Dangasalik, irodasizlik va jur’atsizlik nima o’zi?

8e393aadd4188328f14be3da4bccffa4Nega millionlab insonlar o’z orzularini, maqsadlarini va rejalarini keyinga qoldirishadi. Nega ko’pchilik yangi hayotni dushanbadan, yangi oydan yoki yangi yildan boshlashni maqsad qiladiyu, lekin hecham boshlay olmaydi. Ko’pchilik bu holatni dangasalik deb atashadi. Ko’pchilik “men dangasa insonman” yoki “menga iroda yetishmaydi” kabi fikrlarni bildirishadi. Aslida “dangasalik” va “iroda” degan tushunchalarga men umuman ishonmayman.

Chunki, biror ishni keyinga qoldirishning 3 ta sababi bor:

  1. Siz bu ishni chin qalbdan xohlamaysiz;
  2. Sizda buni bajarishga jismoniy va ruhiy kuch-quvvat yetishmaydi;
  3. Maqsad yo’lidagi qo’rqinch.

Keling bularni har biriga batafsil to’htalib o’taylik:

  1. Chin dildan xohlamaslik.

Bunga insonni qilish kerak deb hisoblagan bu ishi  aslida o’z xohishi emas, boshqalar tamonidan miyya (quyi ong) ga singdirib qo’yilgan ish bo’lishi oqibatida yuzaga keladi. Qanday qilib niyat o’zimizniki yoki boshqalar tamonidan ongimizga singdirib qo’yilgan orzu-maqsad ekanligini aniqlashni “Baxtli va omadli bo’lishning 3 qoidasi” deb nomlangan video darsimda to’liq tushuntirganman.

  1. Jismoniy va ruhiy kuch quvvat yetishmasligi.

Bu narsa asosan 2 sababga ko’ra yuzaga keladi.

  • Yetarli darajada uhlamaslik;
  • Organizmning transga bo’lgan ehtiyojini qondirilmasligi.

Bular haqida “Asab muommosning yechimi!” deb nomlangan audio darsimda batafsil tushuntirganman.

  1. Maqsad yo’lidagi qo’rqinch.

Bu asosiy sabab hisoblanadi. Ularni siz angamasligingiz mumkin. Chunki ular quyi ongingizda joylashgan bo’ladi. Ularning turlari:

  • Ishingiz o’xshamasligidan qo’rqish (Agar ishim o’xshamasachi?).
  • Jamoat fikridan qo’rqish (Men haqimda nima deb o’ylashadi?)
  • O’zgarishlardan qo’rqish.

151714-640x480O’zgarishlardan qo’rqish eng ko’p uchraydigan qo’rqinch turi hisoblanadi. Psixologlar insondagi o’zgarishlardan qo’rqish hissi o’limdan qo’rqish hissidan kuchliroq ekanligini isbotlashgan.  Deyarli barcha insonlar hayotlarida o’zgarish qilishdan qo’rqishadi. Har bir insonning o’zi o’rganib qolgan “Qulaylik doirasi” deb nomlanuvchi hududi bor. Bu kishi o’rganib qolgan ishlari va hatti harakatlari hisoblanadi. Ko’pchilik insonlar kamdan kam hollarda hech qachon qilmagan yangi ishlarini qilib ko’rishadi. Afsuski hayotda yangi natijaga erishish uchun hayotda buning uchun yangi bir ish qilishga majburmiz. Buning uchun ko’pincha qo’rqinchni yengan holda qilishga to’g’ri keladi.

Nima qilish kerak?

Maqsadingiz sari qadam bosishni boshlang! Maqsad sari hech bo’lmasa kichik – kichik qadam bosishdan boshlang. Mayli, bu qadamingiz ideal bo’lmasa ham, juda kichik ish bo’lsa ham, ahamiyatsiz bo’lsa ham. Agar siz qulay vaqt va qulay vaziyatni kutib o’tirsangiz, siz hech qachon maqsadingizga erisha olmaysiz. Aslida eng qulay vaqt va eng qulay vaziyat bu hozirgi vaqt. Hech narsani keyinga qoldirmang.

Masalan siz avtomashinangiz bo’lishini xohlaysiz deylik. Hech bo’lmasa, avtomashinalar tasvirini ko’rib chiqib qaysi mashinani olmoqchi ekanligingizni, u qanday rangda bo’lishini, uning narxi qancha ekanligini aniqlab oling.images

Yana misol keltiradigan bo’lsam, masalan siz turmush qurmoqchisiz deylik. Buning uchun avval o’z orzuingizdagi insonni belgilarini yozib chiqing. U inson qaysi hislatlarga ega bo’lishi kerak, uning tashqi belgilari qanday bo’lishi kerak, nima bilan shug’ullangan bo’lishi kerak, dunyoqarashi qanday bo’lishi kerak, siz bilan yashaganda qanday vaziyatlarda va o’zini qanday tutishi kerak va hokozolarni yozib chiqing. Chunki ko’pchilik insonlarni bir katta hatolari bor. Olloxdan Baxt, omad, sog’liq, tinchlik, yahshi turmush o’rtoq kabi nisbiy tushunlarni so’rashadi. Lekin, bularni aytganingizda nimani tushunayapsiz deb savol beriladigan bo’lsa javob bera olishmaydi.

Hayotning bir yozilmagan qonuni bor. Toki o’zingiz nimani xohlayotganingizni tushunib olmagungizcha, Ollox ham sizga nima berishni bilmaydi. Buni jahonnig ko’plab yetuk olimlari ming-minglab insonlar hayoti misolida isbotlab ko’rsatishgan. Hatto  dinimiz ta’limotida “uyingizdagi tuz va oyoq kiyimingiz bog’ichigacha so’rang” degan fikrlar ham aytilgan. Bu nafaqat hamma narsani so’rash kerakligini, balki hamma narsani ikir chikirigacha so’rashga buyurilganligidan dalolat beradi. Shunigdek maqsadni aniqlab olishdan tashqari, o’shani ro’yobga chiqarishga harakat qilib borish kerak bo’ladi.

Shuningdek, birovni siz haqingizda nima deb o’ylashidan ham qo’rqman. Masalan men shu saytimda yaratishni boshlashdan oldin men ham qattiq qo’rqqandim. Chunki saytimda berib boradigan ma’lumot va fikrlar ko’pchiligi meni fikrim emas, aslida ilmiy isbotlangan ma’lumotlar bo’lishiga qaramay baribir buni tushunmaydigan va ustimdan kuladigan insonlar ham topilishini bilardim. Lekin men o’zimga hato qilishga, kulgiga va tanqidga qoladigan inson bo’lishga ruhsat berdim. Shu narsa meni rejalarimni amalga oshirishga katta yordam berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

28 ta muhokama

  1. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum aka.sog’liqlariz yaxshimi?mani ham bazi muommolar qiyniydi.man xam odamlar mani ustimdan kulishlaridan qo’rqaman.shu sababni deb,ko’p ishlarimni bemalol qila olmayman.yoki ishimni oxirigacha qila olmayman.javob uchun rahmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom! Rahmat! Zo’r!
      Ushbu maqolada bergan tavsiyalarimni bajarishga harakat qiling. Shuningdek, inson o’ziga bo’lgan ishonchi yetishmagan taqdirda ham ishni boshlay olmaslik yoki boshqlar fikridan qo’rqish holatlari bo’ladi. O’ziga ishonchni shakillantirish va mustahkamlashga katta yordam beradigan usullarni o’zimning “Baxt sari 7 qadam” nomli o’quv kursimda o’rgatganman.

  2. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaylum Dilshod aka.javobiz uchun katta rahmat.bu saytiz manga juda yoqdi!har safar yengi maqolalarizni qiziqish bilan o’qiyman.mani hali savollarim ko’p,yana so’rasam maylimi?inson qanday qilib,to’laqonli o’z iqtidori,yo’nalishni topish mumkin?o’zligimni chuqur anglashim uchun nima qilishim zarur?javobiz uchun oldindan rahmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      O’zligini anglash uchun men aytgan “Baxt sari 7 qadam!” nomli o’quv kursi yahshi yordam beradi. O’z iqtidori va qiziqishidan kelib chiqqan holda o’z kasbiy yo’nalishini topish bo’yicha o’quv kursi tayyorlashni rejalashtirganman. Xohlasangiz bu bilimlarni shaxsiy konsultatsiya orqali o’rgatishim mumkin. Chunki bu narsani bitta gap bilan tushuntirib bo’lmaydi. O’z hayot yo’lini belgilab beruvchi ishni aniqlash uchun ma’lum bir ketmaketlikdagi ishlar to’plamini bajarish kerak bo’ladi.

  3. Ulug'bek shunday dedi:

    Uzur,javobizni kutmasdan yana so’ramoqchi edim.o’zizga ma’lumki o’ziga bo’lgan ishonch suniy shakllantirilgan bo’lsa bu faqat zararga ishliydi.ya’ni bu orqali odam takkabur va manman bo’lishi mumkin.man kamtar bo’lshni va shu bilan o’zimda tabiiy yo’l bilan ishonchni shakllantiroqchiman.aytingchi tabiiy va sohta ishonchni qanday farqlash mumkin?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Tabiy va sohta degan ishonch bo’lmaydi. O’ziga ishonmaydigan insongina manmanlik va takabburlik qiladi. Chunki aslida bunday inson ich-ichidan o’zini boshqlardan past sanaydi (ishonch yetishmaganligi uchun) va buni bildirmaslik uchun atrofdagilarga boshqalardan ustun ekanligini isbotlashga urinadi. Haqiqiy manoda o’ziga ishongan inson manmanlik va takabburlik qilmaydi va boshqalarga o’zini ustun ekanligini isbotlashga urinmaydi. Chunki bunday inson bu ishlarni o’ziga-o’zi allaqachon isbotlab olgan bo’ladi. Barcha savollaringiz mazmunidan “Baxt sari 7 qadam!” o’quv kursi siz uchun yaratilganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Chunki bu o’quv kursini asosiy mazmuni inson o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga yordam berishdan iborat.

  4. Ulug'bek shunday dedi:

    “baxt sari yetti qadam”o’quv kursingizni bepul holda o’rgansa bo’ladimi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Uzr, tekinga berilmaydi. Chunki, birinchidan, insonlar tekinni qadriga yetishmaydi, ikkinchidan, agar inson hayotini o’zgartirish uchun pul sarflashni xohlamasa, demak hayotini o’zgartirishni chin dildan xohlamaydi. Undan tashqari o’quv kursi narxi undan oladigan foydangiz oldida hech narsa emas. Buni ishonch bilan aytishimga sabab, bu o’quv kursida beriladigan psixologik metodlarni ming-minglab insonlar hayotlarida qo’llab yahshi natijalarga erishganlarini guvohi bo’lganman. Shuningdek, o’quv kursda qatnashsangiz boshqa ishtirokchilar tamonidan o’quv kursi haqida bildirilgan fikrlarni ko’rib o’zingiz ishonch hosil qilasiz.

  5. Ulug'bek shunday dedi:

    Rahmat javobiz uchun.siz haqsiz.axir xayotni yahshi tarafga o’zgartish bu be’baho.mablag’ topishim bilan,darslarizga albatta qatnashaman.etingchi sizdan real kansultatsiya olishning imkoni bormi?chunki real suhbat natijasi yahshi bo’ladi!

  6. Ulug'bek shunday dedi:

    Sertifakitizni ko’rganimda,”амбициозный целъ”degan bo’lmi bor ekan.iloji bo’lsa shu so’z manosini tushuntirib bersez devdum.

  7. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum,Dilshod aka.man sizni darslarizni o’rganganimdan so’ng,bugun bitta narsani chuqur angladim.maktabni,so’ng ko’llejni bitiribman-u,ammo hech qachon kim bo’lishni o’ylab ko’rmagan,aniq bir maqsadni ko’zlamagan ekanman.avallombor manga to’g’ri yo’nalish berganiz uchun sizdan juda minatdorman.hozir 22 yoshdaman.hozir o’zimdan uyalib ketvomman.man hozirgacha erishishni xoxlagan narsalar,bu man atrofdagi odamlardan o’rgangan narsalar ekan.ya’ni bu mening orzuyim emas ekan.”xa refleksi”samarali bo’lishi,va o’z orzu va niyatlarimni aynan meniki ekangligini va uni aniqligini aniqlashni boshqa iloji bormi?

  8. Ulug'bek shunday dedi:

    Tushunarli.agar odam o’z-o’ziga beihtiyor “men kimman” deb savol bersa nimani anglatadi?internetda o’qisam,bu savol o’ziga ishonmaydigan odamlarning savoli ekan.bazan man o’zimni juda yolg’iz his etaman.go’yoki man butun insoniyatdan chetda qoladigandekman.ijtimoiy adaptatsiyam juda yomon.nima qilsam bo’ladi?stresni qanday bartaraf qilsa bo’ladi?

  9. Ulug'bek shunday dedi:

    Dilshot aka,bu shahsiy savolni berayotganim uchun uzur,lekin juda qiziqib ketvomman.sizda amalga oshishi ilojsizdek tuyulgan orzuyingiz amalga oshganmi?bu paytda dunyoda eng baxtli inson bo’lsangiz kerak-a?ko’pchilik mashhur shahslar,miliarderlar o’z orzularini qanday amalga oshirishni bilmaganlari rostmi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Ha amalga oshgan. Institutga davlat budjeti asosida kirganimda, chet-el sayohatiga chiqqanimda…
      Ha bu payt o’zimni juda baxtli his qilganman.
      Ko’pgina mashhur shaxslar hayotlarida qiyinchiliklar ko’rib, bu qiyinchiliklardan halos bo’lish va o’z orzularga yetish yo’lini qidirganlar.
      Aynan shunday qiyinchiliklar ularni olg’a intilishlariga katta turtki bo’lgan.

  10. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykun Dilshod aka.sog’liqlariz,ishlariz yahshimi?avvalambor samimiy javobiz uchun sizdan minatdorman.siz o’rgatayotgan bilimlarni ko’pchilik tushunmaydi va shu masalada samimiy javob bera olmaydi.man bitta narsani tushunib yetdim.mani baxtli bo’lishiga man o’zim yo’l qoymayaptgan ekanman.ya’ni ichimdagi qo’rquv,g’azab,nafrat va hasad.hammaga aql o’rgataman, nasihat qilaman,tanqid qilaman-u ammo hech o’zimga holis baho bermayman.bu juda katta qusur ekan.yana pefecsionizm va prokrestansiya ham insonga katta to’sqinlik qilar ekan.oxigi paytda haddan tashqari perfecsionist harakteri manga pand berayotganini tushunib yetdim.bu illat insonni cheklab,hayotni boricha qabul qilishga yo’l qo’ymas ekan.

  11. Nafisa shunday dedi:

    assalomu aleykum.Bu saytni tasodifan o’qib qoldim. Hozir juda yomon ahvoldaman. o’zimga bo’lgan ishonchim past yoshim 23ga kiribdiyu shu paytgacha qayerda o’qishim nima ish qilishim kimga turmushga chiqishim yaqinlarim tomonidan hal qilinib kelingan. Hozir 2ta farzandim bor turmush o’rtog’im esa negadir mandan ko’ngli to’lmayotgande tuyuladi hayotga bo’gan qiziqishim qolmagandek manga nima maslahat berasiz balki psihologga murojaat qilsammikan.

  12. Nigora shunday dedi:

    Salom yaxshimisiz. Saytingiz yaxshi ekan. Manga yoqti. Mani dangasalik muammosi yomon qiynavotti. Maslahat bering. Javob uchun oldindan raxmat.

  13. shukrona shunday dedi:

    Manga xam bu saytingiz juda yoqdi.

  14. Iftixor shunday dedi:

    Salom Dilshod aka dangasalikdan qutilishni.iloji bormikan nima deb uylaysiz?

Fikr bildirish