Baxtli oila siri nimada?

baxtli oilaJahon statistikasi bo‘yicha ohirgi yillarda turmush qurgan juftliklarning 1 yil ichida – 3,6%, 1 – yildan 2 – yil orasida – 16%, 3 – yildan 4 – yil oralig’ida – 18%, 5 – yildan 9 – yil oralig’ida – 28%, 10 -yildan 19 – yil oralig’ida – 22%, 20 – yildan keyin – 12,4% qismi ajrashib ketar ekan.
Bundan kelib chiqqan holda to‘ydan keyingi birinchi 4 yil ichida 40% ajirim, 9 yil ichida esa turmush qurganlarni har 3 tasidan 2 tasi ajrashib ketar ekan.

Nega bunday?

Biz o‘zbeklardagi vaziyat tushunarli. Chunki bizda atigi bir necha uchrashuvdan keyin to‘y qilib yuboriladi. Yoshlar bir-birlarini yahshi o‘rganib olishga ulgurishmaydi. Lekin, nega bir necha yil birga bo‘lib, bir-birlari hatti-harakatlari va fel-atvorlarini ipidan ignasigacha o‘rganib olib keyin turmush quradigan g’arbdagi juftliklarda ham bunday katta sondagi ajirimlar kuzatilmoqda? Nega aynan to‘ydan keyin? Nega to‘ydan avval shuncha vaqt yurganlarida bir-birlaridan sovishmagan insonlar, aynan to‘ydan keyin bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q. Axir g’arb halqlarida ko‘pchilik juftliklar hatto ancha vaqt bitta honadonda yashab ham ko‘rishadi-ku.
Chunki insonlar kelin-kuyovlik ilmini bilishmaydi. Aslida, bu qoidalar ko‘p yillar avval jahonning yetuk mutahasislari tamonidan ilmiy tamondan isbotlangan va hozirda ham bu bilimlar minglab insonlarga o‘rgatilib kelinmoqda.

Bu qanday ilm?

Psixologiyada “Asosiy talab” degan tushuncha mavjud. Unga ko‘ra har bir insonda 6 hil turdagi talab bo‘ladi. Ular har bir insonda turli nisbatlarda bo‘ladi. Kimdadir ko‘proq, kimdadir kamroq. Lekin, har bir insonda shulardan 1 ta yoki 2 tasi u inson uchun eng kuchli va asosiy talab bo‘ladi. Mutahasislarni fikricha ikkala juft o‘zidagi va juftidagi shu talablarni hisobga olgan holda oila qurishsa, hayotlari o‘zlari xohlagandek bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan. Buning uchun ikkala inson bir birining ruhiyatidagi shunday o‘ziga hosliklarni avvaldan bilib, keyinchalik shularni hisobga olgan holda yashab ketishlariga ko‘zlari yetgan taqdirdagini turmush qurishlari kerak bo‘ladi.

Quyida insondagi shu o‘ziga hosliklarni batafsil tushuntirishga harakat qilaman:

1. Qabul qilishga bo‘lgan talab.
Bunday insonlarga biror vazifani yuklasangiz ularni jahli chiqadi. Ularga turmush tarzlarini o‘zgartirgandan ko‘ra, munosabatlardan voz kechganlari osonroq. O‘z xohishlari bilan kimgadir yordam berishlari yoki hizmat ko‘rsatishlari mumkin, lekin, ulardan biror narsani kutishayotganlarini sezishsa uni bajarishmaydi, yoki, atayin teskarisini bajarishadi. Atrofdagi insonlar tamonidan ularga yo‘naltirilgan har qanday bosimni sezishadi. Hayotlariga kirib keladigan har qanday yaqin insonni qo‘shimcha yuk, qo‘shimcha majburiyat sifatida qarashadi. Ular hech narsa talab qilmaydigan va ortiqcha vazifa yuklamaydigan insonlarga turmushga chiqishni avzal ko’rishadi.

2. Qulaylikka bo‘lgan talab.
Bunday insonlar qulay yoki noqulay sharoitni juda yahshi farqlaydilar. Qulaylik ularni hotirjam qiladi, aksi esa uni yaratish uchun kuch beradi. Ular hamma ishni oldindan rejalashtirishadi. Rejalari buzilishini juda yomon ko‘rishadi. Agar sayohatga yoki shunchaki uzoqroq joyga ketadigan bo‘lishsa, o‘zlari bilan juda ko‘p narsa olib ketishadi. Ular asosan ikki turga bo‘linadilar: atroflarini qulay holga keltirish uchun tinim bilmay harakatda bo‘ladiganlar va atroflariga bunday ishlarda yordam beradigan ko‘plab “g’amho‘rlar”ni yeg’adiganlar. Ular tartibga va qoidalarga qat’iy amal qiluvchi insonlar. Ularni uylarini hech qachon tartibsiz holda ko‘rmaysiz. Bundaylarni har bir ishlari rejalashtirilgan, oldindan har tamonlama o‘ylangan va har tomonlama hisobga olingan bo‘ladi. Ular hayotlariga tasodifiy va kutilmagan ishlarni olib kiruvchi insonlarni yoqtirishmaydi.

3. Himoyaga bo‘lgan talab.
Bundaylar doim bezovta, insonlarni yaqin va begonaga ajratadigan insonlar hisoblanishadi. Ular birinchi bo‘lib “Kim biz bilan?” va “Kim biz bilan emas?” degan savolni olg’a surishadi. Ular kuchli rashkchilik hususiyatiga egalar. Ular juftlari uning tamonida bo‘lgan yoki bo‘lmaganiga, shaxsiy sirlarini birovlarga aytgan yoki aytmaganlariga, hammadan birinchi bo‘lib u haqida o‘ylagan yoki o‘ylamaganliklariga katta ahamiyat berishadi. Bundaylar har tomonlama ishonchli insonlarni tanlashadi va ularni aldab, hiyonat qilib, xavf ostiga qo‘yib yoki sirlarini birovlarga bildiradigan insonlar bilan aloqani tezda uzishadi. Juft tanlashda ularni reja, qaror va maqsadlarini qo‘llab quvvatlaydigan, bir yoqadan bosh chiqarib va har tamonlama ishonib yashaydigan insonlarni tanlashadi.

4. Pulga bo‘lgan talab.
Bundaylar pulni sevishadi va doim yeg’ishadi. Ular kamdan kam kiyim – kechak sotib olishadi. Bitta sifatli kiyim sotib olib, ancha vaqt kiyib yurishadi. Ularni eng yomon ko‘rgan ishlari – ortiqcha to‘lov. Savdolashishni yahshi ko‘rishadi va chiqirma bor joylarni doim qidirishadi. Mayda chuyda buyumlarga harajat qilishni yoqtirishmaydi. Ular faqat uzoq muddat hizmat qiluvchi buyumlarnigina sotib olishlari mumkin. Biror buyumlari buzilsa, ustaga pul to‘lamaslik uchun iloji boricha uni o‘zlari tuzatishga harakat qilishadi. Faqat ularga kerakli biror narsa arzonlashib qolgan vaqtdagina ularni ko‘p sonda sotib oladilar. Qayta ishlatish yoki sotib yuborish mumkin bo‘lgan eski buyumlarni axlatga tashlashmaydi. Qayerda bo‘lishsa ham u yerdagi buyum va hizmatlarni narxidan doim habardor bo‘lib yurishadi. Ular tejashni bilmaydigan va pulni tezda ishlatib yuboradigan insonlarni yoqtirishmaydi. Agar juda qimmat bo’lsa, hatto ularga berilgan sovg’a ham ularni ranjitishi mumkin. Ular ko‘pincha sovg’ani pul ko‘rinishda bo‘lishini xohlashadi.

5. Maqtanishga bo‘lgan talab.
Bunday insonlar hamma ishni boshqalar baxo berishlari uchun bajarishadi. Ularning asosiy xohishlari boshqalardan past yoki yomon bo‘lib qolmaslik va iloji bo‘lsa yahshiroq yoki yuqoriroq bo‘lish. Ularni hayotlarini musobaqadan iborat desa bo‘ladi. Har sohada boshqalardan ko‘ra yahshiroq bo‘lishga harakat qiladilar. Ular ko‘p ishlarni o‘zlarini rohatlari uchun emas, boshqlar baxo berishlari uchun bajarishadi. Ayrimlar “Meni muommoyim sizlardan ham yomonroq” deb maqtanishlari ham mumkin. Juftlaridan ham doim maqtov eshitishni va juftlarini o‘zlari ham qaysidir jihatdan maqtovga arzigulik inson bo‘lishlarini xohlashadi.

Bu yozilgan hislatlar sizda yoki juftingizda 100% aynan yuqorida aytilgandek bo‘lmasligi mumkin. Lekin har bir kishida shulardan kamida bittasi qaysidir darajada bo‘lishi aniq.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Kelin-kuyovlik ilmi.

4 ta muhokama

  1. Kaxramon shunday dedi:

    Agar iloji bulsa butkul xayotimdi. Uzgartirardim iloji bormi

  2. Davrbek shunday dedi:

    Er xotin bir birini to’liq tushunib olishi uchun qancha vaqt kerak?

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.