Omadli bo’lishning 10 ta qoidasi

63bdb2a6-59bc-4ccd-b7c1-1e3878ac99e5Ko’pchilik insonlar “omad” tushunchasiga qandaydir tasodifiy va kimga nasib qilishi noma’lum bo’lga tushunchadek qarashadi. Aslida endilikda dunyoning ko’pchilik mutahasislari tamonidan nega inson omadli yoki omadsiz bo’lishini sababini topib, ilmiy tamondan isbotlab qo’yishdi.

Mutahasislar bir necha ming omadli insonlarni hayotlarini o’rganib chiqishilari natijasida ularni dunyoqarashlari va hatti harkatlarida umumiylik borligini aniqlashgan. Mana shu umumiylik omadli inson ega bo’lishi kerak bo’lgan hislatlar ekanligini isbotlashdi. Shuningdek mutahasislar omadsiz, baxtsiz, qashshoq va bemor insonlarda aynan shu hislatlar umuman yo’qligiga guvoh bo’lishgan.

Omadli, baxtli, so’glom va boy-badavlat inson ega bo’lishi zarur bo’lgan eng asosiy hislatlarni quyida birma bir sanab o’tamiz:

  1. Nima xohlaysiz?

Siz hayotingiz qanday bo’lishini xohlaysiz?  Ko’pchilik omadli va baxtli bo’lishni4471_perestat_dumat_o_rabote_doma xohlayman deb aytadi. Lekin bu so’zlar hech narsani anglatmaydi.  Chunki, inson o’z hayotini har bir sohasida qanday natijaga erishishni  o’zi uchun aniqlab olmaguncha omad va baxt kelmaydi.  Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, siz  nima xohlashingizni bilmasangiz, Ollox ham siz nima xohlashingizni bilmaydi va o’z navbatida  sizga nima berishni ham bilmaydi. Ko’pchilik men baxt va omad so’rayveray, Olloxni o’zi bilib, manga kerakli narsalarni beradi deb o’ylaydi. Lekin, tajribalarni ko’rsatishicha, hayotini 8 ta sohasi (oila, pul, sog’liq va hok.) bo’yicha havas qilsa arzigulik insonlar har bir sohada aynan qanday yutuqlarga erishmoqchi ekanliklarini doim hotiralarida saqlasharkan.

  1. Hayotingiz sizni quvontirishi zarur.

10 ballik baholash tizimi bo’yicha hayotingiz sizni qanchalik qoniqtirishini baholang.

10- bu yetib bo’lmas ideal, 8-9 – bu yetish mumkin bo’lgan ideal holat, 1-7 ayachli holat.

Agar siz qo’ygan baho 1-7 oralig’ida bo’lsa, u holda siz darhol yengingizni shimarib, hayotingizni yahshi tamonga o’zgartirishga harakat qilishingiz zarur.

  1. Orzu – maqsadlaringiz sizni quvontirishi kerak.

Bizni quvontirmaydigan orzu – niyatlar ham bo’ladi. Ular atrof muhitdagi insonlar (ota-ona, ustozlar, o’rtoqlar va hok.) tamonidan miyyaga singdirib qo’yilgan niyatlar bo’ladi.

Agar niyatingiz huddi hozir amalga oshganini tasavvur qilganingizda, siz quvonmasangiz, yani “qani edi shu narsa amalga oshganida,  juda zo’r bo’lardi, juda xohlayman shu narsa bo’lishini” kabi quvonchli hislarni qalbingizda tuymasangiz, demak u niyat sizniki emas. Yani, qalbingizdan chiqqan va aynan sizga tegishli orzu-havas emas.

  1. Hayotdan bahra olib yashash kerak.

rain-joy1Sizni o’zingizdan boshqa hech kim sizni nima quvontirishni bilmaydi. Hayotingizdagi kichik bir ishlardan quvonishni o’rganing. Hayotingizdagi salbiy voqiyalar sonini emas, omadli yakunlangan  ishlar sonini hisoblang va ular uchun yaratganga har gal shukr ayting. Buning uchun katta bir quvonchli hodisa bo’lishi shart emas. Siz toza havodan, g’o’zal tabiyatdan, yeyayotgan taomingizdan, qilayotgan ishingizdan yoki boshqa kichik bir ishlardan quvonishni o’rganishingiz kerak.

  1. Kuling!

Kulgu va omad orasidagi bog’liqlikni ilohiy hodisa desa ham bo’ladi. Lekin, hayotda doim kulib yuradigan insonni hamma yahshi ko’radi, oldiga talpinadi, gaplashgisi keladi va bunday odamlar hammani kayfiyatini ko’tarishadi. Shuning uchun bunday inson niyatiga yetishi, kerakli tanishlarni ortirishi, atrofida hamfikr insonlarni yeg’ishi, atrofdagilar bilan kelishish va insonlar qo’llab – quvvatlashiga erishish ehtimoli ancha yuqori bo’ladi.

  1. Orzu va maqsadlaringiz ko’p bolishi kerak.

Niyatlar soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha ularni amalga oshishi tezroq bo’ladi. Ko’pchilik biror narsani orzu qiladi va u narsaga yetishish yo’lini o’ylaganda, “Rosa qiyin ekan, qancha narsani qilish kerak ekan” digan holda bu niyatdan voz kechadi. Man uchunmas deydi. Lekin bu ishni hech qachon qilish kerak emas. Boshida yetishish yo’lini o’ylash kerak emas, u niyatni xohlashda davom etaverish kerak va ollox o’zi yo’l ko’rsatadi va niyatingiz amalga oshadi.

Agar sizda juda ko’p orzu-niyatlar bo’lsa, barchasi shahsan sizga tegishli bo’lsa va siz ularni amalga oshishiga ishonsangiz, natijada sizda hayotdan mamnunlik va bahtiyorlik paydo bo’ladi. Hayotda quvonib yashaydigan inson esa albatta omadli va bahtli insonga aylanadi. Har sohada omadi keladi va orzulari tez, oson va hech qanday qiyinchiliklarsiz, yo’l-yo’lakay amalga oshadi.

  1. Orzu – niyatlarni kalla orqali emas, tana orqali tanlash kerak (Xa refleksi).

Agar orzu – niyat ong orqali tanlanadigan bo’lsa, inson hamma qiladigan orzularni o’ylab topadi. Shuning uchun o’zingizga quloq soling. Orzularingizni tekshiruvdan o’tkazing: o’rningizdan turib, ko’zingizni yuming va qo’lingizni ko’ksingizga qo’ying. Orzuingiz obrazini tasavvur qiling. Tanangiz bu niyatga qanday javob qaytarmoqda. Agar siz ichki quvonchni, kuchingiz ko’payganini va tanangiz “Xa…Xa…Men buni xohlayman!” deb aytsa, demak bu sizni qalbingizdan chiqqan asl niyatingiz xisoblanadi. Aks holda bu niyat boshqalar tamonidan ongingizga singdirib qo’yilgan orzu-havaslar hisoblanadi. O’ylagan obrazingizga tanangizni ijobiy javobi “Xa refleksi” deb ataladi.

  1. Qattiq xohlash mumkin emas.

Bu hayot qonuni. Agar biror narsani qattiq xohlasangiz, uni amalga oshish ehtimoli ancha kamayadi. Shunday bo’lmasligi uchun niyatlar soni ko’p bo’lishi kerak. Agar niyatlar soni 100 dan ortiq bo’lsa, inson hech qaysi birida unday qattiq tashvishlanmaydi. Chunki kishini barcha kuch va e’tibori o’sha 100 ta niyatga bo’linib ketadi.

  1. Hayot bu – o’yin maydoni.

Hayotga yengil munosabatda bo’lishga o’rganing. Hayotingizga havf solmaydigan har qanday voqiya, hodisa yoki obyekt sizga hayotdan lazzatlanish, rivojlanish, o’zligingizni namayon qilish va turli ro’llarda “o’ynab” ko’rishingiz uchun beriladi. Hayotda bo’layotgan barcha hodisalarga o’yindek qarash kerak. Agar o’ynayotgan o’yiningiz yoqmasa, sizda bu o’yinni tugatish va boshqa o’yinni boshlash imkoniyati bor.

Kundalik hayotni mayda-chuyda ishlariga jiddiy qarashlik stress, charchoq, tushkunlik va boshqa ruhiy muommolarga olib keladi. Ko’pchilik hayotiy muhim va ikkinchi darajali ishlarini bir-biridan ajrata olishmaydi va hammaga hayotni qiyinligi haqida jar solishadi. Hayotiy muhim ishlar – bu insonni yer yuzida yashab qolishi va havfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar. Masalan, organizmga kerakli ozuqa moddalari bilan oziqlanish, sog’liqni asrash, kasallikni davolash, havfsiz yashash sharoitini ta’minlash, inson hayotiga tahdid solayotgan omillarni bartaraf etish va hokozo. Qisqasi, bu ishlarni ma’lum vaqt qilmasa, inson hayotdan ko’z yumishi aniq. Bu ishlarni har kim qilishga majbur. Qolgan barcha ishlar esa, ikkinchi darajali ishlar hisoblanadi va inson bu ishlarni qilishga mutlaqo majbur emas. Yani, inson bu ishlarga huddi o’yindek qarashi kerak. Masalan, turmush qurish o’yini, bola tarbiyalash o’yini, ko’proq pul topish o’yini va hokozo.

  1. Hech qachon faqat birgina ish bilan shug’ullanmang.

Har doim har qadamingizda bir o’q bilan ikki quyonni uring. Bir vaqtda kamida 2 ta niyatingizni amalga oshirishga harakat qiling. Shunda niyatlaringiz tezda amalga oshadi va bu narsa o’z navbatida hayotingiz yanada quvonchli, omadli va baxtli bo’lishiga olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

25 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Bir oq bilan ikita quyon otish aumat keltir mas ekan men shunday qilshga xarakat qildim lekin meni xayot batman yoqotmaqchi edi uzimcha shunday fikir qilib qoy dim xama vaqit aumat kelavermaydi ekan ming xarakat qilsang xam uzi xudaym istamasa bermaydi aumatni

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Hudo biz omadli va bizni hayotimiz jannatiy bo’lishini xohlaydi. Buning uchun ollox doim bizni to’g’ri yo’lga boshlashga harakat qiladi. Insonga omad kulib boqmasligi bu – buning uchun noto’g’ri ishlarni qilib, kerakli ishlarni qilmayotganidan darak beradi. Buning uchun dinimizda ham diniy, ham dunyoviy ilmni egallashga boshlanganligi bejizga emas.

      • Anonim shunday dedi:

        Ochig’ini aytganda, men nimani orzu qilsam, bariga erishganman, erishyapman… Omad meni soyamdek yonimdadek. Negadir menda har gal yangi orzu paydo bo’lsa, go’yoki u azaldan menga tegishli bo’lganu men esa uni endi topib olgandek, men o’sha orzuim ro’yobini sohibasidek his qilaman o’zimni. Oilamdagilarga har gal biror yangi orzuim haqida aytganimda, ular orzuim yo’lidagi mashaqqat va to’siqlar, qiyinchiliklar haqida aytishadi. Lekin, men negadir doim biror orzuim haqida o’ylasam, unga erishish yo’lidagi mashaqqatlar emas, unga allaqachon erishib bo’lganligimni his qilaman. Xatto, hayotda o’zimni orzuimga erishib bo’lgandek tutsam yaqinlarimga xatto hayolparastdek tuyilgan paytlarim ham ko’p. Meni ular tushunishmaydi yoki men chindan g’alati o’z olamdaman deb o’ylab qolaman ba’zan… Axir nima qilay, nima orzu qilsam o’sha narsa men u.n, men esa o’sha narsa u.n yaralgandek his qilaversam?!

        • Dilshod Hakimov shunday dedi:

          To’g’ri qilasiz. Hamma sizdan o’rnak olishi kerak. Sizdek insonlarni rus tilida “Дастигатор” deb atashadi. Yani “maqsadlariga oson erishuvchi inson”. Mutahasislarni takidlashicha inson aslida biror narsani o’ylashi bilan tezda amalga oshadigan qobilyat bilan yaratilgan ekan. Lekin insonning maqsadni amalga oshishiga bo’lgan ishonchsizligi, ikkilanishi, qo’rqishi, uyalishi va boshqa hissiyotlari sabab amalga oshishi kechikishi yoki umuman amalga oshmasligiga sabab bo’lar ekan.

  2. madina shunday dedi:

    hayotda faqat oldinga intilish kerak

  3. Mahliyo shunday dedi:

    Asabni qaday tinchlantirish mumkin

  4. SUNNATXO'JA shunday dedi:

    hayotda inson ozi harakat qilmasa olloham unga omad bermidi manimcha

  5. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum.Dilshod aka!sog’liqlariz yaxshimi.savolim shundan iboratki,man biron narsaga erishni xoxlab ish boshliman.ammo 1-2marta mag’lubiyatga uchrab tezda taslim bo’lamanu qo’l siltiman.bu narsa notog’ri ekanligini bilamanu,ammo o’zimni qo’lga olishim biroz qiyin bo’ladi.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Birinchidan, bu sizni maqsadingiz bo’lmasligi mumkin. Chunki, inson boshqalar tamonidan ongga singdirib qo’yilgan maqsad tamonga harakatlanganda unga nisbatan tezda qiziqish yo’qotadi. Ikkinchidan, inson biror maqsad tamonga harakat qilganida ilohiy olam tamonidan o’sha inson haqiqatdan ham shuni xohlashi sinab ko’riladi. Bunda u insonga turli qiyinchiliklar beriladi. Agar kishi shu qiyinchiliklardan muvoffaqiyatli o’tib olsa, maqsadiga etadi. Hayotning bu qonuniyati mutaxassislar tamonidan tekshiruv va tajribalar asosida isbotlangan.

  6. Ulug'bek shunday dedi:

    Siz 100% haqsiz.man buni bugun angladim.chunki hech qachon orzularimga sizni maqolazdagi kabi bor qalbim va tanam bilan talpinmagan ekanman”xa refleksi”daka.bular shunchaki boshqalar tomonidan miyamga ornashib qolgan niyatlar ekan.22 yoshdaman.maktabni,undan so’ng ko’llejni bitirdim.to shu paytgacha kim bo’lishim va qalbim nimani orzu qilishini bilmagan ekanman.to’g’ri tasviriy sanat bilan shug’ullandim 5 yilcha.va rassom bo’laman derdim.lekin bu mani rassom o’qituvchim miyamga quygan gaplarining ta’siri ekan.sizda ham shunday holat bo’lganmi?bunday holatda siz nima qilgansiz?

  7. Ulug'bek shunday dedi:

    Bundan tashqari ko’p ish joyimni almashtirdim.hozir esa uydaman.ishga pul ishlash uchun kiraman. yuqori maoshli ishga ham kirgan kunim ham bo’ldi,ishlamay ishni tashladim.bilasizmi,man hech qachon pulga qiziqmaganma to’g’risi.balki g’alati tuyular,ammo pul maning uchun shunchaki zaruriyatdek.man ishni o’zi qiziqarli bo’lishini,o’rganishni hohliman.odamlar qanday qilib faqat pul uchun ishlaydi?pul topish uchun ishliman deymanu,pul haqida o’ylasam go’yo majburdek ishliman.hammaning nazdida man epsiz va dangasaman.bu holat jonga tegdi.etingch bu xolat nima qilishim zarur? Pulga qiziqishimni qanday kuchaytirsam bo’ladi?

  8. Ulug'bek shunday dedi:

    Javobiz uchun rahmat.sizni kirib kelayotgan yangi yili bilan tabrikliman.sizga mustahkam sog’lik,oilaviy baxt va eng asosiysi karyeangizda muvofaqqiyat tiliman.nimaniki niyat qilgan bo’lsangiz shunga erishing.

  9. Ulug'bek shunday dedi:

    Man ko’p mashhur odamlarni hayotini o’rgandim.taniqili ingliz adibasi Joan Rouling,boshlovchi Opra uinfri va Bill geyts va boshqalar.ular hech qachon boylik yoki shon shuxrat haqida o’ylashmagan ekan.ular faqat hayotda o’z ornini topishni va sevimli kasbi bilan shug’ullanishni hohlashgan ekan.

  10. Xadicha shunday dedi:

    Assalomu Aleykum Dilshod aka, ishlariz yaxshimi?
    100 ta orzuni qanday qilib o’ylash mumkin?
    Qattiq xohlash mumkin emas.
    Bu hayot qonuni. Agar biror narsani qattiq xohlasangiz, uni amalga oshish ehtimoli ancha kamayadi. Shunday bo’lmasligi uchun niyatlar soni ko’p bo’lishi kerak. Agar niyatlar soni 100 dan ortiq bo’lsa, inson hech qaysi birida unday qattiq tashvishlanmaydi. Chunki kishini barcha kuch va e’tibori o’sha 100 ta niyatga bo’linib ketadi.
    Orzu va istaklarni xayolda o’ziniki qilib o’ylash qattiq o’ylash emasmi?
    Iltimos shularni tushuntirib bersangiz.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu alaykum! 100 ta niyatni hammasini o’ylash kerak emas. Eng muhim bo’lgan bir nechtasi haqida o’ylash kerak. Qolganlarini shunchaki ro’yhatini tuzib qo’yish kerak.

  11. Rizamat shunday dedi:

    Agar Maqsad Katta Mablag’ Talab Qilsa Unga Qanday Erishish Mumkin

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Albatta erishish mumkin. Buning uchun maqsadga erishish yo’li haqida o’ylash kerak emas. Shunchaki o’sha maqsadni xohlashda va hozir amalga oshgadek tasavvur qilishda davom etish kerak.

  12. BEK BOLA 9797 shunday dedi:

    Dilshod aka hayotdan doim mamnun bo’lish uchun nima qilish kere qanday maslahat berasiz

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Buning uchun birinchi navbatta miyyada saqlanib qolgan salbiy ruhiy kechinmalarni tozalash kerak. Chunki ular hayotni go’zalligini va insonga berilgan imkoniyatlarni ko’rishga halaqit beradi. Ikkinchidan oldingizga ko’plab maqsadlar qo’yishingiz kerak. Ular boshqalar tamonidan miyyangizga singdirilgan maqsadlar emas, aynan sizni quvontiradigan maqsadlar bo’lishi kerak.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.