Axir birgina ko’ylak tikishni bilish uchun, bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o’rnatish uchun, qo’ychi, to’p tepish sirlarini o’rganish uchun ham yillab o’qiydilar, zahmat chekadilar. Kelinlik-birovning uyiga, birovning qalbiga beozor o’rnashish, yangi odamlarga o’zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir xonadonning fayzi, keragiga aylanish, suyaklaring qatidan “farzand” degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir. Oy qizim, sening toifang uchun kelinlik ilmi — baxtli bo’lish ilmi, boshqacha aytganda, baxsizlikdan qutilish ilmidir. Va u serqirra, ko’p bobli ilmdir. Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz, xolos. Umid qilaylikki, saodatmand bo’lishingda o’gitlarimiz senga yordamchi bo’lsin!
Muallif: Tursunoy Sodiqova
Mundarija:
- Kelin bo’lish ilmi.
- Baxtli bo’lish ilmi.
- Kelinning odobi va farosati.
- Erkaklar oshqozoni bilan sevadi.
- Muhabbat bobida sirli bo’l kelinim.
- Yahshi kelin kir to’plamaydi.
- Kelinlik mas’uliyati.
- Savollarga javob.
Risola bo’limlarini mp3 ko’rinishda yuklab olish uchun kerakli mavzu ustiga bosing!
Katta rahmat barchalaringga!
Juda ham hursand bo’ldim!
Menga juda ham manzur keldi!
Manzur bo’lganidan hursandman!