Maqsadga erishishning eng oson yo’li

Biz xayotimiz davomida maqsad sari olg’a yuradigan, maqsadiga erishish yo’lida xar qanday qiyinchilklarni yengib, ko’zlagan maqsadiga erishadigan insonlar xaqida ko’p eshitamiz va xayotimz davomida xam ko’p uchratamiz va xavas bilan qaraymiz. Bunday insonlar maqsadiga erishish yo’lida kuchli bo’lib, oxirida, yani maqsadlariga erishgan paytlaridan keyin barcha kuch-quvvatlarini yo’qotganlarini his qilishadi. Albatta bu tabiy xol. Chunki barcha kuchni maqsad yo’lida sarflab bo’lishadi. Maqsadga erishgach bunday insonlar o’zlarida bir chimdim bo’lsa xam xursandchilik, qoniqish xissini qidirishadi. Maqsadga erishildi lekin, nimanidir oxiriga yetkazilmagandek, “Natijaga boshqa yo’l bilan brogan yahshi bo’lardi, bundanda ko’proq narsaga erishishim mumkin edi” degan qoniqmaslik xissi cho’lg’ab olaveradi. Lekin, endi kech. Kerakli insonlar endi uchramaydi, qulay vaziyatlarga endi duch kelinmaydi. Bunday insonlar xayotga jiddiy qaraydigan insonlardir. Maqsadlari sari olg’a yuradigan va o’z yo’lida “Atrofga” ahamiyat bermasdan, qulay, oson boshqa imkoniyatlarni ko’rmasdan o’zining maqsadi yo’lida kuchli to’siqqa va qiyinchiliklarga uchraydilar insonlardir.
Agar maqsadingiz yo’lida turli qiyinchilik va to’siqlarga duch kelaverish joningizga tekkan bo’lsa, maqsadingiz natijasi sizni xursand qilmayotgan bo’lsa, keling tabiyatdan boshqa yo’llarni o’rganamiz. Masalan, burgut o’z maqsadi yo’lida qanday yo’l tutishini ko’raylik:

Tog’ cho’qqisida o’tirib kuzatadi, keyin havo yordamida joyidan qo’zg’alib qanotlarini katta yozib xotirjamgina balandga parvoz qiladi, qanotlarini vaqti-vaqti bilan silkitib qo’yib, pasda o’ljasini ko’rishi zaxoti pastga xavo oqimi yordamida, qanotlarini yig’ib toshga o’xshab o’ljasi tomon yo’naladi. Maqsadiga erishishdan oldin bir qanotlarini katta ochib, o’ljasini ko’targancha tepaga yo’naladi xavo o’qimi uni yana o’z kuchi bilan tepaga chiqaradi. Agar kuzatgan bo’lsangiz u o’z maqsadiga kam kuch sarflab, tabiyat qulayliklaridan foydalanib erishdi.
Agar misol qilish kerak bo’lsa bunday misollar juda ko’p: masalan, kemaning yelkanlari shamol yordamida harakatlanishi, suv va shamol charxpalaklarini ishlashi va h.k.
Bunday yo’llarni o’z maqsadi yo’lida omadli insonlar ko’p qo’llashadi. Ular o’z maqsadlari rejasini tashqi atrof muhit imkoniyatlariga moslashtirib tuzishadi va maqsadga erishish yo’lini va maqsadning o’zini o’yin deb qabul qilishadi. Ular maqsadga erishish yo’lida ketayotganda doim “atrofga” nazar slogan holda harakatlnishadi.
Masalan siz yog’ochdan tish tozalaydigan cho’plarni tayorlashingiz kerak va siz tayorlab mijozga berdingiz siz pul islab oldingiz, lekin sizning oyoqlaringiz tagida yog’och qoldiqlari qoladi. O’ylab ko’ring siz undan xam unumli foydalanishingiz mumkin. Omadli inson erishgan maqsadidan qanoatlanmay shu narsadan yana nimada foydalanishim mumkin deb o’ziga – o’zi savol beradi. Maqsadiga oson erishuvchi inson shu yo’l bilan rejalashtirgan maqsadidanda ko’proq maqsadga erishadi.
Siz o’zingiz xohlagan maqsadingizga oson erishish uchun faoydalanishingiz mumkin bo’lgan 4 hil tabiy omil mavjud:
1. Sharoit. Kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo’lish bu katta omaddir. Atrof muhitni siz boshqara olmaysiz. Jarayonlar o’z – o’zidan sodir bo’ladi. Agar siz o’sha qulay vaziyat va jarayonlardan unumli foydalana olsangiz siz ancha kuch va quvvatingizni tejab qolasiz.
2. O’zga insonlarning xohishlari. Bu omil sizni hamda boshqa insonlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Bu ikki tomonlama foydali kelishuv bo’lishi mumkin. Masalan, onangiz uchun xarid va yoqimli sayr .
3. Shaxsiy imkoniyat. Bu sizning bilim va ko’nikmalaringiz. Sizga xozirgi vaziyatda sizni qanday bilim va ko’nikmalaringiz sizga yordam bera oladi. Masalan, til bilishingiz sizni dunyoning narigi burchagiga olib borishi va hayotingizni butunlay o’zgartirib yuborishi mumkin, uy jixozlarini yasay bilish qobilyati esa sizni jixoz ishlab chiqaradigan korxona boshlig’i qilib qo’yishi xam mumkin.
4. Shaxsiy orzu niyatlaringiz. Bu xayotning asosiy xarakatga keltirib turuvchi qurilmasidir. Orzu niyatlarimizdan kelib chiqib biz maqsad sari xarakat qilamiz. Siz nima xohlayotganingizni bilasiz, qaysi yo’l bilan ketishdan ham habardorsiz va xarakat qilishga kuchingiz yetarli deylik. Lekin, agar bor kuchingiz bilan dam olmasdan, xayotning mushtlariga chap bermasdan maqsadingizga xarakat qilsangiz boshingiz yorilishiga tayyorgarlik ko’ravering. Natijaga kam kuch sarflab katta yutuq bilan maqsadingiz natijasigacha yetib kelmoqchi bo’lsangiz yuqoridagi 4 omildan unumli foydalanishingiz kerak bo’ladi. Maqsadingiz natijasidan rohatlanay desangiz o’zinigzni A nuqtadan B nuqtaga yetib kelishi kerak bo’lgan tezyurar poyezd deb emas, oddiy qiziquvchi sayoxatchi deb tasavvur qiling. Maqsad yo’lidagi qo’yilgan har bir qadamdan rohatlana oling. Atrofga qarang, insonlar bilan tanishing, muhitni o’rganing, imkoniyatlarni o’rganing, xozirda bo’layotgan xodisa va jarayonlardan zavq oling. Ana shunday qilsangiz siz rajalashtirganingizdan ko’ra ko’proq xam ma’naviy, xam moddiy boylikka ega bo’lasiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.