Oilada erkak va ayolning majburiyatlari

Oilada erkak va ayolning majburiyatlari

Eng baxtli oilalar o’z majburiyatlarini biladigan vakillar tomonidan barpo etiladi. Bir-birini doim qo’llab-quvvatlash, kamchiliklarni yashirib, yutuqlarini oshirish oilaning har bir vakilining majburiyatidir. 

 

Erkaklarning majburiyatlari

1. Ayolingizni juda hissoyotliligi uchun ayblamang
2. Oilani himoyalash (ma’naviy va jismoniy)
3. Oilani to’g’ri yo’nalishi, oilaning maqsadini belgilash.
4. Mas’uliyatli bo’lish
5. Bir savolni bir necha bor bergani uchun ayoliga jahl qilmaslik

6. Uy ishlarini bajarishda ayolini qo’llab quvvatlash
7. Oilada to’g’ri muhit hukimron bo’lishini ta’minlash.
8. O’z ayolini do’stlari davrasida muhokama qilmaslik
9. Qiziga mehr berib, o’g’lini tarbiyalamoq.
10. Farzandlarini ahloqiy va ma’naviy tarbiyalamoq

11. Muammolarni ayolidan xafa bo’lmagan holatda tinch yo’l bilan hal qilish
12. O’z ayolini jamiyatdagi o’rnini belgilab berish
13. Oilani jismonan tarbiyalash
14. Oila mablag’ini to’g’ri taqsim qilish.
15. Havotirga tushganda ham buni ayoliga bildirmaslik

16. Oilani moddiy ta’minlash
17. Yo’q deganda bir oyda bir marotaba ayolini aylantirish
18. Vaqti-vaqti bilan gullar, shirinliklar, taqinchoqlar olib berib, ayolini hursand qilish
19. Homiladorlik vaqtida uni qo’llab quvvatlash
20. Ayolini ustidan hech qachon kulmaslik

21. O’zlari holi qolgan holda ham, o’zini jiddiy tutish
22. O’zga ayollarga qaramaslik va ular haqida gapirmaslik
23. Qarindosh urug’chilik masalalarida ayolining nasihatlariga quloq tutmoqlik
24. Hamisha ayolini diqqat bilan eshitib, berilgan va’dalarni bajarish

Ayolning majburiaytlari

1. Erini pul topishga hamisha ruhlantirish (topganiga qanoat qilib, hamisha minnatdorchilik bildirish)
2. Erini o’ziga qaratishni bilish
3. Erini g’azablanganligiga xafa bo’lmasdan, muammolarni tinchlik yo’li bilan hal qilish
4. Erini o’zga ayollar bilan tutish qoidalarini o’rnatish
5. Yaqinlari davrasida erini tanqid qilmaslik

6. Eriga foydali maslahatlar berish
7. O’zining havotirlari va charchaganligi haqida gapirish huquqiga ega bo’lish
8. Erini ishdan charchab kelganda aqliy va jismonan dam olishiga yordam berish
9. Oilada tinch muhitni ta’minlash
10. Ovqat tayyorlash va uyni saranjom tutish

11. O’z ko’rinishini yaxshi holatda tutib yurish
12. Eri oldiga aniq vazifalar qo’yish (nima sotib olish kerak, o’zini qanday tutmoq kerak va ayoli bilan qanday a’loqada bo’lish kerak)
13. Uy ishlarini to’g’ri tashkil etish – erini ta’mirlash ishlariga ruhlantirish
14. Agar uyda janjal sodir bo’lgan bo’lsa va bu janjal sababchisi eri bo’lgan bo’lsa ham, birinchi bo’lib yarashishga harakat qilish, keyinchalik eriga tinch holatda uning xatosini tushuntirish
15. Erini qadriga yetish

16. Eri bilan suhbatda unga nisbatan hurmatini hamisha ko’rsatish
17. O’zgalar orasida o’zini uning ayoli ekanligini bildirgan holda tutmoq (eriga g’amxo’rlik qilish, uni qo’lini tutish va hamisha uning yonida bo’lish)
18. Eriga o’zgalar bilan munosabatni to’g’ri tutishiga ko’mak bermoq
19. Eriga hamisha vafodor bo’lmoq (hayollarida, kiyimida va o’zini tutishida)

Manba: Gooper.uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Kelin-kuyovlik ilmi.

23 ta muhokama

  1. bahtiyor shunday dedi:

    14. Agar uyda janjal sodir bo’lgan bo’lsa va bu janjal sababchisi eri bo’lgan bo’lsa ham, birinchi bo’lib yarashishga harakat qilish, keyinchalik eriga tinch holatda uning xatosini tushuntirish
    15. Erini qadriga yetish?
    SHU JOYLARI menimcha notori deb oyliman?
    hozirgi ayollarni yomonlashdamas gap, erkeklarimizdayam ayb kota lekn uyda janjal chiqib qolsa va unga er sababchi bo’lsa hozrgi ayollarimiz darhol onalarinikiga ketib qolishadi.
    sabab nega?
    eriga to’g’ri tushuntirish bilishmaydi hato eri hiyonat qilgan bo’lsa ham.
    er hiyonat qilishiga kim aybdor albatta ayoli aybdor boladi.
    har tomonlama norozi boladi va shunda eriga ayoli qilayotkan ishlari yoqmay eri hiyonat qilishga majbur bo’ladi.
    Keyin esa man hiyonatni kecirmidigan ayolman deb oyoq tirab oladi ayol kishi, lekin aybni hech qachon o’zidan qidirmaydi.
    Va bita butun oila barbod bo’lib ketishiga va farzand yetim bo’lishigayam sababchi bo’lib qoladi.
    otasiz farzand hech qachon yahshi tarbiya olmaydi deb o’ylayman.
    negaki otani mehri umunman boshqacha bo’ladi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      “Nega er-hotin ajrimlari ko’payib ketdi?” nomli maqolamda “mayatniksimon urush” nomli tushuncha haqida yozganman. O’shani o’qib ko’ring. Agar ayol uyga ketib qoladigan darajaga yetgan bo’lsa, demak uning uchun juda muhim bo’lgan bir jihatga hurmatsizlik bildirilgan bo’ladi. Bu vaqt erkak tamon buni tushunib yetib, bu ishni takrorlamaslikka harakat qilishi kerak. Agar juftidan hafa bo’lgan vaqt har gal insonlar hiyonat qilaverishsa, unda hayot nima bo’ladi? Bunday vaqt ikki inson bir-birini tushunishga va mayatniksimon urish davridan tezroq o’tib olishga harakat qilishi kerak.

  2. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    13. Uy ishlarini to’g’ri tashkil etish – erini ta’mirlash ishlariga ruhlantirish
    14. Agar uyda janjal sodir bo’lgan bo’lsa va bu janjal sababchisi eri bo’lgan bo’lsa ham, birinchi bo’lib yarashishga harakat qilish, keyinchalik eriga tinch holatda uning xatosini tushuntirish
    15. Erini qadriga yetish

    16. Eri bilan suhbatda unga nisbatan hurmatini hamisha ko’rsatish?
    wu julalariz notori db oyliman agar tori boganda hayot bowqaca bolardi?

  3. bahtiyor shunday dedi:

    ” “Nega er-hotin ajrimlari ko’payib ketdi?” nomli maqolamda “mayatniksimon urush” nomli tushuncha haqida yozganman. O’shani o’qib ko’ring. Agar ayol uyga ketib qoladigan darajaga yetgan bo’lsa, demak uning uchun juda muhim bo’lgan bir jihatga hurmatsizlik bildirilgan bo’ladi. Bu vaqt erkak tamon buni tushunib yetib, bu ishni takrorlamaslikka harakat qilishi kerak. Agar juftidan hafa bo’lgan vaqt har gal insonlar hiyonat qilaverishsa, unda hayot nima bo’ladi? Bunday vaqt ikki inson bir-birini tushunishga va mayatniksimon urish davridan tezroq o’tib olishga harakat qilishi kerak.”
    savolimga siz tomondan to’liq javob olmadim?
    savolimga etibor bilan qarashizi va o’z fikrizi bildirishi holiman?
    manga kitobdan o’qib berishizi holamiman javobi hayotdan realdan javob berishi holiman?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Meni javobim sizni qoniqtirmaganligi uchun hamkasbim va saytimiz obunachilaridan sizni savolingizga o’z fikrlarini bildirishlarini so’radim. Shu javoblardan birortasi sizni qoniqtiradi deb umid qilaman.

      Muhiddin Ravshanbekov (psixolog):
      Baxtiyor- fikrlariz juda ajoyib avvalo ushbu muammoga etibor qaratganingiz uchun raxmat.
      Ushbu xolat juda nozik hisoblanadi.
      Birinchidan, ayol qachon uyiga ketadi? U uchun aziz sanalgan jixatlar(ishonch,xurmat,mexnat)pastga urilganda,taxqirlanganda.yoki oiladan kutgan narsalari(mexr muxabbat,ishonch.) ni ololmaganda,bu yerda gap qadr qimmatda ketyapti ijtimoiy psixologiyada shunday qonun bor shaxs qaerda o’zining qadr qimmatini yuqori ekanini sezsa o’wa kollektivga intiladi yani ayollar ota uyiga erkaklar ishxonaga yoki boshqa ayol bag’riga. Demak bu masalada o’zingiz xulosa chiqarganday xamma birdek aybdor.
      Ikkinchidan, keling men sizga bir rivoyat aytib beraman. Qadimda bir oila bo’lgan ekan oilada ota,ona va o’gil yasharkan,ota va o’g’il xar kuni kun b6yi ishlab oqshom payt uyga kelarkan,va uy bekasi tayyorlagan taomni yeb yotib uxlab ertalab yana ishga ketarkan.shu zaylda yillar o’tibdi. Kunlardan bir kun ishdan charchab kelgan ota bola oldiga beka bir boq pichan qo’yibdi. Ota bola xayron bo’lib nega bunday qilyapsan degan savoliga.beka
      mana necha yildirki sizlarga shirin taom tayyorlayman ammo xech qachon mening taomim xaqda na raxmat va na minnatdorchilik aytmagansiz axir sizlarga baribir emasmi degan ekan. Bundan xulosa chiqaring!
      Uchinchidan, er va xotin munosabatlari xar bir oilada bir xil bo’lmaydi chunki xar bir inson bir olam demakdir shunday ekan. Maslaxat berish uchun oilaning indvidual xususiyatlarini o’rganish kerak bo’ladi.
      To’rtinchidan, Begunox bolalar masalasiga keladigan bo’lsak yaxshiyam o’zbekmiz o’zbekona odatlarimizni boriga shukur. Bizda farzand 50ga kirsayam ota ona uchun boladir doim bolasi uchun qayg’uradi g’amxo’rlik qiladi. Biz ko’p iw qiliwimiz kerakmas shunchaki shu urf odatlarni unutmasak bas. Agar ajirimlar kamayishini istasak biz unga qarshi kurashishimiz yoki kim aybdorligini aniqlashimiz kerakmas. biz oilalardagi psixologik muxitni mustaxkamlashimiz kerak.

      Nargiza Avazova (obunachi):
      Nima uchun er xiyonatiga faqat ayol sababchi bolishi kk? bu notogrimasmi?Erkak ozi yengil tabiat bolsachi uni ozi shunaqa suyuq bosauam ayol aybdor bolaveradimi?Hech erkak zoti oylab korganmi ayol nima uchun oila quradi erini sevganidan boshida kegin farzand dunyoga keladi kegin bolasi uchun umrini xazon qiladi shundayam ayolla aybdor boladimi?Togri yengil tabiat ayollar ham yoq emas hozirgi zamonda kopro desayam boladi lekin erkaklar ham ayolla bn teng ketyapti bu masalada modomiki butun ayolla nazarda tutilib gapirildimi manimcha erkaklar ham bundan otsa otvotti lekin kam bomiyapti.Oshanchun bunda faqat ayolla aybdormas erkaklar ham ozini masulyatini bilish kk.

      Наргиза Надировна (obunachi):
      Узи ожиз эркаклар хамма нарсага аелларни айбдор килишади. Аел уйини, болларини саришта килса, эрини топгани узидан ортмаса, камига аел болларим хеч кимдан кам булмасин деб узини укка чукка уриб пул топса яна нима килсин. Хозирги куп эркакларда оила учун маъсулият деган нарсани узи йук

      • Nargiza shunday dedi:

        Assalom alekum. Oila muqaddasligini kichkinaligimizdan eshitib kotta bo’ganmiz va shu uchun ham qiz bola har doim oilan saqlash uchun ko’p narsaga ko’z yumadi Vaxti kesa sabrli bardoshli ayollarimiz xiyonatni ham kechirib birga yashavotganlar qancha. Ota-Ona ko’z qorachig’ide asrab avaylab o’strb turmushga uzatsayu lekin 20 yoshgacha Ota-Onasidan eshitmagan gaplarini Kelin bo’lib tushgan oiladan eshitsa Har kuni ichib kelib Umr yo’ldoshidan kalte yeb har kunini o’tkizvotgan oilala qancha Ikki inson bir umurga HAYOT yo’llarini bog’lashadimi dme Har doim ISHONIB, TUSHUNIB, HURMAT QILIB SEVIB yashashlari kere. Er xiyonatiga ayol aybdor dvosiz Nega Ayol Erchi turmush qurishdan oldin har qnaqa vaziyatda shu qizi erkaligini ko’tarib xiyonat qimi baxtli qilolimanmi dgan savoli Oila boshlig’larimiz o’zlariga berishlari keremasmikin. Nimaga aybdor 9 oy farzandni ko’tarib yurib hayotini hafga qo’yib xonodonga quvonch olib kirgani uchunmi? Nmaga nima uchun aybdor qivotganiz o’ylab ko’rin. Har tomonlama norozi bo’ladi Shunda Er xiyonat qiladi bu sabab bo’lomidi chunki Umr yo’ldoshidan har qanqa zulm ko’rsayam Ayol xiyonat ko’chasiga kirmayaptyu Xiyonat OJIZLANI ishi Manmcha. Xiyonatni kechirmiman db oyoq tirab olish bu Ko’ngil qolishdirish ancha avval boshlangan Er tarfidan shu oxirgi nuqtaga yetib kegan sabrni ham chegarasi bor Bir Xatoni bir marta kechirish mumkin Yana tokrorlansa deme bu odatga aylangan. Ayol kishi ayibi o’zidan qidirmidi dvosiz O’zbek ayollarimiz o’zidan qidirganlari uchun ham shuncha oilalar saqlanib turibdi. Farzand yetm bo’lishiga sababchi bo’ladi dvosiz Qaren Shunda ham Ayoli ayiblavosiz NOPOK yo’lga kirgan kasri farzandlariga urishi mumkinligini o’ylamagan Oila boshlig’i ayibdor emasu? Uyda zuruyotlarini tarbiyalab o’trgan Ayol aybdormi? Ota mehri boshqacha to’ri lekin Lekin Ota hech qachon Ona bo’lomidi Lekin Ona ham Ota ham Ona bo’lolidi Ayol kishi farzandlarini kelajagi uchun Xiyonatkor Umr yo’ldoshan vos kechadi. Chunki hohlamidi Xiyonatkor, Alkashi farzandlari digan gapi eshitishlarini.Bir ayolni yo’lga solomagan Oila boshlig’i aybdormasmikin? Erke kishi bekorga Oila boshlig’i diyilmidi chunki u har tomonlama o’ylab ko’rish kere Ayib qidirsa hammada ayib bor Besh qo’l baravar bo’lmaganidek Har xil Insonla. Be ayib Parvardigor…

      • Sardor shunday dedi:

        Har kim hayotida sodir bo`lgan va bo`layotgan voqealar uchun o`zi javobgar. Olam bu ko`zgu. Tashqaridagi barcha narsalar, vaziyatlar insonning fikrlari, fe`l-atvori, hissiyotlarning aksi. Zamonaviy ayollar haqida qanday o`ylasangiz sizga shunday ayollar (fikringizga mos) ko`proq uchraydi.

        Menimcha ayollarning onasinikiga ketib qolish sababi uning qadriyatlarini oyoq osti qilinsa vaziyatdan noroziligini bildirish va bu hol yana qaytarilmasligini istamaslik uchun (yana shunaqa vaziyat bo`lganda eslaysiz oldin shunaqa qilganimda onasinikiga ketib qolgan yana shunaqa qilsam yana ketib qoladi,).

        Agar atrofingizgagi odamning qaysidir xarakteri (norizilik, maydagaplik, ochko`zlik va h.k) sizga yoqmasa demak o`sha xarakter sizda ham bor. Olam sizga o`sha odam orqali o`zingizning aksingizni ko`rsatyapti. Agar ichingizda o`zgarsangiz (o`sha xarakteringizni va fikrlaringizni o`zgartirsangiz) o`sha odam ham o`zgaradi yoki sizni yoningizda o`sha xarakterini qilmaydi.

        Ayolingizning salbiy hislatlariga diqqatni ko`proq jamlasangiz uning salbiy hislatlari ko`payib ketadi yoki siz faqat uning salbiy hislatlarini ko`rasiz (O`xshash o`xshashini tortadi) va natijada ayolingiz sizga yoqmay qoladi.

        Agar siz kimgadir biror narsani tushuntirmoqchi yoki uni tushunmoqchi bo`lsangiz ichingizda shu odam bilan o`sha ishni qila olishingizga ishonasizmi? Masalan mana shu odam bilan hech narsa qilib bo`lmaydida chunki fe`li yomon, yoki qo`lidan kelmaydi va h.k. Albatta bunday ichki dastur bilan o`sha odam bilan rostdan ham hech narsa qilib bo`lmaydi.

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          Sardorbek, javobingiz alo darajada! Psixalogiyadan yahshigina habardorligingiz ko’rinib turibdi! Psixalogiya ilmi hayotingiz yanada baxtli va omadli bo’lishiga sababchi bo’lishini tilab qolaman!

      • Gulnigor shunday dedi:

        Men hali yoshman va turmushqurmaganman,shuning uchun bu savolga hali qoniqarli javov bera olmasam kerak,lekin o´z doiramdan kelib chqib,javob berishga harakat qilaman. sharq anánalariga ko´ra oila muqaddas hisoblanadi, afsuski lekin bu atamani o´zbek xalqi uchun qo´llash qiyin masalaga aylanib qoldi. qiziq savol.neg qiz onasinikiga ketib qoladi? javobi oddiy.,turmishga chiqqunicha o´z uyidan o´zga ko´rmagan ma´suma qizlarimiz,eridan panoh topmagach yana qayerga boradi? albatta ona uyiga,men er tomonga aybni qo´ymoxchimasman,qars 2 qo´ldan chiqadi,eng avvalo ota-ona jamiyartini ma´rifatini oshirish kerak,go´dakligidan uylantirib qo´yishadi,2-3 yil o´ynab kulgandan so´ng,ana bir-biridan zerikish,bir-biridan kamchilik topila boshlanadi,ha afsus inson xarakteri shunaqa yaratilgan,nimayam qilardik,lekin Tangri taolo musulmonlarga keng sabrni ham ato qilgan,men baxtga erishishni faqat sabrda ko´raman,bir birini aybini kovlab,kamchilikka e’tibor bergan kishi hayotda ko´karmiydi. men hoxlardimki,yoshlarimiz qachon oilaga o´zini tayyor deb bilgandagina turmish qurishlarini va o´ziga loyiq baxt topilganda uni barqaror ushab olishlarini,baxtini o´zgalardanmas,uydagi ko´z ko´rganidan qidirishlarini xohlardim,janjalga ketgan vaxtlarini o´rniga romantik kinolar ko´rishsin,birga ovqat tayyorlashsin,do´stlarini mehmonga chaqirsin, bizni qizlarimiz ko´pincha qayna-qaynatalarini yumishidan ortishmaydi, erga yaxshi ko´rinaman deb,buyoda undan uzoqlashib qolganinisezmay qolishadi,ot-ona hizmatini qilish yaxshi albatta,lekin hamma narsa me´yor bilan,er ayolidan yetarli mehr topmagach,albatta ko´chadan qidiradi,chunki ular sabrsiz bo´lishadi,uni o´rniga oilada ayoliga ozgina qarashib uni ishlardan tezroq ozod qilsa,sevimli kishisi bilan vaxti ko´proq bo´larmidi. xullas gapirsa gap ko´p.

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          Gulnigor, e’tibor qilib, fikr bildirganingizga katta rahmat sizga!
          Fikrlariz juda to’g’ri! Sizga oilaviy baxt va omad tilab qolaman!

  4. Nizomiddin shunday dedi:

    Menimcha bu masalada har ikki tomon ham birdek aybdor to’g’ri hozirgi kunda hamma o’ziga o’zicha to’g’ri hechkim aybini bo’yniga olib xatoni o’zidan qidirmaydi. Sababi hama teng huquqliman deydi, Ayol bilan Erkak jinsi ko’chada, ishda, teng huquqli bo’lishi munkun lekin oila davrasida sal boshqachoroq bo’lishi kerak ayol ayoligini erkak erkakligini qilsa bunda tinch va totuv hayot kechirishi munkun. Aytishadiku dono halqimiz hech qachon bitta qazonda ikkita qo’chqorni pishirib bo’lmaydi deb shunday ekan har bir inson oilani muqadas bilsa yahshi bo’lardi bita davlatda ikkita boshliq bolmagandek oilada ham ikkita boshliq bo’lolmaydi. Erkak shoh ayol vazir bolsa nur ustiga alo nur bo’lar edi, Haqiqiy oila parvar ayol har qanday sharoitaham turmushning achiq mushtiga chiday olmay onasinikiga ketishi bu nato’g’ri menimcha chunki bunday qilsa qachon rohat farog’atga etadi, Kim ayta oladi mehnat va sabir qanot qilmay rohatga farog’atga yetadi deb? Insoni ulug’laydigan haqiqiy yuzini ko’rsatadiga narsa bu MEHNATKU bahtli oila qurib shirindan shakar farzandlarni xalqiga foydasi tegadigan qilib tarbiyalash bu katta va ulug’ mehnatku ahir, Endi erkaklarga keladigan bo’lsak mehrni ko’chadan izlab mehrni ko’chaga beradigan erkaklar bular erkak emas men bundaylarni erkak deb bilmayman. Sabi oila bir qo’rg’onki uni muhofazasi biz erkaklar zimmamizdaku, O’zi hinot qilib aybni ayolidan izlash bu er yigitni ishi emas sizga ayolingiz mehir beraolmayabdimi demak ayb sizdaham bor yo’q deganlar bir qo’l bilan chapak chalsinchi qandoq bo’larkan?? Oila uchun erkak ham ayol ham birdek javobgar shunday ekan bu masalada masuliyatni his qilib kerak payti g’ururini bir cheka surib oziroq past ketish ham martlik buni hechkim noto’g’ri tushunmaydi. Tushunganda ham sizga nima sababi oila tinch bolsa ham notinch bolsaham siznikiku o’zingiz tanlang o’ylab ko’ring qaysi sizga maqul. Hamani oilasiga tinchlik, boht, omad yor bo’lsin

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Nizomiddin, muhokamada qatnashib, o’z fikringizni bildirganingiz uchun KATTA rahmat! Javobingiz alo darajada! Sizga ham oilaviy tinchlik, baht va omad yor bo’lishini tilab qolaman!

  5. Farrux shunday dedi:

    Bu kabi tushunmovchiliklar köpincha yosh oilalarga xos. Er-xotin orasidagi ziddiyatlarga (ayol onasinikiga ketishi, er xiyonat qilishi) e’tibor qaratsak albatta ayb ikki tomondan…

    Agar ayolga nisbatan fikr bildirsam, u öz uyiga ketdimi demak eri tomondan (yoki shu oila) u kutmagan hurmatsizlik körsatilgan. Bu borada ayolni ayblash qiyin, chunki turli vaziyat bölishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga köra, oilani saqlab qolishga bölgan istak ayollarda yuqori böladi. Agar ayol ma’lum sababga köra uyiga ketdimi u baribir eridan umid qiladi… Chunki ayollar erkaklarga nisbatan kechirimli

    Erning xiyonat qilishiga kelsak, bunda faqat erni qoralash xato. Umuman olganda er öz ayolidan kutgan mehrni olmaganda yoki jinsiy hayotdan qoniqmaganda xiyonat qiladi. Agar ayoli eri oldidagi har qanday xotinlik vazifasini bajarib, unga könglidagidek mehr-muhabbatini körsata olsa er xiyonat köchasiga kirmaydi deb öylayman. Axir xalqimizdagi “Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin” kabi ibratli gaplar bejiz emas…

    Bu boradagi muammolarni izchil örganmasdan fikr bildirish qiyin. Umuman olganda har bir yosh oilada Dilshod Hakimov aytganlaridek “mayatniksimon urush” bölishi tabiiy. Bu kabi muammolarni barchasi shunga misol. Agar juftliklardan biri “aybdorlik” xissini tuyib vaziyatdan chiqishga harakat qilsa albatta ötib ketadi. Hayotiy tajribamdan aytsam, odam har narsaga jiddiy yondashaversa faqat öziga jabr qiladi. Hayotda ba’zi narsalarga köz yumib, e’tibor qilmaslikka örganish kerak.
    Xitoyliklarda mashhur maqol bor: “Har bir muammo özi bilan yaxshilik keltiradi va har qanday omadsizlik orqasidan undanda kattaroq omad keladi”
    Balki shungadir xitoyliklarda uzoq umr köruvchilar soni köp…)

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Fikringiz uchun katta rahmat! Juda chiroyli qilib tushuntirgansiz! Ishlarizga omad tiliman!

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Muhokamada qatnashgan insonlarning barchalariga yana bir bor tashakkur bildiraman! Ushbu fikr va mulohazalar barchamizga hayotimizni baxtli va omadli qilishga yahshi yordam beradi deb o’ylayman.
      Psixologiya nuqtai nazaridan qaraganda shu mulohazalarga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson hatti harakati bolalik chog’idan yeg’ilib boradigan tajribalarga bog’liq. Shu hayotiy tajribalar ichida ko’pinchi salbiy tajribalar ham ko’p bo’ladi. Insondagi bu salbiy tajriba va hissiyotlar quyi ongimizda yeg’ilib boradi va inson hayotida turli noxush xolatlar bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun men yaqin kunlarda inson ongida yeg’ilib qolgan mana shunday salbiy tajriba va hissiyotlarni tozalashning psixologik metodlarini o’rgatuvchi to’liq hajmdagi o’quv kursini tayyorlash niyatidaman. Bu o’quv kursiga tayyor bo’lib borishingiz yoki chunchaki ong osti imkoniyatlari haqida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lishingiz uchun sizlarga quyidagi 4 daqiqalik qisqagina video lavhani e’tiboringizga havola etmoqchiman.

      • bahtiyor shunday dedi:

        Assalomu aleykum.
        Fikrlani õqib chiqdim rahmat.

        Bir iltimosim bor edi yordam bersela rosa hursand bõlar edim.
        Bu savoli berishimdan maqsad bir tanishimni oilasi buzulib ketkan qonuniy ham ajrim qilib bõlgan.
        Shunga qaramay tanishim oilasi bilan yana hayot kecrishini holidi.
        Ahir õrtada qiz farzandi bor.
        Gap qiz yoki õg’il farzanda emas.
        Ayolini yahshi koradi.
        Tanishimni dardlarini eshitsam yuraklarim siqilib rahmim keladi.
        Erkak kishini oiasi uchun shuncali yig’lab achinshini birinchi marta kõrishim tõg’risi.
        Tanishim ayoli bilan 4yil sevishib turmush qurushgan.
        Tori o’sha tanishim ham hiyonat qilib hato qilgan.
        Yarashaman deb borsa ayoli yoq deb oyoq tirab olgan hiyonat qilgansan deb.
        Lekin ayoli hech qachon uni ushlab olmagan kõchadegi qandaydir insonlarni gapiga ishonib fikr qilayabdi.
        Nima qilsa bõladi qanday qilib yarashib ketsa bõladi?
        Iltmos yordam bersangiz.
        Manam sizlarni yordamilada õsha oila yana tiklanib ketsa hursan bôlardim?

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          Assalomu alaykum! Bahtiyor, vaqtida javob bera olmaganim uchun uzr. Shu kunlarda 200 dan ortiq obunachilar savollariga javob qaytarish bilan band bo’layapman. Tanishingiz uchun g’amho’rlik qilayotganingiz taqsinga loyiq. Lekin, bir narsani aytish mumkinki agar biz birovni hayotini yahshilay olganimizda edi, hayotimiz Jannat bo’lar edi. Ammo afsuski, biz faqat maslahat olishni xohlaganlargagina o’z maslahatlarimiz orqali yordam bera olamiz. Men shuni aytishim mumkinki, tanishingiz o’zlarini ustlarida ishlashlari kerak. Turmush o’rtog’lari bilan ajrashish darajasiga yetibdilarmi, demak ular orasida biz bilmagan jiddiy masalalar bo’lishi kerak. “Hayotning buyuk siri” nomli filmda aytilganidek, agar inson biror maqsad yo’lida sidqidildan harakat qilsa, unga hamma narsa ko’makchi bo’ladi. Tanishingiz ikkalanayotganlari uchun ham yo’llarida to’siqlar paydo bo’layotgan bo’lishi mumkin. Aytib o’tilgan hamma gaplarni ma’nosini tanishingizga tushuntiring. Yordam beradi degan umiddaman. Vaqtingizni ayamay yahshilik yo’lida qilayotgan ishingizga omad tilayman!

  6. болалари учун чидашга мажбур аёл shunday dedi:

    Бир бирини ишончига кириш учун ойлар йиллар хам камлик килади базида ишонган инсониз сизга хиёнат килса ва бошка кайтарилмайди деб минг марта айтса хам олдингидек ишонол май кийнабасиз бу холадда икки тарафда хам айб бор деб уйлайман афсус ок кохозга дог тушса минг харакат килсак хам аввалгидек булмайди афсус аёллар чидашдан бошка чорамиз юк болаларимиз учун чидаймиз тугри базида ер хиёнат килганини билиб колган аёллар ерига курсатиб куйиш учун хиёнат нима эканини билдиришга уринишади бир нарсани эсдан чикарманг еркак киши билан аёл киши бир погонада эмас балки аёлкиши хамиша икки уч погона пасда тураркан

  7. Anonim shunday dedi:

    Er va xotin hamiwa bir birini tuwuniwi kerak deb öyliman

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.