Nega er-xotin ajrimlari ko’payib ketdi?

Nega er-xotin ajrimlari ko’payib ketdi?

Ko’pchiligimiz honanda Ulug’bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo’shig’idagi “…to’ygacha sevgi bu –  orzu-havas, haqiqiy sevgi – keyin bo’larkan…” kabi satirlarini eshitganmiz. Lekin uni asl ma’nosini ko’pchilik bilmaydi. Aslida turmush qurish bu – uzoq muddatli baxtli hayot boshlanishi emas. Uzoq muddatli baxtli hayot boshlanishi keyinroq bo’ladi. Yani, psihalogiyada “Mayatniksimon urush” deb nomlanuvchi davrdan o’tib olgandan so’ng.

“Urush” so’zidan qo’rqmang. Aslida bu davr barcha uchun kerak, bu davr barcha juftlik hayotida bo’lishi aniq va juftlik hayotini baxtli yoki baxtsiz bo’lishi shu davrdagi jarayonlarga bog’liq bo’ladi.

to'yJuftlik bir – birini uchratganiga ko’p bo’lmagan vaqtda ikki yosh o’rtasida hissiyotlar jo’sh urgan va munosabatlar tirik bo’lgan bir davr bo’ladi. Bunday vaqtda oralarida qandaydir ziddiyat bo’ladigan bo’lsa yarashish oson bo’ladi. Juftlik bir-birga aytadigan gaplari,  bir-biriga isbotlalydigan narsalari ko’p bo’ladi. Ikkisi ham uni tushunishlarini xohlaydi. Shu yo’l bilan bir – birlarini shaxsiy chegaralari, hulq-atvor va hatti-harkatlari, zaiflik va zukkoliklari aniqlanadi. Ko’pchilik qarshisida turgan insonni o’z idealidagi insondan ozgina bo’lsa ham farq qilganidan qo’rqib, endi boshlanayotgan, ammo keyinchalik omadli ketishi mumkin bo’lgan munosabatlarni buzishadi. Bunda eng qo’rqinchli belgi bu – his-tuyg’u pasayishi hisoblanadi. Bir tamon ikkinchi tamon hayotidagi juda muhim bir narsa yoki ehtiyojga nisbatan hurmadsizlik bildirganida ikkinchi insonda birinchi tamonga nisbatan his-tuyg’u pasayishi yuzaga keladi.

Shundan so’ng shaxsiy munosabatlar yakunlanish bosqichiga yaqinlashadi va qalbi shikaslangan tamon boshqa hech narsani isbotlamaydi va qarshi turmaydi. Endi “yaqin odamlar bunday bo’maydi”, “sen endi menga begonasan” kabi fikrlarni olg’a suradi. Ikkinchi insonga nisbatan va u bilan baxtli hayot kechirishga nisbatan ishonch yo’qoladi. Bir narsani takidlash joiz-ki, “jismonan ajrashish”, yani  ajrim qog’oziga qo’l qo’yib, boshqa-boshqa joyda yashashdan tashqari, ”ruhan ajrashish” degan tushuncha ham bor. Inson ikkinchi odam bilan unga raxmi kelganidan, odob – axloqliligidan yoki biror narsani o’zgartirishni xohlamasligidan yillab yashashi mumkin. Bu esa “mayatniksimon urush” baxtsiz  munosabatlar tamonga hal bo’lgan holda yakunlanganidan dalolat beradi.

Bunday bo’lmasligi uchun, boshidan boshlab juftingizni har bir o’zgargan kayfiyati va hatti-harakatiga e’tibor berishingiz va munosabat bildirishingiz zarur.

“Mayatniksimon urush” qisqa vaqt davom etishi va atigi 1-2 oyda hamma narsani o’z joy-joyiga qo’yib qo’yishi mumkin yoki yillab davom etishi mumkin.

mayatniksimon urushMayatnikni ko’z oldingizga keltiring. Doim bir tamondan ikkinchi tamonga siljib turadi. Turmush qurgandan keyin ikki yosh o’rtasida ham shunday hodisa ro’y beradi.  Bir-birini tarbiyalashga, o’zgartirishga harakat qilishadi. Agar ikkinchi tamon uchun bu o’zgartirilmoqchi bo’lgan narsalar muhim bo’lmasa, u kishi oddiy holdek qabul qiladi. Agar bu narsa u kishini muhim ehtiyoji bo’lsa o’rtalarida ziddiyat yuzaga keladi. U insonga bu narsa qattiq tasir qiladi, hatto taslim bo’lib, juftiga yon bosishi mumkin, lekin uni juftiga nisbatan hissiyotlari pasayadi. Mojaroni boshlagan tamon bundan qo’rqib ketadi va uni bu hatti – harakati baxtli hayotni buzishga arzimasligini tushunadi. Bundan keyin bu hatti – harakatini takrorlamaslikka harakat qiladi. Lekin, endi mayatnik avval muvozanat holatiga o’tib, keyin esa ikkinchi tamonga siljishni boshlaydi. Endi u kishi ixtilofni birinchi boshlagan tamonga qarab «Shashka suradi».  Agar u kishi ham juftini va u bilan munosabatini muhimligini vaqtida tushib yetsa, mayatnik yana muvozanat holatiga qaytadi. Nechchi martta mayatnik bir tamondan ikkinchi tamonga siljishi juftlikni o’ziga bog’liq.

Bu urushda asosiysi his-tuyg’ular to’liq o’chmasidan orqaga chekinish zarur. Juftingiz orqaga chekinib, sizga yon bosib, muloyimlik bildirib, murosaga kelishga harakat qilgan zahoti o’zingizni to’xtating. O’ylab ko’ring, siz isbotlamoqchi yoki erishmoqchi bo’lgan narsangiz qanchalik muhim.

“Mayatniksimon urush”  ni boshdan kechirish orqali siz bir biringizga shaxsiy chegaralaringizni ko’rsatib, qayerga qadam bosish mumkin emasligi haqida belgi berasiz. Agar siz shaxsiy talab va etirozlardan ko’ra bahtli hayotni tanlagan holda shu urushdan o’tib olsangiz, o’rtangizda bir umrlik o’zaro ishonchga asos solinadi. Siz qaysi gaplar yoki hatti harakatlar ikkinchi tamonga qattiq ta’sir qilmasligi va qandaylarini aytmagan yoki qilmagan maqul ekanligini yahshilab bilib olasiz. Agar sizni munosabatlaringizda “Mayatniksimon urush” bo’lmayotgandek tuyulsa, yahshilab e’tibor bering, balki, u juda sekin o’tayotgandir yoki surunkali jarayonga aylanib qolgandir.

Psihologlar bu urushni mavjudligidan ko’z yummaslikni maslahat berishadi.  Chunki u ikki juft orasida sog’lom, ochiq va bir umrlik iliq his-tuyg’ularni taminlaydi. “Mayatnik” jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish orqali siz bir umrlik noto’g’ri hatti-harakatlardan sizni asrovchi  o’ziga hos “emlash” olasiz.

Bu urushdan muvaffaqiyatli o’tish uchun eng avvalo juftingiz qayergacha borishini tushunib olguningizcha orqaga chekinib turing. So’ng o’zingiz nimani xohlashingizni tushuntirib berishga harakat qiling. Harakatlar ketma ketligini saqlang. Yani, orqaga chekinishdan boshlash kerak.

baxtli oila“Mayatniksimon urush” davridan o’tib olgandan so’ng munosabatlar sokinlik holatiga o’tadi, siz juftlikdagi o’z o’rningizni topasiz va keyingi shunday holatlarda nima qilish va o’zingizni qanday tutishni yahshi bilasiz. Sizda juftingizga nisbatan kuchli ishonch yuzaga keladi. Siz ikkingiz ham tanlov bosqichidan o’tdingiz. Yani, o’zi bilganicha va juftsiz yashash  yoki orqaga chekinish va u bilan qolish. Va har bir inson o’z injiqlik va talablarini chetga surib, bahtli hayotni tanlasa, natijada haqiqiy va mustahkam oila yuzaga keladi. Siz bo’layotgan voqiyalarni tushunishni boshlaysiz, orangizda ruhiy yaqinlik, muhabbat, bir-birini ezozlash va o’zaro hurmatga asoslangan er-xotinlik munosabatlari yuzaga keladi.

Oilangizga baht va soadat tilab, maqola haqidagi fikrlaringizni kutib qoluvchi, Dilshod Hakimov.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Kelin-kuyovlik ilmi.

12 ta muhokama

  1. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    nima db o’ylisiz mani hayotiman wu mayatnika ohwarmikan?
    nma qlwi blmayabman yarawiw ucn?
    oradan 2yl otdi uja lekn halyam oilam bn urw janjaladamz?
    brbrmzi tori twunmayabmz?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Yaqinda o’z xohishlaridan kelib chiqqan holda o’ziga munosib umr yo’ldosh tanlash qoidalari haqida maqola yozish niyatim bor. Maqola chiqqanida o’shani o’qib ko’ring. Balki sizni talabingizga javob bermaydigan inson bilan turmush qurgandirsiz. Chunki, agar ikki inson bir-birini asosiy talabiga javob beradigan inson bo’lsagina mayatniksimon urish birkunmas birkun tugaydi. Aks holda tugamaydi.

      • SUNNATXO'JA shunday dedi:

        ” Aks holda tugamaydi.”
        gapz toriyu bir tarafdan lekn ayolm bn 4 yl brga sevwb gaplawb yurb turmuw qurganmz?
        ajrawkan bolsak ham lekn halyam sevb yahw koraman.
        bowqa br insonga kelsak agar bowqa ayolga qanaqadr kozm yetmayabdi bahtli bop ketwmga?
        lekn farzandm ota mehrisz oswini umuman holamiman.

        qanaqb yarawb konglini olsam boladi yana bir bor ayolimi?
        yordam berseiz?

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          Agar ayolingizni chindan sevsangiz, unda unga nima yoqishi va yoqmasligini yahshi bilishingiz kerak menimcha. Shunday ekan, uni ko’nglini topish yo’lini sizchalik hech kim yahshi bilmaydi.

  2. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykun,Dilshod aka.maqolez ayni shu davrga mos bo’bdi.manga juda yoqdi.hali boydoq bolsamda,atrofdagi ajrimlarni eshitib oila qurushdan butkul ko’nglim so’vidi.chunki haqiqiy sevgining o’zi yo’q.chunki qiz bolalarda umuman haqiqiy sevgi bo’midi.ular kim boy bo’sa shunqa tegib ketvurshadi.garchi yoshi katta,uylangan bo’lsada boyga tegishni hohlashadi.asirlar davomida davom etib kevotti bu narsa.vafodor er bo’ganiz bilan qiz bolaning dardi fikri pul.ming go’zal bo’masin ularda oddiy insonchali oqibat yo’q.ko’p gazeta maqolalarda erini daromadiligi kam tufayli tashlab ketgan ayollarni ko’p ko’rganman.ikki yuzlamachaik ham evi bilanda.agar biologik jihatdan uylanish kerak bo’lmaganda,uylanmasdim.lekin har bir tirik jonzot nasl qoldirishga majbur.qushlar,itlar va hokazo.ayol kishiga haddan tashqari ishonish kerak emas deb o’yliman.qulay payt topishi bilan badavlat “do’st” topishga tushishadi.
    9-sinfda o’qib yurganimda bunga o’zim tirik guvoh bo’ganman.qo’shnimiz ni hotini tashqi ko’rinishdan zamonaviy,go’zal edi yu,ammo undan yovuzlik isi taralib turardi.unda qandaydir fitna borligini ich ichimdan sazardim.har bir harakatidan g’avg’o isi kelardi.va shunday bo’ldi.kunlardan bir kuni aynan osha kelin uyda janjal ko’tarib,oz o’g’liga qaynotasini urdirdi.unin asosiy maqsadi baxona qilib ajrashish.suf -e bunday hotinga.chunki u oldin ham kim bilandir yashirincha soatlab gaplashganini necha marta ko’rganman.janjaldan so’ng,u bolasini ham tashlab boshqasiga tegib ketdi.shundan beri hechqachon qiz bolalarga ishonmaslikka so’z berdim.qiz bolalar husnni bir quroldak ishlatishadi.tashqi ko’rinishdan chiroylidir,ammo o’zi g’irt ikki yuzlamachi,ig’vogar.ularga hechqachon ishonmaslik kerak.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom, Ulug’bek! Fikringizni bildirganingiz uchun rahmat! Lekin sizni bu fikrlaringizga psixolog sifatida umuman qo’shilmayman. Chunki, insonda nimaga ishonch bo’lsa, hayot ham shuni isbotini beradi. Sizda hamma qizlar yomon degan ishonch bo’lgani uchun, shunday qizlar sizga uchragan. Aslida bu dunyo turli-tumanlikdan iborat – unda tog’lar ham bor, tekisliklar ham bor. Daryolar ham, o’rmonlar ham bor. Sahrolar ham bor, botqoqlar ham bor. Shu qatori insonlarni ham turli hil “turlari” bor. Insonning boshqa insonlar haqidagi fikri va insonni boshqalarga munosabati, orzu-umidlariga qarab har bir insonga turli hil turdagi insonlar uchraydi. Ishoning bu dunyoda yahshi va yomon hislatli yigitlar bo’lganidek, yahshi va yomon hislatli qizlar ham bor. Agar siz yahshi qizlar ham borligiga ishonsangiz va shunday yahshi hislatli qizni orzu qilsangiz albatta shunday hislatli insonni uchratasiz. Agar aksi bo’lsa, siz aytgandek hislatli ayollar uchrayveradi.

  3. Anonim shunday dedi:

    Assalomu Aleykum men maqolani óqib chiqdim juda yaxshi maqola ekan xozirgi zamon holatiga mos hozirgi kunda ajrimlar kundan kunga kópeyib bormoqda kópchilikni fikir muohazalarin óqidim ayol kishi boylikka uchadi pul bõlsa bóldi digan gaplar xam aytildi yok aksincha besh qõl baravar emas xamma qiz xam ular óylagandek pul mol dunyoga óch bólishmaydi aksincha oylani óylidigan bir inson bilan turmush qurib ósha oylani baxtli qilaman digan qizlar xam yóq emas xayotda xamma narsa bóladi misol uchun meni ota-onam 9 yil oldin ajrashib ketishkan xozir esa ózlarin ayiblashadi órtada begunox farzandlar azob chekadi qani vaqt ortka qaytsaku birga yashasek dib óylab qolaman afsuski buni iloji yóq men xali turmushka chiqmagan bõlsamda kóp voqiyalarni boshdan ótkazdim kelajakda oilamni buzilmasiligi uchun qólimdan kelganicha xarakat qilaman lekin erkak kishiga ishongim kelmaydi bunga nima deb javob bera olasiz oldindan raxmat

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum! Ota onangiz bilan bo’lgan bu noxush voqiyalar natijasida ruhiyatingizda er-hotin munosabatlariga, shu jumladan erkaklarga nisbatan salbiy ruhiy kechinmalar saqlanib qolgan va bu ruhiyatingizga jiddiy ta’sir etgan. Bu ruhiyatda saqlanib qolgan ruhiy kechinmalarni olib tashlamasangiz hayotingizga jiddiy ta’sir etadi. Men “Yangi hayot” nomli o’quv kursimda bunday ruhiy kechinmalarni ruhiyatdan butunlay olib tashlashga yordam beruvchi psixologik usullarni o’rgataman >>> http://dilshod-hakimov.uz/yangi-hayot/. Sizga ham bu o’quv kursda qatnashishni tavsiya etaman. Shogirtlarim fikrlarini quyidagi manzildan o’qib ko’rishingiz mumkin >>> http://dilshod-hakimov.uz/shogirtlarim-fikrlari/ Ishoning yer yuzida barcha uchun barchasi mavjud: tog‘lar va dengizlar, muzliklar va sahrolar, issiqlik va sovuqlik, chuqurlik va balandlik. Shu o’rinda insonlarning ham hamma turlari mavjud. Shu jumladan sizga mos, sizni tushunadigan, siz uni tushunadigan insonlar ham juda ko’p. Statistika olimlarining takidlashlaricha har bir kichik bir shaxarda har bir inson uchun ideal darajada mos kela oladigan kamida 100 ta inson bo’lar ekan. Shunchaki ular bir birlarini topa olishmas ekan. Topa olish uchun dunyoga ijobiy ko’z bilan qarash kerak bo’ladi. Olloxga shukurki, men bu sohada ko’p insonlarga yordam berib kelmoqdaman.

  4. Farida.madmusayeva shunday dedi:

    Oila qurganimga 8yil böldi 2ta farzandimiz bor,Turmuw örtogim menga xiyonat qildi kechirdim,endi yaxwi b.b qoldiyu kunda uriwadi Charchab ketdim mayda chuyda narsalarni bahona qilib uriwyapti uyinga ket dib 4chi marta aytdi ketmadim örtada bolalar bor,meni xayotim qachon iziga tuwadi xayronman erimni oldida umuman qadrim xam xurmatim xam yöq yo uyga ketaymi

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum!
      O’zingizni ustingizda ishlash orqali o’zingizni o’zgartirsangiz, turmush o’rtg’ingiz ham o’zgaradi. Sizga o’quv kurslarimda qatnashishni tavsiya etaman.

  5. parizoda shunday dedi:

    Fikirlarni o’qib chiqdim. Menimcha ishonch bildirilishga hamma xaqli, men ham ishonuvchanman, tez kechiraman vaqt o’tib ishongan insonlarim boshqalarni bilmadimu menga men ishongandek muomila qila boshlashadi .To’g’ri ungacha tushunmovchiliklar bo’ladi, ammo deyarli 90% odam ishonchimni oqlaydi. Menimcha hozir insonlarda sabr yetishmaydi, “senga ishongandim” so’zi aytilishidan oldin” senga ishonaman” deyilganda bunchalik muomolar bo’lmidi. Iltimis Dilshod Hakimov sabr haqida ham maqolalar chiqarsangiz. Yana oila ilmi to’g’risidagi o’quv trening ham ko’pchilikni befarq qoldirmasa kerak.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.