Asabiylashish muommosi nimada?

Nega inson asabiylashadi?

Dunyoning barcha din ta’limotlarining asosini  birovga yomonlik qilmaslik, qattiq gapirmaslik, g’iybat qilmaslik, hafa qilmaslik kerakligi kabi g’oyalar tashkil etadi.  Nega buni hamma biladi-yu, lekin kamdan-kam insonlar amal qiladi? Hozirgi vaqtda psixalogiya ilmi bu savolga aniq va to’g’ri javob bera olishi haqida juda kam insonlar habardor. Lo’nda qilib aytganda inson bularni yomonligini biladi, lekin o’zini boshqara olmaydi. Yani o’zini yomon ishlardan tiya olmaydi.

Nega shunday?

Chunki inson hayoti davomida turli hil salbiy ruhiy kechinmalar: siqilish, asabiylashish, achchiqlanish, afsuslanish, hafa bo’lish, g’azab va shunga o’xshash turli salbiy hissiyotlar yuzaga keladi.  Inson hayotidagi bo’lgan barcha shunday salbiy hissiyotlar inson ruhiyatining va tanasining ma’lum qismida yeg’ilib boradi. Agar bu hissiyotlarni umumiy miqdori tahminan 60-70% dan oshganda inson o’zini yomon ruhiy kechinmalardan, gaplar va hatti-harkatlardan tiyip turolmaydi.janjal

Masalan, insonlar hayotida kimdandur hafa bo’lib qolish yoki qandaydir  salbiy natija bilan yakunlangan voqiyani boshidan kechirish holatlari yuz beradi. Shunday holda ko’pchilik bu inson yoki vaqiyani eslab, doim siqilaveradilar. Hatto buni o’ylab siqilishdan foyda yo’qligini bilishsa ham o’zlarini boshqara olishmaydi.  Bu ruhiy kechinmalar yeg’ilib-yeg’ilib, ko’payib boradi va inson tanasining turli qismida kichik sharchalar ko’rinishidagi  insonga zararli quvvatlar yeg’ilib boradi.  Bu quvvatlar qayerda yeg’ilgan bo’lsa o’sha tana azosini kasal qiladi. Psixalogiyani  “Psixosomatika” nomli bo’limi inson tanasining qaysi azosi kasallanganiga qarab, insonda qanday salbiy ruhiy kechinmalar kechayotganini aytib bera oladi.

Buni qanday bartaraf qilish mumkin?

Salbiy ruhiy kechinmalar natijasida yuzaga kelgan quvvat sharlari inson dosh bera oladigan maksimal miqdorga nisbatan  60-70% ni tashkil qilguncha inson o’zini boshqarishi  mumkin. Lekin, bu miqdordan oshgandan so’ng psixolog yordamisiz o’zini qo’lga olishi va salbiy ruhiy kechinmalardan ozod insonga aylanishni deyarli ilojisi yo’q.

Psixologlar har bir insonning o’ziga hos individual hususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli usullar qo’llagan holda u insonda yeg’ilb qolgan ruhiy kechinmalarni tozalashadi. Ruhiy kechinmalar tozalangandan keyin inson o’zini qushdek yengil his qiladi va atrof muhitdagi turli hodisalar va insonlarning turli hatti-harakat va gaplariga hotirjamlik bilan yondashadigan bo’lib qoladi. Hich narsa u insonni asibini qo’zg’atmaydi. Bu ishni hech qanday psixolog yordamisiz har bir inson o’zi mustaqil ravishda bajarishi mumkin. Bu haqda internet orqali olib boriluvchi “Yangi hayot” nomli o’quv kursim bor. Qatnashishni xohlaganlar http://dilshod-hakimov.uz/yangi-hayot manzilidagi sahifadan to’liq ma’lumot olishlari mumkin.

Maqola bo’yicha savol, fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Ruhiy muammolar.

10 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Menga ruxiy siqiliw boyicha maslaxat k.k

  2. Асал shunday dedi:

    Менда хм шундай сал йомон нарсага хм асабимни саклолмиман рухий тушкинликка тушмаслик учун нима килиш керак маслахат беринг

  3. Shaxina shunday dedi:

    Assalomu alaykum manga psixalog juda zarur sababi uch oyli chaqalog’im bor oxirgi vaqt xayotimdegi keskin burulishlar sabab asabiy bulib qolganman xotiram xam ancha zayiflashgan nuqul yig’lagim keladi kunglimga xar xil yomon narsalar kelaveradi bazida fsrzandim borligini unutib wuyaman boshim tinimsiz og’ridi g’azabim kuchli uzimga ishonchim sus bir xafta aldin boshimdagi kuchli sanchiq sababli uyg’onib ketim biroz og’rib keyin og’riq tuxtadi men farzandimdsn juds xavotirdamsn sababi uni emizyotgan vaqtim uzini orqaga otib yuboradi uyqusi xam yaxshimas nevrspatolikka kursstgsn edik bir qancha vitaminlar yozib berishdi afsus foyds bulmadi iltimos yordam bering qayerga murojat qilay qandsy maslaxat berasiz.

  4. Anonim shunday dedi:

    Menga maslahatlar yoqti men bir insonni sevib qoldim u ham befarq emas faqat u mendan bir yosh kichik men ham u ham munosabatlarimiz chuqurlashishi hohlamimiz chunki ota -onamiz oldida burchimiz katta nima qilsam uni unutaman asabiy bo’lib qoldim. Aytganday uni har kun ko’raman chunki kursdoshmiz yoshim 20 da.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum! Sizga “Omadsiz muhabbat” nomli mashqni tavsiya etaman. Ko’pchilik kim bilandur vidolashadi. Lekin vaqt o’tishi bilan hech ham unutolmaydi. Miyyada u inson obrazi va gapirgan gaplari va qilgan ishlari aylanaveradi. Ayniksa bu erkak va ayol o’rtasidagi ajrashuvlardan keyin ko’proq kuzatiladi. Bu mashq aynan shunday insonlarni hayoldan chiqarish uchun ishlatiladi.
      Buning uchun, o’sha insonni tasavvur qilasiz. So’ng o’sha tasavvuridagi insonga bergan barcha kuch quvvatingiz, umidlaringiz, ishonch va etiboringizni barchasini o’sha insondan hayolan tortib olishingiz kerak. Keyin aksincha tasavvuringizdagi o’sha insonning sizga nisbatan yo’naltirgan kuch quvvati, etibori, turli his tuyg’ularini ohirgacha egasiga qaytarib berasiz. O’z kuch quvvatini birovdan tortib olganini va birovni kuch-quvvatini to’liq qaytarib berganiga ishonch hosil qilgandan so’ng O’rtada bitta ip tasavvur qilish kerak bo’ladi. Ipni bir tamondan siz va ikkinchi tamonidan tasavvuringizdagi inson ushlab turgan bo’lishi kerak. Va o’rtadan shu ipni uzish lozim. Ipni yarmi sizda qolgan yarmi esa tasavvuringizdagi inson qo’lida qolishi zarur. So’ng o’sha inson bilan hayolan hayirlashasiz va uni boshqa tamonga burilib ketib qolganini tasavvur qilasiz.

  5. Madina shunday dedi:

    Assalomu Aleykum sizga bir savol bilan murojat qilmoqchiman bunga hech yechim topa olmayapman savolim shundan iborat men bir yigit bilan 4 oydan buyon yaqin munosabatda gaplashib turamiz xozir uzoqda bólganim uchun internet orqali suxbatlawib turamiz lekin manga bir odati yoqmidi xabarlariga vaqtida javob yozmasam tezda shubxalana boshlidi sababini chuntirishka urinsam tushunishka harakat qilmid xammasiga qol silavorgim keladiyu lekin iloji yóq nma qilishni xam bilmey qoldim oxirgi voxtlada man bósa xich xam shubxa qilmiman ózimga ishongandek ishonaman unda aksincha nma maslaxat berasiz javob uchun oldindan raxmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum!
      Shunchaki u yigit ruhiyatida “qizlarga ishonchsizlik” degan dastur o’rnatilib qolgan. Sizda esa “yigitlarga ishonchsizlik” degan dastur yo’q. Agar xohlasa o’sha yigit man bu daturni olib olib tashlashga yordam berishim mumkin. Shunda besabab sizdan shubhalanmaydigan bo’ladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.