Hayotingizdan yo’qotishingiz kerak bo’lgan 20 ta narsa

Qanday insonligimizdan, nimani orzu qilishimiz va nimaga intilishimizdan qat’iy nazar, barchamizni asosiy maqsadimiz – baxtli bo’lishdir.  Lekin, mana shu yagona maqsadimizga  erishish uchun har doim nimadir halaqit beradi. Mana shu “nimadir” bu – biz, yani bizni ruhiy to’siqlarimizdir. U yilllar davomida shakillanib, huddi beton devordek bizni baxtli hayotdan to’sib turadi. Bu beton devorni olib tashlash unchalik ham qiyin emas. Shunchaki o’zimizdagi ma’lum bir odatlarni o’zgartirish kifoya. Shunda  baxt va omad ortidan quvlashning kerakgi bo’lmay qoladi. Yani, aksincha, baxt va omad o’zi sizni oldingizga eshik qoqib keladi.  Quyida sizni omadli va baxtli hayotdan  to’sib turuvchi mana shunday “beton devorlar” ning 20 hil turini sanab o’tamiz:

  1. Atrofdagilar fikri

Agar chiqargan qaroringiz o’zingizni baxtli his qilishingizga sabab bo’lsa, demak bu qaroringiz eng to’g’ri qaror. Shunday ekan, bu masalada boshqalar nima o’ylashi muhim emas. Agar siz har bir ishni qilishdan oldin boshqalarni bu haqda nima deb o’ylashishini hisobga olishni to’xtatsangiz, ko’pgina yutuqlarga erishishingiz aniq. Undan tashqari 50% dan ko’proq holatlarda atrofdagilar siz haqingizda nima deb o’ylashlarini aniq bilmaysiz. Shunday bo’lgandan keyin o’zingizni qiynashdan foyda bormi?

 Boshqalar bilan maslahatlashishingiz mumkin, lekin boshqalar sizni qanday yashashingizni belgilab berishlariga aslo yo’l qo’ymang.

  1. G’azab va hafachilik

G’azab va hafachilik insonni ich-ichidan yeydi. Shuning uchun sizni jahlingizni chiqarayotgan insonni to’g’ri tushunishni o’rganing. Bu degani, janjaldan qochish uchun, boshqalar xohlagan ishini qilishiga yo’l qo’yib qo’yish kerak degani emas. Shunchaki ichingizdagi g’azab, hafachilik va ruhiy og’riqlar bilan ishlashni o’rganish kerak. Shuni bilingki, siz o’zingizni g’azabingiz va hafachilingiz orqali birovga emas, faqat o’zingizga zarar yetkazayapsiz. Sizni hafa qilayotgan insonlar esa sizni bu hissiyotlar orqali boshqaryapti.

  1. Tasavvurdagi ideal tana

Ko’pchilik insonlar go’zallik sohasi mutahasislari, yaqin qarindoshlar, tanish-bilishlar va o’rtoqlarni inson ko’rinishi va tana a’zosi qanday bo’lishi haqidagi fikrlariga jiddiy qarashadi. Shuni bilingki, sizni tanangiz – bu sizga tegishli bo’lgan va uni qanday bo’lishini faqat o’zingiz hal qilishingiz kerak bo’lgan narsalardan biridir. Faqat birgina masala muhim: u ham bo’lsa bu tana bilan siz o’zingizni qulay his qilyapsizmi yoki yo’q. Qolgani umuman muhim emas.

  1. Tasavvurdagi ideal turmush o’rtoq

Bir narsani ochiq aytish kerakki, ideal darajadagi turmush o’rtoq mavjud emas. Har bir inson tasavvurida  o’z idealidagi turmush o’rtoq obrazi, hech bo’lmasa ega bo’lishi kerak bo’lgan malum bir hislatlar to’plami bor. Lekin, hayot ko’p hollarda negadir bizni bu orzuimizga “tupiradi” va ustimizdan kuladi.

Baxtli bo’lishingiz uchun turmush o’rtog’ingiz qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak?  Hamma insonlarda bir hil hislatga ega bo’lishi kerak:

  1. Siz u insonni chin qilbingizdan sevishingiz kerak;
  2. U bilan o’zingizni yengil va qulay his qilishingiz kerak;
  3. U sizni qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishi kerak.

Agar u inson birinchi 2 ta shartga javob bera olsa, demak siz o’zingizga kerakli insonni topgan bo’lasiz. Endi o’zingizda uchinchi shartni shakillantirish qoladi holos. Uchinchi shartni o’zida qanday shakillantirish haqida  “Nega er-xotin ajrimlari ko’payib ketdi?”  nomli maqolamda batafsil ma’lumot berganman.

 5. Tasavvurdagi ideal hayot

Ideal turmush o’rtoq bo’lmagani kabi, ideal darajadagi hayot ham bo’lmaydi. Hayot – bu siz o’zgartirishingiz kerak bo’lgan narsadir. Shuning uchun ham szi uni o’zgartirish uchun qattiq mehnat qilishga va harakat qilishga tayyor bo’lmasangiz, unda baxtsiz bo’lishni tanlagan bo’lasiz.

Siz o’z hayotingizni o’zingiz yaratasiz. Yani, barcha hayotlar ichida eng yaxshi hayotni.

  1. Boy bo’lish xohishi

Ko’pgina insonlar hayotlarini millioner bo’lishim kerak degan hayol bilan umrlarini o’tkazishadi. To’g’ri, bu yomon fikr emas, lekin buning uchun ko’p mehnat qilish kerak. Undan tashqari aynan pulni maqsad qilish bu noto’g’ri. Chunki pulni yeb bo’lmaydi yoki unda cho’milib bo’lmaydi. Asosiysi, hayotingiz mazmuni bo’lgan mashg’ulot bilan shug’ullanish. Shunda pul o’z-o’zidan keladi (agar pulga nisbatan sizda nafrat bo’lmasa). Undan tashqari pul sizga nima uchun kerakligini aniqlab olishingiz kerak. Chunki pul maqsad uchun keladi. Sizga aynan nimalar kerakligini aniqlab olgan zahotingiz, o’sha narsalar uchun sizga pul keladi.

  1. Omad qushini kutish

Omad kelishini kutish yoki uni orzu qilishni umuman keragi yo’q. Hayotingizni  qadrlang va o’zingizda bor narsalar uchun doim minnatdor bo’ling. Shunda omad o’z – o’zidan keladi. Agar siz omadni kutsangiz, u hech qachon kelmaydi.

  1. Bahona

“Vaqt yo’q” degan so’zni uniting. Aslida faqat “xohish yo’q” degan so’z mavjud. Bahon – bu kerakli ishni qilmaganingiz uchun o’zingizda ayibdorlik hissi yuzaga kelmasligi uchun bo’lgan harakatdir.

  1. Omadsiz muhabbat

Ko’pchilik sobiq turmush o’rtog’i yoki sobiq sevgilisi haqidagi hayollar bilan yashaydi. Siz u inson haqida emas, o’sha inson orqali hayot sizga o’tgan saboqlari haqida o’ylang. Yani o’sha inson orqali hayot sizga nimadan dars berdi va bundan qanday hulosa chiqarish kerakligi haqida o’ylash o’ta muhimdir. Endi hech qachon siz bilan birga bo’lmaydigan inson haqida o’ylashni to’xtating. Chunki bu o’y-hayollar yangi munosabatlar uchun yo’lni to’sadi va sizni ruhan qiynaydi.

  1. Qaysarlik

Hato qilganingizni tan olish juda qiyin. Shunchaki boshqa insonlarda bu ishni sizdan to’g’ri qilish uchun bilim va ko’nikma ko’proq edi. Shunday ekan, qaysarlik qilish o’rniga buni to’g’ri qabul qiling. Qaysarlikni qanchalik kamroq qilsangiz, shunchalik yangi narsalar uchun ochiq bo’lasiz. Agar boshqlar fikrini tushunsangiz va qabul qila olsangiz qanchalik hayotingiz osonlashishi haqida o’ylab ko’ring.

  1. Keyinga qoldirish

Hamma narsani ertaga qoldirishni to’xtating. Faqat bugungi kun bilan yashang. Agar siz biror narsani doim ertaga qoldirayotgan bo’lsangiz, u holda o’ylab ko’ringchi, aslida bu ishni qilish siz uchun kerakmi? Balki u siz uchun umuman keragi yo’qdir. Agar kerak bo’lsa, unda hoziroq qiling o’sha ishni. Doimiy keyinga qoldirish ayibdorlik hissini va stressni yuzaga keltiradi. Shunchali qiynalishni keragi bormi?

  1. Xotiralar yuki

O’zingiz bilan xotiralarni tashib yurishingizni foydasi yo’q. Ayniqsa avvalgi munosabatlar xotirasini. Yangi munosabatlarga kirishishdan avval eskilaridan voz keching. Bu nafaqat sevgi masalasiga, balki, barcha munosabatlarga ta’luqli. Yani do’stlar, hamkasblar va boshliqlar bilan bo’lgan munosabatlarni ham aytish mumkin.

  1. Negativ

Miyyangizdan fikr va so’z ko’rinishida chiqayotgan har bir narsa, sizga buyum, voqiya yoki hodisa ko’rinishda qaytib keladi. Shunday ekan miyyangizdagi dasturni “Barcha narsani iloji bor” degan dasturga almashtirishni maslahat beraman. Bunga ishongan inson uchun iloji yo’q narsani o’zi yo’q.

  1. Hech kimni ayiblamang

Biz ko’p vaqtimizni boshqalarni muhokama qilishga, ular esa bizni muhokama qilishga sarflashadi.

Olam – bu bizni hayollarimiz aksi ekan, boshqalar biz haqimizda gapirishlarini aniq bilamiz (chunki biz ham shunday qilamiz). Siz boshqalar haqida gapirishni, ayiblashni yoki g’iybat qilishni to’xtatmasakansiz, birinchi maslahatimizni bajara olmaysiz. Yani o’zingizni boshqalar siz haqingizni nima o’ylashlari haqida fikrlashni to’xtata olmaysiz.

  1. Hasad

Hatto ijtimoiy tarmoqlar ham insonni baxtsizlikka olib keladi. Chunki ko’pchilik sinfdoshlari, kursdoshlari yoki tanishlarini ko’rib, hasaddan ranglari o’zgaradi. Bu vaqt o’zlarini baxtsiz his qiladilar.

Keyingi gal sizni yana hasad qiynaganda, bir narsani o’ylab ko’ring: “Men o’sha odam o’rnida bo’lib qolishni xohlaymanmi?”. Menimcha xohlamaysiz. Chunki siz o’zingizni sevasiz.

Siz o’sha odamni hayoti va ruhiy ahvoli qandayligini bilmaysizku. Balki o’sha hovlisidagi basseyinga sakragan vaqt u o’zidan nafratlanar yoki nimadandir qattiq qo’rqinch uni bezovta qilar. Balki siz shunchaki quyoshli kunda o’z ko’changizda ayalanib yurganingizda, dubayda aylanib yurgan tanishingizdan ham ko’proq zavq olarsiz.

Qisqasi, boshqlar bilan o’zingizni solishtirishni bas qiling. Agar siz ayni vaqtda o’zingizni yaxshi his qilayotgan bo’lsangiz, demak hammasi yaxshi, agar aksi bo’lsa, yaxshi bo’lishiga olib keladigan ishlarni qiling.

  1. Ishochsizlik

Baxtli insonlarda o’zlarini hurmat qilish va qadr-qimmatlarini bilish hislati bo’ladi. Lekin, buni manmanlik bilan adashtirmaslik kerak. Baxtli insonlar o’zlaridan qoniqishadi, o’zlaridan ishonch nurini taratishadi va o’zlarini avzalliklarini ko’rsatishdan qo’rqishmaydi.

O’zingizga ishonmasligingiz uchun birorta ham sabab yo’q. Agar o’zingizdagi biror narsa sizga yoqmasa, unda buni ikkita yechimi bor: buni qabul qilish yoki o’zgartirish. Har qanday insonning ichida  bir vaqtning o’zida turli hil inson yashaydi: yurag’on va ahloqli, yolg’onchi va to’g’riso’z va hokozo. Qanday inson bo’lishingizni boshqa insonlar emas, faqat va faqat siz hal qilasiz.

  1. Baxtingizni boshqalarga bog’liqligi

Agar siz hayotingizda bo’shliq his qilsangiz, dunyoda hech kim sizdagi bo’shliqni to’ldira olmaydi. Agar siz o’zingizni baxtsiz his qilsangiz, dunyoda sizni hech kim baxtli qila olmaydi. Kimnidir baxtli qilish uchun, avvalambor o’zimiz baxtli bo’lishimiz kerak, shunda o’sha odamni o’zi keladi. Shunday ekan bir narsani bilingki, sizning baxtingiz birovni qo’lida emas, faqat sizni qo’lingizda.

  1. O’tmish hotirasi

O’tmish bilan yashash – bu hozirgi hayotini ko’mishdir. Xatolar hammada bo’ladi. Maslahatim, o’tmish bergan saboqlarni va darslarni esda tuting va kelajak sari olg’a intiling.

  1. Doimiy boshqaruv

Ayrim vaqtlar inson o’zini bo’sh qo’yib, hayot o’z oqimida ketishiga yo’l qo’yish lozimdir. Siz hayotdagi hamma narsani boshqara olmaysi va buni to’g’ri tushunish kerak. Aks holda siz doimiy ravishda asabiylashasiz, ammo natijada hech nima qila olmaysiz. Shunchaki hayotda bizga bo’g’liq bo’lmagan narsalar bor va ularni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga majburmiz.

Asosiysi har narsada meyorni saqlash kerak. Bir tamondan kim nima desa aytganini qilib, har narsaga ko’nib ketadigan manqurt bo’lish ham kerak emas, ikkinchi tamondan, boshini tinimsiz devorga uradigan axmoq ham bo’lish yaxshimas.

  1. Kutish

Ko’pincha biz o’zimizni qanday tutsak, boshqalar ham shunday tutishi kerak deb o’ylaymiz. Bu 100% hatodir. Huddi siz hech kimga hech narsa qilishga majbur bo’lmaganingiz kabi, boshqalar ham sizga hech qaysi masalada hech narsaga majbur emas. Hech kim muloyim, e’tiborli, rostgo’y va yaxshi muomalali bo’lishga majbur emas. Shu qatori siz ham bunga majbur emassiz.

Bu dunyoda hech narsa ideal, ajoyib, yoqimli va esda qoladigan bo’lishi shart emas, lekin bo’lishi mumkin. Agar shunday bo’lsa – bu juda yaxshi, agar bo’lmasa, bundan achchiqlanishni hech ham keragi yo’q.

Hayot sizga taqdim qilayotgan har qanday narsani qabul qilishga doim tayyor bo’lishingizni va doim o’zingizni baxtli his qilishingizni tilab qolaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad, Ruhiy muammolar.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.