Nima uchun yomonlik yaxshilikni yengadi?

Inson ruhiyati shunday hususiyatga egaki, ko’pincha insonlardagi xursandchilik tezda o’tib ketadi, xafagarchilik esa unutilmaydi. Ijobiy va salbiy hissiyotlar har bir insonning hayotida mavjuddir. Xursandchilik, hayajon, g’azab, aybdorlik, jahl qilish, asabiylashish va hokozalar bizning hayotimizning ajralmas qismidir. Lekin, aynan yomon hissiyotlar yahshi hissiyottlar ustidan g’alaba qozonadi. Bu esa dunyodagi barcha yomonliklarga sabab bo’lib hizmat qiladi.

Nima  uchun shunday?

Keling tasavvur qilib ko’ramiz. Siz yosh onasiz, sizning farzandingiz ertalab turib maktabga borishi kerak. Ertalab turib farzandingizga nonushta tayorladingiz va farzandingizni kech qolayotganini, nonushta qilib olishini aytib uyg’otdingiz, u esa parvo ham qilmay uxlashni davom ettirdi. Va siz ovozingizda keskinlik bilan yana bir uyg’otdingiz, farzandingiz esa uxlashni davom ettirdi. Siz uchinchi marta xis-hayajoningiz junbushga kelib yana ham keskin ovozda va asabiylashgan buyruq ohangida o’rnidan turishini talab qila boshlaysiz. Farzandingiz sizdagi bu holat o’zgarishini sezib agar o’rnidan turmasa chora ko’rishingizni bilib tezda turadi va kiyinishni boshlaydi.

Siz o’z maqsadingizga yetdingiz. Ammo nima evaziga? Tinch, osuda, yaxshi kayfiyat, turg’un va pozitiv emotsional holatdan asabiylashish holatiga kelganingizdagina erishdingiz. Chunki siz va farzandingiz emotsional holati bir-biridan keskin farq qildi.

Siz 0 darajadagi tinch emotsional holatdan yuqori darajali emotsianal holatga o’tdingiz. Bu holatda inson qay yo’l bilan bo’lsa ham o’z maqsadiga erishishiga undovchi ichki yuqori  chastotali kuch hosil bo’ladi.

Emotsiya  – bu inson energetik holatining o’zgarishi, yani tashqi atrof-muhitga bo’lgan javob reaktsiyasi hisoblanadi. Energetik holat yuqori va past chastotada bo’ladi. Biz xar doim garizontal energetik shkala bo’yicha harakatlanamiz. Juda kuchli ijobiy kayfiyat vaqtida ichki quvvatimiz +10 darajagacha ko’tariladi. O’ta salbiy kayfiyat yoki tushkunlik holatida ichki quvvatimiz shkala bo’yicha -10 darajagacha tushib ketadi. Yani quvvat juda kamayib ketadi. Shuning uchun ham kayfiyatni tushiruvchi emotsiyalar yuzaga kelganda inson tanasida og’ir bosimni xis qiladi, o’rnidan qo’zg’alishga xatto kuch topolmaydi.

Bu jarayon qanday kechadi?

  Yanada tushunarli bo’lishi uchun quyidagi sxemani qarab chiqamiz:

        1-ustun (fakt). Sizni e’tiboringiz markazida qandaydir hodisa ro’y berdi deylik. Masalan, sizning farzandingiz aytganingizni qilmayapdi, turmush o’rtog’ingiz tashlab ketdi, ishga kech qoldingiz, boshlig’ingiz sizga yoqmaydigan topshiriq berdi, yuzingizdan husinbuzar chiqdi, dugonangiz sizni aldab ketdi yoki bo’lmasa kimdir sizga xiyonat qildi va hokozo holatlar bo’ldi. Bular salbiy hissiyotlarni yuzaga keltiruvchi hodisalar.

       2-ustun (solishtirish). Har bir insonni hayotdagi har qanday narsa, hodisa va holat uchun o’zi xohlagan va o’zi to’g’ri deb hisoblagan ko’rinishi bo’ladi. Biz o’zimiz bilmagan holda doim xar bir hodisani o’z xohishlarimizga to’g’ri kelishi yoki kelmasligi bilan solishtiramiz.

       3-ustun (to’g’irlash imkoni). Agar biz kuzatgan hodisa yoki vaziyat biz kutgandek bo’lsa, biz xursand bo’lamiz, quvonamiz, baxtdan sakraymiz, zavqlanamiz. Ichimizda o’sha emotsiyani ushlab tura olmaymiz, chunki o’ta kuchli emotsional o’zgarish bo’ladi.

Agar biz kutgandek bo’lmasa, u holda boshqa turdagi emotsiyalar ishga tushadi. Agar o’sha holatni to’g’rilashning ilojisi bo’lsa sxemadagi 2-chi tur emotsiya ishga tushadi, yani siz o’sha xohlagan natijaga erishguningizcha kurashasiz. Siz bu holatlarni o’zgartira olasiz. Masalan farzandingiz yomon baho olgan yoki o’rnidan turishni xohlamayapdi, turmush o’rtog’ingiz uyga kech kelgan, boshlig’ingiz sizga yoqmaydigan topshiriq berdi, oyligingizni kam berdi yoki sizga do’q-po’pisa qildi va hokozo. Bizga organizmimiz to’g’rilashimiz mumkin bo’lgan barcha xolatlarga energetik quvvat berib ya’ni, chora ko’rishimizga va tartibga keltirishimizga kuch beradi.

Agar bu holatni to’g’rilashning ilojisi bo’lmasa, yani biz to’g’irlay olmaydigan va bizga bog’liq bo’lmagan holatlar yuzaga kelganda organizm bor emotsional kuchni bizdan olib qo’yadi. Yani, biz anglab yetmasak ham, quyi ong energiya berishning  foydasi yo’qligini yaxshi biladi. Kuchimizni bekor sarflamasligimiz uchun, bizni homush va g’amgin, yani shkala bo’yicha pastki darajadagi emotsional xolatga tushirib qo’yadi.

Masalan sizga yaqin bo’lgan insoningiz bu xayotdan ko’z yumgani xaqida xabar eshitdingiz. Bu xolatda siz xech qanday chora ko’ra olmaysiz. Har qancha jahlingiz chiqmasin, har qancha asabiylashmang, xar qancha xafa bo’lmang siz xech narsa qila olmaysiz, chunki u vafot etib bo’ldi. Yoki bo’lmasa yaqin kishingiz betob bo’lib qoldi, qaysidiz joyda baxtsiz xodisa ro’y berdi. Bu sizga bog’liq emas. Vaqt o’tgan sari bu xolatning bizning emotsional ahvolimizga bo’lgan ta’siri kamayadi va energetikamiz normal holatga qaytadi. Biz xar kuni, xar doim emotsional quvvatning doimo o’zgarib turish xolatida bo’lamiz.

Buning yomon tamoni nimada?

 Muammo shundaki biz organizmimiz bergan energiyadan maksimal darajada foydalanmaymiz. Biz ongli va tarbiyali inson bo’lganligimiz uchun hissiyotlarimizni ichga yutib, o’zimizni bosamiz. To’g’ri, ayrim insonlar baqir – chaqir qilib, ichidagi barcha salbiy hissiyotlarni chiqarib tashlashadi. Lekin tarbiyali inson bunday qilishni o’ziga to’g’ri deb bilmaydi. Va shu sabab energetik to’siqlar paydo bo’ladi. Yuqorida aytganimdek, har biz xohlamgan, lekin o’zgartira olishimiz mumkin bo’lgan hodisa ro’y berganda, organism bizga qo’shimcha quvvat beradi va bu xolatlarni to’g’rilashga undaydi. Lekin inson bu mening boshlig’im, ota-onam, farzandimku, do’stimku deb,  men unga yomon munosabatda bo’la olmayman deya emotsiyonal quvvatini ichiga yutadi. Inson tarbiyasi qanchalik  yuqori bo’lsa o’zini shuncha  bosadi. Organizm bu xolatdan chiqib ketishinigzni, olg’a intilishigizni, kurashishingizni xohlaydi va shunga yarasha yetarlicha quvvat beradi. Lekin siz emotsiyangizni bosasiz, siz o’z emotsiyangizga shu insonni kechiraqol yoki unut demaysiz, siz uni bosim bilan ichga yutasiz, ya’ni o’zingizda saqlab qolasiz. Bu ishlatilmagan quvvatlar tanani turli qismida biofizik va biokimyoviy sharchalar ko’rinishida saqlanib qoladi. Bu sharchalar o’sha insonga, holat yoki jarayonga nisbatan saqlanib qolgan salbiy quvvat hisoblanadi. Bu holat yana takrorlanganda o’sha insonga bo’lgan salbiy emotsiyangiz oldingi saqlab qo’ygan tayyor energiyasini ishga tushiradi. Bunday holatda siz yana o’zingizni bosasiz. Bu holat  qayta – qayta takrorlanadi. 2, 5, 10, 100 marta o’sha insonga nisbatan negativ energiya natijasida bu inergiya yanada katta shar shaklida yig’ilib qoladi va sizni o’sha zaryad energiya boshqaradi. O’sha insonni ko’rganingiz zahoti sizga xech nima demasada siz o’sha insonga qarshi kurashishga tayyor turasiz, urishgingiz unga baqiribmi, uribmi  ichigizdagi yig’ilgan barcha salbiy energiyani unga ag’darib yuborgingiz keladi.

Mening darslarimga bir ayol turmush o’rtog’idan shikoyat qilib, undagi barcha xislatlar menga yoqmaydi deb aytgandi. Demak, uning yuragida turmush o’rtog’iga nisbatan necha yillardan beri yig’ilgan katta energetik quvvat paydo bo’lgan. Va o’sha to’siq u ayolni boshqaryapdi.

Bu salbiy emotsional quvvatlar inson orzu maqsadlari amalga oshishiga halaqit bergani uchun, bu quvvatlarni  “emotsiyonal to’siqlar” deb ham ataladi.

Inson dunyoga kelganida ona bag’ridan chiqib boshqa o’ziga begona bo’lgan sharoitga tushib qoladi. Go’dak yig’laydi qarshilik ko’rsatadi, lekin xech nima qila olmaydi.  O’sha paytdan boshlab emotsional to’siqlar paydo bo’la boshlaydi. Unga onasi muzqaymoq, konfet, o’yinchoq olib bermadi, keyinchlik u maktabga borganida unga yoqmaydigan o’qituvchi to’g’ri kelib qoldi, o’rtoqlari xafa qildi yoki aldadi bu xolatlarning xar biriga xafa bo’lish, ranjish salbiy energiya, to’siqlar paydo bo’ladi. Xayot jarayonida to’siqlar yig’ilib boradi. Balog’at yoshiga yetganida, birinchi bor sevib qolganida va uni yoqtirgani unga xiyonat qilganida, ota-onangiz urishganida, soliq inspektsiyasida, bankda navbatda turganingizda, qo’ni – qo’shnilaringiz janjal qilganida depressiyaga tushasiz. Va inson 40 yoshlarga yetganida bu zaraydlar ko’payib og’irlik qila boshlaydi, inson tez-tez charchaydi. Uning xayotiy quvvati tugab boradi u kuchsizlanib boradi, tez kasallanadigan bo’lib qoladi. Chunki inson tanasida energetik kanallar bo’ladi va bu kanallardan energiya harakatlanib turishi kerak, lekin bu insonda kanallarni to’siqlar berkitib qo’ygan. Lekin miyada orzu – niyatlar, xohishlar, maqsadlar yaratilaveradi, ammo inson tanasi xarakatlanishiga kuchi qolmagan, tanani energetik to’siqlar bosib qo’ygan bo’ladi. Xayot qonuni, yashash tarzimiz shunaqa va o’sha to’siqlar insonni qolgan umri davomida boshqarib boradi.

Sizda kimga qarshi emotsional to’siqlar paydo bo’lgan bo’lsa, o’sha insonda xam sizga nisbatan to’siqlar paydo bo’ladi. Va ikki  inson o’rtasida nizo kelib chiqadi. Ikkala insonni ham emotsional to’siq hosil qilgan salbiy energiya boshqaradi. Baxtli tinch va osuda yashash uchun bu emotsional to’siqlar bizlarni boshqarishiga yo’l qo’ymasdan ularni olib tashlash kerak.

Bunday emotsiyanal to’siqlar nafaqat insonlar orasidagi yomon munosabatlarga yoki yomon kayfiyatlarga olib keladi, shuningdek 99% holatlarda orzu-maqsadlarimiz amalga oshishiga asosiy sabab bo’lib hizmat qiladi. Menga murojat qilgan insonlarni ko’pchiligi tortishish qonunidan shikoyat qilishadi. Yani har kuni o’sha narsa haqida o’ylasalar ham, orzular tahtasini yaratsalar ham orzulari amalga oshmayotganini takidlashadi. Shu tariqa tortishish qonuni bor yoki yo’qligiga shubha qila boshlashadi. Aslida tortishish qonuni har doim ishlaydi, lekin uni ishlashi uchun yuqorida aytib o’tilgan ruhiy to’siqlar halaqit beradi. Chunki nafaqat orzu-niyat haqida ko’p o’ylash kerak, shuningdek, o’sha orzu-maqsadga halaqit berayotgan to’siqlarni tozalash ham juda zarurdir. Men “Yangi hayot” nomli o’quv kursimda bunday to’siqlarni tozalash yo’llarini o’rgatib kelmoqdaman. Shogirtlarim men o’rgatgan psixologik usullar yordamida hayratlanarli natijalarga erishib kelishmoqda. Ularni fikrlarini quyidagi sahifadan o’qib ko’rishingiz mumkin >>> http://dilshod-hakimov.uz/shogirtlarim-fikrlari O’quv kursda qatnashib, siz ham baxtli, quvnoq va orzu-niyatlari tezda amalga oshadigan insonga aylanishni xohlaysizmi? U holda sizni “Yangi hayot” kursiga taklif etaman. O’quv kurs haqida quyidagi sahifadan to’liq ma’lumot olishingiz mumkin >>> http://dilshod-hakimov.uz/yangi-hayot/

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad, Ruhiy muammolar.

1 ta muhokama

Fikr bildirish