Folbinlik nima o’zi?

Folbinlik nima o’zi?Aslida folbinlik qobilyati Ollox tamonidan har bir insonga berilgan.  Psixalogiyada bu qobilyatni intuitsiya yoki 6 chi sezgi azosi deyiladi. Ko’pchiligimiz “Men sezgan edim shunaqa bo’lishini”  kabi gaplarni gapiramizu, lekin bu sezgi qayerdan kelishi haqida hech ham o’ylab ko’rmaymiz. Aslida bu qobilyat insonga birovni kelajagi, o’tmishi yoki  hozirgi hayotini ko’rib berish uchun emas, o’z hayotini baxtli va xavfsiz qilish uchun berilgan.

Inson onggi 2 qismdan: ong va ong osti qatlamidan iborat. Ongni vazifasini hamma  biladi. Yani, u xulosa chiqarish, maqsad qo’yish, vazifani mantiqiy yechimini topish  kabilar bilan shug’ullanadi. Lekin, ong osti qatlamini vazifasi haqida ko’pchilik eshitmagan.

quyi ong

Ong osti qatlami insonni sog’lig’i va havfizligini taminlash bilan shug’ullanadi. Olimlar tamonidan bir necha o’ng yil oldin inson o’z onggi imkoniyatlarini atigi 2-3% ini ishlatishi haqida takidlashgan edi. Hozirgi vaqtda inson onggini qolgan 97-98% resursi ong osti qatlamiga tegishli ekanligi aniqlandi.

Miyaning ong osti qatlami asosan inson sog’lig’ini meyoriy holda saqlash bilan shug’ullanadi. Yani, inson qon bosimini meyorda saqlash, qon aylanishi va yurak urushini ta’minlash, organizmdagi mikrob va infektsiyalarni tozalash, kasallikni yengish, tanada paydo bo’lgan yaralarni bitkizish, ichki o’rganlar o’z vazifasini bajarishini ta’minlash va hokozolar bilan shug’ullanadi.

Shuningdek, olimlarni isbotlashlari va ming-minglab insonlar tajribalarini ko’rsatishicha, ong osti qatlami inson boshqa 5 hil sezgi azosi bilan seza olmaydigan ilohiy olam bilan bog’lanib, u yerdan inson foydasiga hizmat qiladigan ma’lumotlarni olib, inson ong qismiga uzatishga harakat qilarkan. Lekin har bir insonni  jismoniy, ruhiy va tarbiyaviy hususiyatlariga ko’ra bu ong ostidan keladigan ma’lumotlarni kimdir ko’proq, kimdir kamroq, kimdir umuman sezmaydi yoki e’tibor bermaydi.

Din ta’limotlarida folbinlik qoralanadi. Chunki folbinlik bu – ilohiy olamdan boshqa insonlar hayotiga tegishli ma’lumotlarni olib berish faoliyati hisoblanadi.  Intuitsiya bu – insonni yanada baxtli va quvonchli hayot kechirish, hayotda yuqori yutuqlarga erishish va havfsiz hayot kechirishga hizmat qilishi uchun olamlarni yaratgan zod ta’monidan berilgan inson ongini imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. miyya yarim sharlariInson miyasi 2 yarimshardan iborat: o’ng yarimshar intuitsiya, nutq, tasavvur, hayol, ijod, musiqiy qobilyatlarga javob bersa, chap yarimshar insonni mantiqiy, nutqiy qobilyatlariga javob beradi.

Inson tug’ilganida o’z intuitsiyasi signallarini yahshi sizadigan darajada bo’ladi. Masalan yosh bolalar nega sababsiz yeg’lashi yoki biror narsani xarhasha qilishi haqida hech kim o’ylab ko’rmagan.  Bu narsa yosh bolalar biz ko’rmayotgan narsani ko’rishyotgani va biz sezmayotgan havfni sezishlaridan dalolat beradi.  Keyinchalik noto’g’ri tarbiya natijasida ular o’z 6 chi sezgi azolariga e’tibor berishdan to’xtashadi.

Chunki ular o’zlari bilmagan holda o’z intuitsiyalari ko’rsatgan ishni emas, ota-onalari etganlarini qilish kerak degan hulosaga kelishadi.  Chunki , ko’pchilik ota-onalar bolani xarhashalarini bajarmaydilar, yoki  qo’pol ohangda javob qaytaradilar.  Bu borada yaponlar juda to’g’ri yo’l tutishadi. Yani, 5 yoshgacha bolani “Podishoh” dek, 5 yoshdan voyaga yetguncha “Qul” dek, voyaga yetgandan keyin do’stdek muomalada bo’lishadi. Shuning uchun ham yaponiyada juda ko’p olimlar va ixtirochilar yetishib chiqmoqda.

ilohiy olam va inson ongiOng osti qatlami ilohiy olam bilan bog’langanda faqat o’sha inson foydasiga hizmat qiladigan ma’lumotlarni ma’lum qiladi. Chunki, ong osti qatlamini asosiy vazifasi inson hayotini saqlab qolishdan iborat. Ongning bu qatlami barcha tirik mavjudotlarda mavjud. Inson miyasi esa, yana bir qatlam, yani ong qatlami borligi bilan farq qiladi. Hayvonlar intuitsiyasi yahshi rivojlangan bo’ladi va ular o’zlarini himoya qilishni yahshi bilishadi. Misol uchun mushukni biror uzoq joyga adashtirib kelinsa, u qisqa muddatda olib ketilgan joyni topib, qaytib kelishini kuzatish mumkin. U aynan intuitsiyasi orqali topib keladi.

Inson bir kunda yuzlab qarorlar qabul qiladi. Intuitsiyasi kuchli inson esa shu qarorlar ichidan o’z orzu –maqsadlariga yetkazuvchi to’g’ri qarorlar qabul qiladi. Masalan, bunday inson biror ishga qo’l urishdan avval o’z 6-xissiyoti yordamida bu ish natijasi qanday bo’lishini darxol ko’ra biladi va shunga ko’ra bu ishni qilish –qilmaslikni yoki qanday qilib qilish kerakligi haqida to’g’ri qarorni qabul qiladi. Natijada u inson qilgan har bir ishi behato bo’ladi va samarali natijaga olib boradi. Olimlarni olib borgan tajribalariga ko’ra dunyodagi boy-badavlat insonlarning barchalarini intuitsiyalari o’ta yuqori darajada bo’larkan.

Insonning 6 chi xissiyoti tarbiya jarayonida “O’ldirilgan” bo’lsada, uni maxsus mashqlar yordamida o’z asl holiga qaytarish mumkin. Buning uchun inson o’z ustida ko’p marotaba ishlashiga to’g’ri keladi.  Hozirgi vaqtda dunyoda ming-minglab insonlar maxsus o’quv markazlarida intuitsiyani rivojlantirish sirlarini o’rganib kelishmoqda va hayratlanarli darajalarga erishmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Intuitsiya.

13 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Salom! sizga savollarim bor edi:
    Intuitsiyani qanday rivojlantirsa bo`ladi?
    Ichki dialogni qanday to`xtatsa bo`ladi?
    Yana savol bersam javob yozasizmi.
    Hurmat bilan Sardor!

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom! Intuitsiyani rivojlantirishni 24 hil usuli bor. Bularni tushuntirishga ancha vaqt ketadi. Yaqin oylarda bu haqda katta hajmdagi o’quv kursini tayyorlashni rejalashtirganman. Saytga kirib tursangiz, kurs tayyor bo’lgani haqida birinchilardan bilib olasiz. Ikkinchi yo’li ham bor. Bu o’quvchi bilan yakkama yakka ishlash yo’li. Ishlash internet orqali bo’ladi.
      Ichki dialogni to’xtatishga kelsak. Buning eng oddiy usuli: ichki dialog paytida ko’zni 20-30 martta o’nga va chapga haraktlantirish. Bunday holda miyya neyronlarida o’zgarish ro’y berishi hisobiga inson o’z irodasi bilan boshqara olmayotgan hayollar tozalanishi ro’y beradi.
      Bemalol muvzuga ta’luqli savollarni berishingiz mumkin.

  2. mehmon shunday dedi:

    Bola voyaga yetganligini qanday bilamiz?

  3. Ulug'bek Mansurxodjayev shunday dedi:

    Assalomu alaykum,DILSHOD aka.manga blogingiz juda yoqdi.savolim bor sizga.mani hozirda ichki havotir tinch qo’ymayapti.bu xovotir shu qadar kuchliki,kechqurun bazida uyg’onib ketaman.xayotda o’z o’rnimni topa olmaslik qo’rquvi.kelajakdan qo’rqaman,vahimaga tushaman.bundan qutulishning imkoni bormi?javobingiz uchun oldindan rahmat.

  4. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum.javobingiz uchun rahmat.to’g’risini aytsam siz insonlar uchun eng muhim bo’lgan ishni boshlapsiz!sizga ishlarizda omad,baxt va saodat tiliman.iloji bo’sa o’z ustimda ishlashim uchun boshlang’ich qilishim kerak bo’lgan narsalar haqida tushunarli bo’lishi uchun reja tuzishga yordam bersez devdum.to’g’ri balki bu narsani so’rash biroz noqulay man uchun.savobli ishingizda omad!

  5. Anonim shunday dedi:

    Assalom alaykum Dilshod aka men sizni darslaringizga qatnashmoqchiman ichki intuitsiyani rivojlantirishga yordam bering

  6. Parizoda shunday dedi:

    Assalomu alaykum Dilshod aka meni ilgari intuitsiyam ozroq bo’lsayam ishlardi hozir esa ishlamayabti nima qilsam ekan.Yoshim 20 da matematika yo’nalishining birinchi bosqich talabasiman. Hatto test jarayonida menga intuitsa yordam bergan edi.

  7. Anonim shunday dedi:

    Salom fikrlariz menga yoqdi. Ko’pnarsani o’rganyapman

Fikr bildirish