Inson nega kasal bo’ladi?

boleznBu savolga ko’pchilik qiyinchiliksiz javob berishi aniq. Ayniqsa kasalingiz surunkali bo’lsa, sizda qanday sababdan bu kasal qo’zg’ashi haqida sizda aniq tushuncha bo’lishi kerak. Ko’p hollarda kasallangan insonlardan “shamol tegdi”, “sovuqda qolib ketdim”, “dori ichmadim”, “shifokor  tuzatmadi” kabi so’zlarni eshitamiz. Har kimda ayiblash uchun biror inson yoki  to’nkash uchun biror sabab bor.  Ko’pchilik shunday tutadi. Ko’pchilik kasallangan vaqtida shifokorga borish, tashhis qo’ydirish va kerakli dori – darmonlarni qabul qilsak bo’ldi deb o’ylashadi. Lekin, ko’p hollarda, ayniqsa surunkali kasalliklarda dori – darmonlar vaqtincha yordam berishi yoki ayrim hollarda umuman yordam bermasligi kuzatiladi.

Buni sababi nima?

dori

Siz gastrit oshqozondan va osteoxondroz bo’yindan o’sib chiqadi deb o’ylaysizmi? Yo’q, aslida bunday emas. Insonlar kasallikka yuzaki qarashadi va aslida kasallik negizida nima yotganini tushunishmaydi. Ko’pchilik kasalliklar inson o’y-fikrlari, xohishlari, va hatti-harakatlari asosida paydo bo’ladi. Bu tushunchani endigina ohirgi bir necha yillarda  dunyo halqlari ongigga kirib borayotgan “Psihosomatika” fani o’rganadi. “psiho” – ruhiyat va “somatika” – tana, digan ma’nolarni anglatib, inson ruhiyati hamda tanasidagi jarayonlarni bog’liqligini o’rganadi. Kasallik sizga o’zingizni yomon his qilishingiz yoki dori-darmon qabul qilishingiz uchun berilmaydi. U sizga yahshi bo’lishi uchun beriladi. Yani, kasallik tagida sizga kerakli foyda yotadi.

Ular qanday foydalar ekanligini birma bir sanab o’tamiz:

 Kasallik negizida nima yotadi?

1. Bezovtalikdan qutulish. Agar bir necha kun yoki bir necha oy davomida  aytish kerak bo’lgan gapni aytish yoki qilish kerak bo’lgan ishni qilishga ju’ratingiz yetmay yursangiz, siz o’zingiz sezmagan holda bu ishdan qochilib qutilishga va javobgarlikdan ozod bo’lishga harakat qilasiz. Sizdagi qo’rqinch, hayajon va bezovtalikni  tanangiz va ruhiyatingiz sezib, sizga yordam berishga harakat qiladi. Natijada o’sha gapni aytish yoki ishni qilish  zarur bo’lgan  kuni to’satdan kasal bo’lib qolasiz.  Shu yo’l  bilan tanangiz va ruhiyatingiz sizni katta  tashvishdan halos etadi.

Agar kasallanishni xohlamasangiz: Tezda qaror chiqarishni o’rganing. Hal qilinmagan va chala qoldirilgan ishlar inson angida aylanaverib, insonni charchatib qo’yadi va quvvatini oladi. Bir narsani biling-ki, har qanday qaror bu – to’g’ri qaror. Mashhur  faylasuf va biznesmen Uolter Riston bu haqda shunday degan: “To’g’ri qaror – tajriba mahsuli, tajriba esa – noto’g’ri qarorlar mahsuli”.

 2. O’ziga va boshqalarga bo’lgan talabni kamytirish.

conflict2.jpg.pagespeed.ce.weFHxgxwktHayotda har tamonlama mukammal inson bo’lish oson ish emas. Hayot ham har tamonlama ideal emas. Hayotdagi barcha narsalar, voqiya – hodisalar va shu jumladan insonlar o’ziga hos turli hil va rang – barang. Har bir inson ongida o’ziga, boshqalarga va hayotdagi voqiya hamda hodisalarga nisbatan o’z ideali bo’ladi. Agar hayot shu idealga to’g’ri kelmasa, asabiylashadi yoki uni o’z idealidek qilib o’zgartirishga harakat qilishadi. Halqimizda “Hamma kasal asabdan” degan gap bor. Haqiqatdan ham tana kasallik orqali bizni asabiylashmasligimiz kerakligi haqida ogohlantiradi. Agar tana signalini tushunmasak undan ham og’irrok kasallik beradi. Psihosomatika fanida har bir kasallik turi insonning qaysi hissiyoti bilan bog’liqligi haqida ma’lumotlar bor. Masalan, uzoqni yahshi ko’rolmaslik bu – inson kelajagidan havotirdaligidan guvohlik beradi va aksincha yaqinni ko’rolmaslik esa – yaqinidagi biror inson, narsa yoki voqiya hodisa u insonni bezovta qilayotganidan va uni ko’rishni xohlamsligidan guvohlik beradi.

 Agar kasallanishni xohlamasangiz: O’zingizni, boshqalarni va hayotdagi barcha voqiya – hodisa va buyumlarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiling.  Hayotdagi barcha narsalar o’ziga hosligini va rang barangligini tan oling va ularni o’zgartirishga harakat qilman. Hayot va undagi inson hamda buyumlarni o’zingiz xohlagandek emasligidan achchiqlanmang.

3. Etiborni jalb qilish. Insonda boshqalarni etiborini o’ziga jalb qilish hislati bolalikda faol rivojlanadi va keksalikda bunga katta ehtiyoj seziladi. Insonga etibor yoki muloqot yetishmaganda inson kasallanadi. Ona mehri yetishmagan yosh bolalar nimjon va kasalvon bo’lib ulg’ayadi. O’z kasalliklari orqali onalarini atoflarida parvona bo’lishga majbur qilishadi. Oilaviy hayotda ham turmush o’rtoqqa ta’sir etish uchun kasallik yordam beradi.

 Agar kasallanishni xohlamasangiz: O’zingizga nisbatan etibor so’rashdan tortinmang. Buni uyaladigan joyi yo’q, chunki, e’tibor bu – insonning tabiy ehtiyoji hisoblanadi. Oson muomalaga kirishishni o’rganing, shunda o’zingiz xohlagan e’tiborni oson qo’lga kritasiz.

Bundan tashqari psihosomatika fani tamonidan ilmiy isbotlangan boshqa sabablar ham bor. Ularni boshqa maqolalarda keltirib o’tishga harakat qilaman.

Maqola bo’yicha fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Psixosomatika.

4 ta muhokama

  1. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum,DILSHOD aka!xar doim maqolangizni o’qisam,ko’p savollarimga javob olaman.rahmat!ruhiy tushkunlikni tezda bartaraf etish mumkinmi?man ko’pincha arzimagan narsaga asabiylashib,tushkunlikka tushaman va buni engish juda qiyin bo’ladi bazan.misol uchun ko’chada kim bilandir tortishib qosam,bu narsa kun bo’yi mani miyamdan ketmaydi va kayfiyatimni buzadi.avvaldan javobiz uchun rahmat.

  2. мусо shunday dedi:

    Асабни тинчлантирадиган машқлар ёки його усуллари ва рухиятни кўтарувчи машқлар борми агар бўлса менинг е майлимга ёзиб юбормнг

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.