Farzand tarbiyasidagi 7 qoida

tarbiyaKo’pchilik farzandni to’g’ri tarbiya qilishni bilmaydi. Shuning uchun ota – onalarga bu boradagi maslahatlar va to’g’ri tarbiya sirlari juda muhim.  Afsuski bu bilimlar hech qayerda o’rgatilmaydi. Shuning uchun har kim o’zi bu bilimlarni mustaqil o’rganishiga to’g’ri keladi. Har bir ota-ona bola tarbiyasi bo’yicha hech bo’lmaganda eng asosiy qoidalarni bilib olishi zarur.

Bola tarbiyasi borasidagi psixologlar maslahatlari:

Tarbiya siri №1

Bunga siz ishomasligingiz yoki sizga g’alati tuyulish mumkin. Lekin , bola  7 yoshgacha hech qanday ruxan va jismonan nuqsonlarsiz katta bo’lishi uchun uni bir kunda kamida 4 martta va to’liq mukammal inson bo’lib yetishishi uchun esa 12 martta quchoqlash kerak. Aks holda mehr yetishmasligi oqibatida turli kasalliklarga chalinishi va ruhan shakillanishida nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin.

Tarbiya siri №2

Bolani urishish mumkinmi? Agar bolangiz biror ishni to’g’ri qilolmayotgan bo’lsa, barcha e`tiboringizni shunga qaratib, bunga yopishib olmang. Undan  ko’ra yahshi bajarayotgan ishlari uchun tez-tez maqtang. Shundagina bolangiz o’z-o’zidan qolgan ishlarni ham to’g’ri va joyida qilishga harakat qiladi.

Har qanday holda ham hech qachon “Sen bir ishni eplolmaysan”, “Sen doim…”  kabi jumlalarni ishlatmang. Chunki bu narsa bola ruhiyati va tarbiyasiga qattiq ta’sir etishi aniq.

Tarbiya siri №3

O’ziga ishongan shaxsni tarbiyalash. Hech qachon bolangizni turli qo’rqinchli voqiyalar yoki kuchuk, bo’ri va shu kabilar bilan qo’rqitmang. Har qanday qo’rqinch bolada o’z hatti harakatiga nisbatan ishonchni yo’qolishini keltirib chiqaradi.  Bundan tashqari bolani tashqi ko’rinishi va hulq-atvoridagi kamchilikka urg’u berish o’rniga, farzandingizga o’sha kamchiliklarni to’g’irlashga yordam bering. Shunda haqiqiy liderni voyaga yetkazasiz.

Tarbiya siri №4

Bolada eng kichik vaqtidan boshlab javobgarlik hissini tarbiyalash zarur. Buning uchun kichik bir vazifalar berib turish kerak. Bu narsa inson hulq-atvorini shakillanishida muhim o’rin tutadi. Bola uy ishlari bilan band bo’lganda unda tezda mustaqillik hislati rivojlanadi va kichik bo’lsa ham mustaqil yechimlar qabul qilishni boshlaydi va unda turli injiqliklarga vaqt qolmaydi.

Tarbiya siri №5

Bola tarbiyasinig asosiy qoidalaridan biri shuki, hech qachon bolaga to’g’ridan – to’g’ri yo’l ko’rsatish yahshi emas. Yani, har bir savolni yechimini tashabbuskorlik bilan o’zi topishiga yo’l qo’yish kerak bo’ladi. Faqat to’g’ri yechimga undash va yo’nalish berish kerak.

Tarbiya siri №6

Bolani hayotdagi to’siqlarni mustaqil yengib o’tishga o’rgatish juda muhim. Faqat shu orqaligina hayotdagi qiyinchiliklarni jasurlik bilan yengib o’tishdan qo’rqmaydigan insonni tarbiyalash mumkin. Shu oraqali turli stress, ruhiy tushkunlik va xavotir kabi hissiyotlarga moyilligi juda kam bo’lgan shaxs voyaga yetadi. Bola tarbiyasida nafaqat yahshi tarbiyachi bo’lish, shuningdek yahshigina psixolog ham bo’lish lozim bo’ladi.

O’ylaymizki, bu maslahatlarimiz o’g’lingiz yoki qizingizni o’ziga ishongan, jasur va yahshi inson bo’lib tarbiyalanishi uchun nima qilish kerakligini tushunishizga yordam beradi. Maqola bo’yicha fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz!

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Bola tarbiyasi.

1 ta muhokama

Fikr bildirish