Kam uyqu va asab xotirjamligiga erishish siri

Kam uyquga erishish siriBuning uchun psixalogiyada “Trans” degan tushuncha bor. Bu insonning uyqu va uyg’oqlik payti orasidagi jismoniy holati hisoblanadi. Buni eshitgan insonlar bu tushunchaga qandaydir qo’rqinchli narsadek qarashadi. Aslida inson organizmiga huddi uyqu kerak bo’lganidek, trans ham juda zarur. U organizmning tabiy ehtiyoji hisoblanadi.

Yosh bolalar tahminan 6-7 yoshgacha har 10-15 daqiqada trans holatiga tushishadi. Trans holati barcha insonlarga tanish holat hisoblanadi. Inson hayol surganida, avtomobil haydaganida, uyqudan oldin va keyin trans holatiga tushadi. Lekin, bular organizm uchun yetarli emas. Natijasida asabiylik, uyquga to’ymaslik, charchoq, kam quvvatlik va boshqa ruxiy va jismoniy muommolar kelib chiqadi.

Trans holatida inson ongini tahminan 50% qismi o’chadi va o’z resursini quyi ong qismiga beradi. Quyi ong bundan foydalanib, inson organizmida “Profilaktika” ishlarini boshlaydi. Yani, organizmni sog’lomlashtirish, jismoniy va ruxiy holatini qayta tiklash va organizmda charchoq natijasida yuzaga kelgan zararli zarrachalarni tozalash bilan shug’ullanadi. Natijada inson kuchga to’ladi, uyquga ehtiyoj kamayadi va inson asabi hotirjam holatga keladi.

O’z xohishi bilan transga tushish juda oson. Buning uchun qulay joylashib, ko’zni yumib va hech narsani o’ylamasdan ma’lum vaqt o’tirish yoki yotish kerak. Insonning transga bo’lgan ehtiyoji bir necha yil davomida qondirilmagan bo’lsa, trans vaqtida uxlab qolish holatlari kuzatiladi. Agar inson yetarli vaqt uxlagan bo’lsa va transga bo’lgan organizm ehtiyoji yillar davomida yeg’ilib qolmagan bo’lsa, inson trans vaqtida uxlab qolmaydi. Har kuni kishi transga tushaversa, ma’lum vaqtdan keyin transga bo’lgan ehtiyoj kamayadi va inson uxlab qolmaydi.

Agar “Trans” tushunchasini maktab davridan boshlab barcha insonlarga tushuntirib berilganida, hozirgi vaqtdagidek asabiy, jismonan va ruxan noyetuk insonlar ancha kam bo’lardi nazarimda. Lekin, afsuski bu ilmlar hozirda faqat psixologlar uchun o’rgatilib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Ruhiy muammolar.

27 ta muhokama

  1. Наргиза shunday dedi:

    Ассалом алайкум мен асаб муомасини кандай камайтирса булади деб сурамокчидим жавоб учун рахмат

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Birinchidan, yetarli darajada uhlash kerak, ikkinchidan har kuni kamida 20-30 daqiqa trans bilan shug’ullanib, ruhiyatga dam berish kerak.

    • Zafarbek shunday dedi:

      Asab muammosini kamaytirish uchun o’z vaqtida dam olish, kuniga
      7 soat uxlash kerak. Har narsaga ham jahl qilavermaslik kerak.

  2. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    asalomu alekm.
    asab yomon catoq nma qsa boladi?
    kundan kunga kuchayb ketvoti asablarm cqwini?

  3. Feruza shunday dedi:

    Trans suziga yanada batafsilroq tushuncha bersangiz

  4. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum.Dilshod aka,man asabiylashsam suhbatdoshimni gaplarini umuman tushunmayman,eshitamanu ammo ma’nosini tushunmayman.va hotiram juda yomon!mahallamizdagi shifokordan so’rasam,u bunga ko’p asabiylashish sabab dedi.etishi bo’yicha asabilashganimda miya nervlari siqilib,kislorod yetishmas emush va xotira pasayar ekan.shu rostmi?to’gri bu balki tibbiyotga oid savol dersiz,shunchaki mavzuga yaqin bo’lgani uchun so’radim.agar javob bera olmasez to’g’ri tushunaman.oldindan rahmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Ha men shifokor emasman. Lekin inson ruhiyatini tanaga ta’sirini o’rganuvchi “psixosomatika” deb nomlanuvchi ilm bor. Unga ko’ra hotira bilan bog’liq muommolar o’ziga va hayotga ishonchi yetishmagan va hayotda qiynalib, o’z o’rnini topa olmay qolishdan qo’rqqan insonlarda yuz berishi aniqlangan.

  5. Ulug'bek shunday dedi:

    Aytingchi trans holati normal holatida bo’lishi,kayfiyatga ham ta’sir ko’satadimi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Trans kayfiyatga juda katta ijobiy ta’sir etadi. U ruhiyat uchun juda foydali. Insonlarni asabiy bo’lib qolishiga ko’p hollarda trans yetishmasligi sabab bo’ladi.

  6. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum,Dilshod aka. man yaqinda Dey Karnegining”do’st ortirish va muomala sirlari” haqidagi elektron kitobni o’qigan paytimda ham,aynan psihosomatikaga oid bir nechta misollar o’qiganman.sizni “psixosomatika” maqolayzda aniq ko’rsatilgan.qola versa inson orzulariga erishda u chin yurakdan niyat qilishi xadisda ham ko’rsatilgan ekan

  7. Ulug'bek shunday dedi:

    Aytingchi ichki dialog nima degani?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Inson o’y-fikrlari va hayollari ko’pincha inson miyyasida ichki dialog va ichki monolog ko’rinishida ro’y beradi. Agar bu dialog va monolog kerakli va foydali mavzularda bo’lsa, bu yahshi. Agar u o’ziga yoki birovga nisbatan salbiy ruhiy kechinmalar mahsuli bo’lsa, unda bundan tezroq halos bo’lishga harakat qilish kerak bo’ladi. Chunki bunday turdagi ichki monolog va dialoglar inson quvvatini havoga sovirib yuboradi.

  8. Nuriddin Abdullajanov shunday dedi:

    Assalomu alaykum meni it quvlagandi shunda meni yuragim tushib qoldi endi uyqusizlik bezota qilyati har-xil yomon fikirlar hayolimdan ketmayati va kam ovqat bo’lib qoldim aytingchi nima qilishim kerak

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom! Siz ruhiyatingizdagi salbiy ruhiy kechinmalarni tozalashingiz kerak. Ahvolingizga qaraganda sizda bunday ruhiy kechinmalar ancha ko’p. Agar kam bo’lganda bunday holatga tushib qolmas edingiz. Agar buni mahsus psixologik mashqlar yordamida bartaraf etmasangiz, keyinchalik yana qandaydir sabab bilan ahvolingiz yomonlashishi ehtimoli bor. Salbiy ruhiy kechinmalarni bartaraf etishni dilshod-hakimov.uz/yangi-hayot/ sahifasida ma’lumot berilgan o’quv kursda batafsil o’rgatganman.

  9. Davrbek shunday dedi:

    Hech maza qilib uxlolmayman! nega unday ekan?

  10. falanci shunday dedi:

    Qanday qilib hech narsani o’ylamaslik mumkin? Baribir hayolga qandaydur fikrlar kelib turaveradiku…

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Chuqur trans holatida yani, uyqu va uyg’oqlik orasidagi jismoniy holatda inson hayoliga hech narsa kelmaydi. Hayolga qandaydur fikrlar kelib turibdi degani, inson hali trans holatiga tushgani yo’qligidan dalolat beradi. Yengil trans holatida esa ko’zga turli hil tasvirlar ko’rinishi mumkin. Lekin uni hayol emas, obraz deyiladi.

      • falanci shunday dedi:

        Unda qanday qilib o’z xohishi bilan trans xolatiga tushish mumkin? Masalan mani hayolimga xar hil o’ylar kelaverdi..

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          Shunchaki sizni organizmingizga hali bunday holat tanish emas. Muntazam ravishda asabni tinchlantiruvchi musiqa ostida ko’zni yumib, hech narsa o’ylamasdan yotishga harakat qilinsa malum sondagi takrorlashdan keyin sekin asta trans holatiga tushishni o’rganasiz. Va o’z – o’zidan miyyaga hayollar kelmaydigan holga keladi.

  11. Xadicha shunday dedi:

    Trans holati haqida yanada batafsilroq tushuncha bersangiz. Deyarli tushunmadim.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Bu haqda “Baxt sari 7 qadam!” kursida to’liq tushuncha beriladi va trans holatiga oson tushishga yordam beruvchi maxsus mashqlar o’rgatiladi.

  12. Anonim shunday dedi:

    salom yoshim 22 da 1 yoshar qizim bor erim bilan arzimagan narsalarga xam urishamiz janjallarimiz juda chuqurlashib ketadi asablarim dosh bermaydi uzimni uzim 6ldirgim keladi juda dodlab xumorimdan bosilguncha yiglagim keladi bu xolatlardan charchadim asablarimni tinchlashim uchun nima qilsam buladi javob uchun raxmat. RANO

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum!
      Birinchidan uyquga to’yishga harakat qilishingiz kerak. Yosh bolangiz bo’lsa, hech bo’lmasa 1 haftada 1 kun bolangizni kimgadir qarashga topshirib, ertalabdan kechgacha uxlab olishingiz kerak bo’ladi. Ikkinchidan shu maqolada batafsil tushuntirilgan trans mashqi bilan shug’ullanish kerak. Undan tashqari asabiy holatlar inson ruhiyatida salbiy ruhiy kechinmalar soni ko’payib ketda ham bo’ladi. Buni internet orqali olib boriluvchi “Yangi hayot” nomli o’quv kursimda batafsil o’rgatib kelmoqdaman.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.