Olamning 5 qonuni

Без-имени-1Siz mikroto‘lqinli pechni, telefon, televizor, mashinani yoki boshqa biror moslamani harid qilganingizda, Sizga, albatta, undan foydalanish qo‘llanmasi beriladi. Ya’ni bu nima, u bilan nima qilish kerak, buzilmasligi uchun uni qanday qo‘llash zarurligi tushuntiriladi. Nima uchun dunyoga kelganimizda bizga “Hayotdan foydalanish yo‘riqnomasi” berilmagan?! Axir bu juda murakkab moslama, juda murakkab mexanizmdir va ko‘p insonlar qanday yashash kerakligini tushunmay o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Albatta, hammamiz yaxshi yashashni xohlaymiz, lekin qanday qilib bunga erishishni tushunmaymiz. Bugun, ko‘plab iltimoslarga binoan, men olamning beshta asosiy qonuni to‘g‘risida maqola yozmoqdaman. Dunyoda amal qiladigan 5 ta qonun va ularni bilish sizga oson, baxtli va hursand bo‘lib yashash uchun yordam beradi.

Olamning birinchi qonuni – bu sabab va oqibat qonunidir. Uni bumerang qonuni deb ham nomlaydilar. Bu qonunga ko‘ra, biz faqat ekkan narsani o‘rib olishimiz mumkin. Agar Siz sabzini ekkan bo‘lsangiz, Siz keyin hech qanaqasiga qovoq o‘rib ololmaysiz, agar Siz qovoqni ekkan bo‘lsangiz, Siz hech qachon olma, malina yoki boshqa biror narsani o‘rib ololmaysiz. Biz faqat o‘zimiz ekkan narsani o‘rib olishimiz mumkin. Agar biz qandaydir ig‘volar, g‘avg‘olar, janjallarni ekib, tinchlik, totuvlik va farovonlikka erishmoqchi bo‘lsak, unda niyatlarimiz mag‘lub bo‘lishiga hayron qolmasak ham bo‘ladi. Negaki, janjal eksak, janjalni olamiz, agar biz agressiya, adovat, fitna yoki qasosni ekkan bo‘lsak, biz ertami, kechmi, u yoki bu holatda shuni o‘ramiz. Gap shundaki, sabab va oqibat qonuni kechikish bilan ta’sir ko‘rsatadi va biz bugun ekib turib, hosilini bir haftadan keyin o‘rishimiz mumkin. Lekin bir haftadan keyin biz qanday urug‘ ekkanimizni eslay olmaymiz ham. Bu urug‘ hafagarchilik, qo‘rquv, ikkilanish, ishonchsizlik urug‘i bo‘lishi mumkin. Bir haftadan709 keyin bu urug‘ unib chiqqanda va biz uni olganimizda, biz qanday qilib shunday bo‘lganini tushunmaymiz, bizga hammasi mantiqsiz va adolatsiz bo‘lib ko‘rinadi. Biz shunchaki, oradan ko‘p vaqt o‘tganligi uchun unutib qo‘yganmiz. Ya’ni, masalan, Siz bugun kimnidir hafa qilgan bo‘lishingiz yoki haqorat qilgan bo‘lishingiz mumkin, kimgadir baqirib yuborishingiz mumkin, balki undan kechirim ham so‘ragan bo‘lishingiz mumkin, yarashib olishingiz mumkin, hammasini unutdingiz, ammo oradan bir hafta o‘tib, kimdir Sizga baqirishi, so‘kishi mumkin. Tabiiyki, Siz bu ikki holatni bir biriga bog‘lamaysiz, chunki bu vaziyat bir kishi bilan, unisi esa boshqa kishi bilan. Biroq, agar Siz bugun ayblovchi holatida bo‘lgan bo‘lsangiz, unda ertaga, indinga yoki bir haftadan so‘ng Siz albatta ayblanuvchi holatida ham qatnashasiz. Shuning uchun ham “hukm qilma va birov seni hukm qilmaydi”, “o‘zinga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasang, o‘zing ham shunday munosabatda bo‘l” degan gaplar bor. Faqat ongli ravishda, puxta o‘ylab, o‘zimizga kerakli narsani ekib, biz o‘sha narsani o‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu darrov, bugun bo‘lmasligi mumkin, lekin ertaga yoki bir haftadan keyin, yoki bir oydan keyin, yoki bir yildan keyin albatta bo‘ladi. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, biz yaxshilikni bir insonga qildik, balki u bizga yomonlik qaytargan bo‘lsa ham, yaxshilik bizga qachondir qaytadi. Faqat biz kimdan, qanday ko‘rinishda va qaysi payt qaytishini bilmaymiz. Lekin qilgan yaxshiligingiz Sizga darrov qaytmasa, bu qonun amal qilmasligini anglatmaydi. Shuning uchun, bu qonun esingizda tursin va hayotingizda nima ekmoqchi bo‘layotganingizni puxta o‘ylang!

Olamning ikkinchi qonuni – tortishish qonuni. Siz bu qonunni fizikadan bilasiz, lekin Закон-притяженияpsixologiyada ham bu qonun amal qiladi. Bu qonunga ko‘ra, nafaqat o‘xshash narsalar bir birini tortadi, tortishish qonuni shunday amal qiladiki, biz hayotimizga faqat hayot rejasini bajarish uchun zarur miqdordagi tajribani to‘playmiz. Misol tariqasida tushuntiraman. Sizning maqsad yoki orzuingiz mavjud. Siz millioner bo‘lishni, samoga uchishni, o‘z uyingizni qurishni, sevib turmush qurishni yoki boshqa biror narsani istaysiz, ahamiyati yo‘q, Sizning maqsadingiz bor va Siz uni oldingizga qo‘yganingizdan boshlab hayot Sizga maqsadingiz amalga oshishi uchun kerakli insonlarni, kerakli vaziyatlarni, kerakli holatlarni torta boshlaydi. Ko‘p hollarda hayot Sizga hatto kerakli muammolarni ham torta boshlaydi. Biz goxida “Men maqsad qo‘ydim, men millioner bo‘lishni orzu qilganman, menda esa muammolar paydo bo‘la boshladi, qandaydir kreditlar, bankdan har hil qo‘ng‘iroqlar… Men maqsad qo‘yganmanku, nega hayot menga to‘sqinlik qiladi?” degan shikoyatlarni eshitib qolamiz. Hayot Sizga to‘sqinlik qilmaydi, u Sizga maqsadingiz sari yetib borishingiz uchun zarur bo‘lgan vaziyatlarni hosil qilib beradi. U shunday muamolarni yaratib beradiki, ularni hal qilish orqali Siz ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz. Tortishish qonuni shunday ishlaydi. Unga ishoning! Ushbu qonun quyidagicha: “Hayot Sizga ayni vaqtda zarur bo‘lgan eng yaxshi va kerakli narsalarni beradi”.

Olamning uchinchi qonuni. Bu dunyoda ezgulik va yovuzlik mavjud emas. Biz hamma narsani ezgulik va yovuzlikka, oq va qoraga, to‘g‘ri va noto‘g‘riga, chiroyli va hunukga ajratishga o‘rganib qolganmiz. Aslida esa duneda ezgulik va yovuzlik yo‘q. Dunyoda yorug‘lik va qorong‘ilik mavjud. Lekin qorong‘ilik bu yovuzlik emas, bu yorug‘likning yo’qligi xolos. Qorong‘ilik bu ichimizning, jonimizning, hayotimizning shunday burchaklariki, biz ularga hali yorug‘lik olib kelmaganmiz. Shuning uchun qorong‘ilik bilan kurashishning hojati yo‘q, qorong‘ilikdan qo‘rqish kerak emas, qorong‘ilikka shunchaki o‘zimizning yorug‘ligimizni olib kelishimiz zarur. Masalan, rashk bu qorong‘ilik, dobro-i-zlo-4lekin bu yovuzlik emas, bu gunoh yoki jinoyat emas, bu shunchaki qorong‘ilik, bu insonga yorug‘lik, ya’ni muhabbat yorug‘ligi, mehr yorug‘ligi, dunyoga va o‘z yaqin insoniga nisbatan ishonch yorug’ligi yetishmasligi. Ammo har bir inson ulkan darajada yorug‘lik zahirasiga ega va bu yorug‘lik qalbning har bir burchagi va dunyoning har bir burchagini yoritish uchun yetarlidir. Faqat o‘zimizga shunday vazifa qo‘yishimiz darkor!

Olamning to‘rtinchi qonuni. Xarita bu hudud emas! Tan oling, dunyo bor, mana Sizning ko‘changiz, Sizning shahringiz, Sizning tumaningiz, sizning mamlakatingiz bor va bu tumanning eng batafsil xaritasini tuzish mumkin, hattoki, uch o‘lchamli google map tuzish mumkin, unda Siz har bir daraxtni ko‘ra olasiz, lekin, tan oling, qanday batafsil xarita bo‘lmasin, bu hudud emas, to‘g‘rimi? Harita bor narsaning o‘rnini bosa olmaydi, xarita bu idrok. Huddi shunday qilib, Sizning dunyo haqidagi tasavvuringiz bu dunyo emas. Chunki dunyo bizda bitta, lekin u haqidagi tasavvurlar cheksiz. Ya’ni har bir insonda o‘zining dunyo haritasi, dunyoqarashi, dunyoga qaraydigan ko‘zoynagi, filtri mavjud va azob yoki hursandchilikni, baxt yoki baxtsizlikni Sizga dunyo emas, balki Sizning dunyo to‘g‘risidagi tasavvuringiz olib keladi. Shunga mos ravishda, agar Sizga bu dunyoda nimadir yoqmasa, dunyo beshafqat, nohaq, mantiqsiz deb o‘ylasangiz, dunyoni o‘zgartirish maps-local-search1-ss-1920-800x450kerak, lekin o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydi va shuning uchun baxtsiz bo‘lishim kerak ekan deb o‘ylasangiz xato o’ylayotgan bo’lasiz. Chunki, aslida dunyoni emas, balki Sizning dunyo haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirish zarur. Chunki dunyo rang barang, unda barcha narsa mavjud va barcha uchun kerakli narsalar mavjud. Yaxshilikni istasangiz Sizga yaxshilik bo‘ladi, yomonlikni istasangiz Sizga yomonlik bo‘ladi, istasangiz boylik, istasangiz kambag‘allik, istasangiz yorug‘lik, istasangiz muhabbat, barcha uchun barchasi mavjud: tog‘lar va dengizlar, muzliklar va sahrolar, issiqlik va sovuqlik, chuqurlik va balandlik, nimaki istasangiz, o‘ylab topsangiz, bu dunyoda Siz uchun hamma narsa bor. Shunga mos ravishda Siz qanday dunyoda yashashni tanlashingiz mumkin, azob va baxtsizlikni esa Sizga dunyo haqidagi tasavvuringiz olib keladi. Chunki Siz shunday o‘ylaysiz va shunga o‘zingizni ishontirgansiz. Dunyo yomon, dunyo beshafqat deb hisobladingiz, Siz shunga ishondingiz va bunga “shafqatsizlik ko’zoynagi” orqali qaradingiz. Endilikda Siz tasavvuringizga tasdiq, isbot izlaysiz, chunki bu isbotlarni ko‘rganingizda o‘zingizni juda aqlli his qilasiz, o‘zingizni haq deb o‘ylaysiz. Aslida esa bu unday emas. Bu tasavvur Sizga og‘riq keltiradi. Shuning uchun eslab qoling, Sizning dunyo haqidagi tasavvuringiz bu hali dunyo emas.

Va, nihoyat, olamning beshinchi qonuni. Muhabbat bu qonun va u bugun bu4976h0fo yerdaligimizning sababi. Muhabbat bu dunyodagi eng kuchli o‘zgartiruvchi kuchdir. Dunyoda muhabbatdan kuchliroq kuch yo‘q va uning yordamida istalgan o‘zgarishlarga erishish mumkin. Muhabbat yordamida o‘zimizni, yaqinlarimizni, ishimizni, uyimizni o‘zgartirishimiz, ya’ni muhabbat yordamida hamma narsani o‘zgartirish mumkin. Siz biror narsaga o‘zingizni sof, beg‘araz, shartsiz muhabbatingizni qo‘shsangiz, unda albatta nimadir o‘zgaradi. Biz bu dunyoga sevish uchun kelganmiz va bizning muhabbatimiz dunyoni o‘zgartiradi. Biz o‘zimizni, yaqinlarimizni, ishimizni, o‘zimizning oynadagi aksimizni va boshqa barcha narsalarni, hattoki, derazamiz ostidagi o‘tni, derazamizdan ko‘rinadigan daraxtni sevganimizda, umuman biz sevganimizda, biz bu dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiramiz, uning ranglarini, fizika tilida aytganda, energiyasini va vibratsiyasini o‘zgartiramiz. Men ishonamanki, biz olamga muhabbatimiz bilan dunyoni yaxshilik sari o‘zgartirish uchun kelganmiz va biz hozirning o‘zida bunga yaxshigina erishmoqdamiz. Muhabbat dunyodagi barcha psixologlar, barcha kitoblar, barcha ma’lumotlar, barcha amaliyotlardan muhimroqdir. Agar Siz baxtli bo‘lishni istasangiz, agar bu dunyoni o‘zgartirishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki seving, shunchaki seving va boshqa hech narsa kerak emas, va Sizga boshqa hech qanday amaliyotlar kerak bo‘lmaydi. Men ishonamanki, muhabbat barchamizni qutqaradi.
Mana shunday dunyoning qonunlari! Umid qilamanki, ularni bilish Sizga baxtliroq yashashingizga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

1 ta muhokama

  1. Xadicha shunday dedi:

    Chindan xam inson nimani istasa shunga erisha oladi. Faqat unga sabr kerak.

Fikr bildirish