Bolani urishish mumkinmi? (she’r)

bolani urishish mumkinmi?

Bolangizni qarg’amang,
Duo qiling bolani,
“It”, “Eshak” deb so’kishga,
Xayo qiling bolani.

Rasulluloh derdilar,
Yuzlaridan yog’ib nur:
“Bolalar bu – jannatning

Gulu rayhonlaridir”.

To’g’ri ba’zida “Gulu”
Rayhonlar”  ham kuydirar,
Sho’xligi oshib ketsa,
Joningizdan to’ydirar.

Bobom derdi: “Bolani
So’kmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
“Nodon” yoki “Humpar” deb,
“Boy bo’l”, “Ko’paygur” deng,
Aslo demang “O’l”, “La’nat””.
Shuni bilib qo’yingki,
So’kish ham bir san’at.

Qaniydi payg’ambarday
So’ksangiz, qilsam huzur,
Ul zot derdilar so’ksa:
“Burning yerga ishqalgur”.

Tildan chiqqan har so’zda,
Ma’rifat, ziyo bo’lsin,
Hattao so’kishingiz ham,
Yahshi bir duo bo’lsin.

Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar,
Har so’zga ko’kda “Omin!”,
Deb turar farishtalar.

“It” desangiz, it bo’lib,
O’zingizni qopadi,
“Eshak” dan eshak, har kim
O’z tilidan topadi.

Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin,
Itu eshak fellardan,
Parvardigor asrasin.

Olim, shoir, hunarmand,
Polvon bo’lsin bolalar,
Yurtga kerakli, halol
Inson bo’lsin bolalar.

Bolangizni so’ksangiz,
“Poshsho bo’lgur” deb so’king,
“Olim bo’lgur”, “Hizrga
Oshno bo’lgur” deb so’king.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Bola tarbiyasi.

3 ta muhokama

  1. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    zo’r

    lekin ayrim insonla oz navaralarini padaridan sokib qargashadi wulagayam korsatin wu werlarizzi

Fikr bildirish