qilishim kerak?

Buning uchun o’sha orzuingiz haqida ko’proq o’ylashingiz yoki o’ylashingizga majbur qiladigan ishlar bilan shug’ullanishingiz kerak.

Masalan quyidagilarni qilishingiz mumkin:

     1. Har kuni bittadan qadam qo’ying.

Orzuingizni amalga oshirish uchun har kuni biror bir ish qiling. Orzuingizga erishish juda qiyinligi haqida yoki ko’p ishlar qilish kerakligi haqida o’ylamang. Shunchaki har kuni orzuingiz sari kichik bir qadam qo’ying, yani kichik bir ish qiling. Chunki har gal buning uchun biror ish qilganingizda birinchidan, o’sha narsa haqida o’ylaysiz va ikkinchidan, orzuingiz sari har kuni bittadan qadam qo’yaverib, orzuingiz yaqiniga qanday yetib kelganingizni bilmay qolasiz.

    2. Duo oling.

Kamida bir haftada bir marotaba, ota-onangizga o’z orzuingiz haqida aytib, shu orzuingiz amalga oshishi uchun  duo oling. Chunki ota-onalar farzandlari uchun chin dildan duo qilishadi va orzuingiz amalga oshishi bir necha barobar tezlashadi va osonlashadi.

     3. Orzuingiz haqida fikr yuriting.

Har kuni bo’sh vaqtingizda orzuingizdagi narsaga erishganingizni 1-2 daqiqa davomida tasavvur qiling. Buning uchun “Orzular tahtasi” ni yarating. Orzu qilgan narsalaringiz tasvirini topib, har kuni ko’zingiz tushadigan joyga yopishtirib qo’ying. Buning natijasida orzuingiz tez-tez esingizga tushadi va u haqida tez-tez o’ylashni boshlaysiz.

     4. Niyatingizni boshqalarga aytmang.

Orzu – niyatlaringiz haqida bu niyatni amalga oshirishda yordam beradigan odamlardan tashqari boshqa odamlarga aytmang. Chunki o’sha niyatga erishish bilan bog’liq ishtiyoqlaringiz so’nib qoladi. Bundan tashqari u inson o’sha maqsadingizga erishishingizga ishonmasa, tortishish qonuni niyatingiz amalga oshmasligi tamoniga ishlab qoladi.

     5. Faqat yahshi narsalar haqida o’ylang.

Misol uchun, boy inson bo’lishni xohlaysiz deylik. Agar siz oyligingiz kamligi haqida doim o’ylasangiz va nolisangiz, hayotingizga oylik kamligi hodisasini paydo qilasiz. Undan tashqari, hayotda bo’ladigan tashvishlar va g’am – g’ussalarni aks ettirgan film va musiqalarni ko’rmaslikka harakat qiling. Chunki, bunda ham obyektlar tortishish jarayoni ishga tushadi va o’sha siz ko’rgan hodisa sizning hayotingizda ham kuzatiladi. Misol uchun, o’zbek so’z ustasi Mirzabek Holmedov: “Biz hatto hazil tariqasida tamoshabinlarga biror sahna ko’rinishini ko’rsatganimizdan so’ng doim hayotimizda rostakamiga o’sha sahna ko’rinishidagi voqiya sodir bo’ladi” deb aytganlar.

     6. Shukr qiling.

Muqaddas kitoblarda olamlarni yaratgan zod tamonidan bejizga “Boriga shukr qilinglar va men allbatta undan ziyodasini sizlarga berurman” deb aytilmagan. Har kuni hayotingizda mavjud bo’lgan narsalar borligiga shukr qilishni odat qiling. Bu narsa hayotingizda bor narsalarni yanada yahshilanishiga va hayotingiz karvoni baht va omad tamoniga burilishiga sabab bo’ladi.

Hayotini butunlay yahshi tamonga o’zgartirishni xohlaganlar uchun internet orqali olib boriluvchi “Baxt sari 7 qadam!” nomli o’quv kursimga taklif qilaman! O’quv kursi haqidagi barcha ma’lumotlarni dilshod-hakimov.uz/baxt-sari-7-qadam/ sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

5 ta muhokama

  1. Elbek shunday dedi:

    Assalomu alaykum Dilshod aka, sizga savolim bor agar vaqt ajratolsaiz javob yozsaiz. Juda qiziqayapman, saytingiz juda zo’r ekan, siz bu saytdan qanday foyda olasiz?

  2. Xadicha shunday dedi:

    Maqolalariz judayam qiziqarli. Ishlarizga omad!!
    Borizga shukr.

  3. Kamron shunday dedi:

    gap yo hammasi uchun rahmat fikrlaga gap yo

Fikr bildirish