Men haqimda

Aslida 21 asrda omad va baxt tushunchalari bu ilohiy, mavxum va kimga nasib qilishi noma’lum bo’lga tushuncha emas. Bu aniq ilmiy isbotlangan va har qanday inson o’zida kerakli odatlarni hosil qilganda osonlik bilan erishilishi 100% aniq bo’lgan qoidalardan tashkil topgan. Aslida bu qoidalar barcha din ta’limotlarida, barcha dono insonlarning ibratli so’zlarida aytib o’tilgan. Meni fikrimcha, bu qoidalar insonlarga tushunarli bo’ladigan darajada bir tizimga solinmaganligi va insonlarga bu ta’limotlarni tushunarli darajada yetkazib bera oladigan insonlar yetishmaganligi uchun hali ham baxtsiz va omadsiz insonlar yer yuzini asosiy qismini tashkil etmoqda. Men bu yo’lda o’z hissamni qo’shishga harakat qilib kelmoqdaman. Men bir necha yil davomida ko’pgina dunyoni ilg’or mutaxassislaridan taqsil olganman. Bu mutaxassislar ming-minglab insonlarni omadsizlik, qashshoqlik, bemorlik, tushkunlik dunyosidan olib chiqib, ularni omadli, boy-badavlat, sog’lom va quvnoq insonlarga aylantirishgan.

magdonels(kichkina)

 Ular Mirzakarim Norbekov, Pavel Kolesov, Aleksandr Sviyash, Luiza Hey va boshqalar. Ular 2000 ga yaqin insonlarni hayotlarini o’rganib chiqib, ularni hayotlarini baxtli bo’lishiga sabab bo’layotgan umumiy hayotiy qonuniyatlarni ilmiy tamondan isbotlab, bu ilmni qonunlashtirishgan.
Hozirda bu ilmlarni dunyodagi ko’plab o’quv markazlarida ming-minglab insonlarga o’rgatilib kelinmoqda. Ular bu ilmlarni hayotlarida qo’llashlari natijasida hatto hayotlari barbod bo’lgan insonlar ham hayotlarini qisqa vaqt ichida havas qilsa arzigulik  darajaga olib chiqmoqdalar.

qanot

2008 yilgacha meni hayotim juda achinarli ahvolda edi. Atrofimdagi insonlarni yomon ko’rib, faqat yomon tamonlarini ko’rardim. Doim insonlardan va hayotimdagi bo’layotgan voqiyalardan norozi bo’lib, achchiqlanib yashardim. Ishlarim umuman o’xshamas edi. Men hayot tinimsiz kurashishdan va qiyinchiliklarni yengishdan iborat deb hisoblardim Men bu fikr juda katta hato ekanligini, omadli va baxtli bo’lish uchun katta to’siq ekanligini tushunib yetdim. Hayotimni hech qaysi sohasi meni mutlaqo qoniqtirmas edi.

mgu

Institutga ham kirolmagan edim. Lekin olloxga ming qatra shukurki, internetda qanday omadli va bahtli bo’lishni o’rgataman degan insonlarni topib, ularni ko’plab  bepul va pullik darslarida qatnashib, o’rganganlarimni hayotimda qo’llab juda bahtli insonga aylandim. Toshkentni nufuzli institutlaridan birini davlat ta’lim budjeti asosida alo bahoga bitirdim. Davlatni nufuzli tashkilotlaridan birida ishlab kelyapman. 3 martta chet el ish safari va sayohatida bo’lib keldim. Nimani niyat qilsam, o’sha niyatimga qisqa vaqt ichida erishmoqdaman. Demak siz ham shunday inson bo’lishni xohlaysiz. Aks holda meni saytimga kirib, men haqimdagi ma’lumotlarni va meni maqolalarimni o’qimayotgan bo’lardingiz. Bu yo’lda men qo’limdan kelgancha yordam berishga tayyorman. Bu saytda qo’shib boradigan ma’lumotlarim ustozlarimdan olgan qimmatli bilimlarim va o’z tajribamdan o’tgan eng sara bilimlar hisoblanadi.

nhv     SM2015

bdr    SG1

sg2    sg4

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!