Omadli inson egoist bo’lishi kerakmi?

O’quv kursim ishtirokchilaridan biri yaqinda menga “Aka men sizni o’quv kurslaringizdan keyin egoist bo’lib qolyapman, yani faqat o’zini o’ylidigan odam bo’lib boryapman. Bu yaxshimi?” degan savolni berdi. U insonga bergan javobimni hamma bilan ulashishga qaror qildim. Jamiyatimizda o’zini o’ylidigan insonga nisbatan salbiy qarash borligi haqiqat. Chunki bunday insonni hech kimga foydasi tegmaydi deb o’ylashadi. Lekin, boshqa tamondan olib qarganda atrofdagi insonlarga eng katta foydani aynan o’shanday insonlar keltirishadi.

Nega undayligini tushuntirib berishga harakat qilaman:

Avval baxt nima o’zi degan savolga javob bersam. Bu tushunchani hamma har hil tariflaydi. Lekin uni yagona ilmiy tarifi mavjud:

 Kayfiyatni ko’taradigan kichik kichik quvonchli voqiyalar yeg’indisi – baxt diyiladi.

Inson qachon quvonadi? Albatta o’zi xohlagan ishlar bo’lganda va o’ziga yoqadigan ishlarni qilgandagina quvonadi. Baxtsizlikni ham yagona ilmiy tarifi bor:

Kayfiyatni buzadigan kichik kichik vaqiyalar yeg’indisi – baxtsizlik diyiladi.

Insonni kayfiyati qachon buzuladi? Albatta o’zi xohlamagan voqiya bo’lganda yoki o’ziga yoqmaydigan ishlani qilishga majbur bo’lganda kayfiyat buzuladi.

Bundan hulosa qilib aytish mumkunki, baxtli inson bu  faqat o’zi xohlagan va o’ziga yoqadigan ishlarni qilib yuradigan insondir. Lekin bu mulohazadan keyin siz, ha to’g’ri aytasiz, bunday inson baxtli yashaydi, lekin hech kimga baxt berolmaydi dersiz. Lekin bu gap ham noto’g’ri deb o’ylayman. Nega noto’g’ri ekanligini quyidagi savolimga javob bergandan keyin tushunasiz:

Jamiyatda inson boshqa insonga keltirishi mumkin bo’lgan eng katta foydasi nima?

Meni fikrimcha, istalgan insonni boshqa insonga qiladigan eng yaxshi ishi bu bir birini baxtli qila olishi yoki hayotda baxtli bo’lishiga o’z yordamini bera olishidir. Shunday ekan, aytingchi, baxtni kim ulasha oladi? O’zi baxtli bo’gan insonmi yoki baxtsiz insonmi?

Menimcha albatta o’zi baxtli bo’gan insongina boshqa insonga baxt nima ekanligini ko’rsata oladi. O’zi baxt nima ekanligini bilmagan inson qanday qilib, boshqa insonga baxt bera oladi. Misol uchun, biror bir narsani o’rganmoqchi bo’lgan inson, albatta o’sha ishni ustasidan maslahat oladi. Hech bo’lmasa o’sha insonni oldida yurib, qiladigan ishlarini ko’rib, o’rganib yuradi.

Bulardan hulosa qilib shuni aytish mumkinki, faqat o’zini o’ylidigan insongina boshqalarga eng katta foydani keltira oladi. Chunki bunday inson o’zini baxtli his qilgani uchun ham boshqalarga baxt ulasha oladi. Bunday inson o’zidan baxt nurlarini taratadi.

Sizda yana bir o’rinli savol tug’ulishi mumkin:

Oilaviy munosabatlarga bu fikringiz to’g’ri kelmaydiku?

Chunki, oilada er faqat o’zini o’ylasa, ayol o’zini o’ylasa, farzandlar ham faqat o’zini o’ylasa, qanday qilib bir birini baxtli qila oladi?

Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni aytishim mumkin. Inson yaratgan zot tomonidan bir biriga bog’liq qilib, bir birisiz yasholmaydigan va bir biriga g’amxo’rlik qilmasdan yasholmaydigan qilib yaratilgan.

Shunday ekan, har qanday erkak ayolini baxtli ko’rmagunicha o’zi to’liq baxtli bo’la olmaydi. O’z navbatida har qanday ayol ham erini baxtli ekanligiga ishonch hosil qilmaguncha o’zini baxtli his qilmaydi. Farzandlar ham shunday. Farzandar ham ota onasini baxtli qilishni hayotdagi oliy maqsadi deb biladi. Bundan mustasno bo’lgan insonlar esa, albatta baxtsiz insonlardir. Ular o’zini o’ylidigan insonlar emas, ular shunchaki o’zlarini baxtli his qilolmaganlari uchun ham birovga qanday qilib baxt berishni bilishmaydigan insonlardir. Har qanday inson faqat qo’lidan kelgan ishni qila oladi. Ruhan azoblangan inson ham, faqat boshqalarga azob berishni biladi halos. Lekin ularni yomon ko’rish kerak emas. Ular yomon insonlar emas, ular shunchaki bemor insonlar. Men, psixiatrlar davolaydigan va o’z hatti harakatiga javob bera olmaydigan kasallarni emas, psixolog davolaydigan va o’z hatti harakatiga javob bera oladigan qo’shtirnoq ichidagi “kasallar” ni nazarda tutyapman.

Yozganlarimni tushundingiz deb o’ylayman. Agar qandaydir savol va mulohazalaringiz bo’lsa, bemolol yozib qoldirishingiz mumkin.

Sizga ulkan baxt va omadlar tilab qolaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

Fikr bildirish