Omadli insonlarning asosiy siri nimada?

2017-05-03_142445Bundan 10-15 yil avval rossiyalik psixologlar omadli insonlar ustida tajriba o’tkazishdi. Tajribada 2000 ga yaqin insonlar ishtirok etishdi. U insonlar o’zlarini hamda atroflaridagi yaqin insonlari fikrlari bo’yicha hayotlarini 8 sohasi  bo’yicha hayotlari havas qilishga arzigulik insonlar bo’lishgan. Tajribani maqsadi omad sirini topish bo’lgan. Chunki, tarjibani o’tkazgan mutaxassislar nega kimlargadir omad kulib boqadiyu, kimlarnidur butun umrlik orzulari amalga oshmasdan orzu va armon ko’rinishida saqlanib qoladi degan savolga javob berishni maqasad qilishgan. Tajribada qatnashgan insonlarning barchasi badavlat, oilaviy baxtga erishgan, sog’lom, doim quvonib yuradigan va orzulariga qisqa vaqt ichida juda osonlik bilan erishuvchi insonlar bo’lishgan. Mutaxassislar ularni hayotlari, turmush tarzlari, odatlari, dunyoqarashlarini sinchiklab o’rganib chiqishlari natijasida ularni barchalarida umumiylik borligiga guvoh bo’lishgan. Shuningdek mana shu umumiy belgilar aynan omadsiz insonlarda yo’q ekanligiga va bu hislatlatlarni insonlar hayotlariga tadbiq etishlari natijasida qisqa muddatda ularga omad kulib boqqani isbotlangan. Shundan so’ng rus tilida “Дастигатрство” deb ataluvchi ilmga asos solingan. “Дастигатрство” so’zini o’zbek tiliga “maqsadlarga yetish ilmi” deb tarjima qilish mumkin. Mutaxassislar hulosalariga ko’ra, omadli va baxtli insonlarni omadsiz va baxtsiz insonlardan ularni dunyoqarashlaridagi keskin farq ajratib turar ekan. Dunyoqarashlari boshqacha bo’lgandan keyin ularni odatlari, turmush tarzlari va o’z navbatida hayotlari ham boshqacha bo’lishiga olib keladi.

Qanday dunyoqarashga ega bo’lish kerak?

Omadli insonlar o’z hayotiy ehtiyojlarini 3 ta turga bo’lishadi:

  1. Havfsizlikga bo’lgan ehtiyoj;
  2. Yashab qolishga bo’lgan ehtiyoj;
  3. O’yinga bo’lgan ehtiyoj.

Havfsizlikga bo’lgan ehtiyoj deganda, jonlariga ziyon yetishi mumkin bo’lgan narsa, voqiya, hodisa va insonlardan himoyalanishga bo’lgan ehtiyoj nazarda tutiladi. Masalan, agar inson yashayotgan hududda urish ketayotgan bo’lsa, yoki u inson biror jinoyatchi qo’liga tushgan bo’lsa, bir so’z bilan aytganda hayot uchun jiddiy havf tug’uilgan bo’lsa, unday insonni havfsizlikka bo’lgan ehtiyoji qondirilmagan hisoblanadi.

Yashab qolishga bo’lgan ehtiyoj deganda, inson yashab qolishi uchun zarur bo’lgan narsalar bilan ta’minlanganligi tushuniladi. Masalan kundalik ovqat, suv, kiyim va boshqalarni nazarda tutish mumkin. Ularni miqdori inson yashab qolishi uchun yetarli bo’lgan hajmda bo’lsa, bu ehtiyoj qondirilgan hisoblanadi. Agar ularni miqdori ma’lum vaqtdan keyin inson o’limiga olib keladigan darajada kam bo’lganda bu ehtiyoj qondirilmagan hisoblanadi.

Omadli insonlar faqat shu 2 ta ehtiyojga jiddiy qarashadi. Bundan boshqa barcha2017-05-03_143100 ehtiyojlar va ularni qondirish yo’lidagi harakatlarni “O’yinga bo’lgan ehtiyoj” deb hisoblashadi. Ularning asosiy shiori “Hayot – bu o’yin”. Yani ular hayotga yengil qarashar ekan. Mutaxassislar inson hayotga qanchalik jiddiy qarasa, uning omadlilik darajasi shunchalik past bo’lishini aniqlashgan. Omadsiz insonlar uchun masalan, imtixondan a’lo baxo olish yoki katta lavozimli joyni egallashga o’xshagan ishlar huddi birinchi 2 ta ehtiyojning muhimlik darajasidek bo’ladi. Bu yo’lda har qanday to’siq yuz berganda omadsiz insonlar huddi hayotlariga tahdid solinganda asabiylashgandek asabiylashadilar. Insonlardagi asabiylikning asosiy sabablaridan biri ham hayotdagi voqiya-hodisalarga jiddiy qarashdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Без рубрики.

2 ta muhokama

  1. Xadicha shunday dedi:

    Nimaga yaxshi narsalar haqida kam o`ylanadiyu, yomon narsalar xuddi miyaga singdirilganday ko`p vaqt miyada turadi?
    Doim yaxshi narsalar, yaxshiliklar, orzular xaqida o`ylab yurish uchun, hayotda doim quvnoq , xursand bo`lib yashash uchun nima qilish kerak?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Ko’pincha o’zimizga yoqmagan narsalar bo’lganda biz kimdandir hafa bo’lamiz yoki nimadandir g’azablanamiz. Inson organizmi shunday tuzilganki, bunday holda bu hodisani yahshi tamonga o’zgartirish uchun organizmda qo’shimcha quvvat paydo bo’ladi. Ko’pchilik bunday holda buni o’zgartirish uchun harakat qilmaydi. Masalan kimdir sizga yoqmagan biror ishni qildi, lekin, shu vaqt siz unga bu harakati yoqmaganligini aytishdan uyalasiz, yoki u kishidan qo’rqasiz yoki foydasi yo’q deb o’ylaysiz. Yoki, yana misol, o’zingizdagi biror narsa sizga yoqmasligi mumkin: tanangiz yoki qaysidir hislatlaringiz. Lekin siz buni o’zgartirishga harakat qilmaysiz. Natijada bularni o’zgartirish maqsadida berilgan organizmdagi quvvat ishlatilmasdan, tanada yeg’ilib boradi. Shu jumladan ruhiyatda ham saqlanib qoladi. Natijada salbiy voqiyalar haqida ma’lumot miyyaga o’rnashib oladi. Yahshi narsalar bo’lib, kayfiyat ko’tarilganda ham organizm tamonidan qo’shcha quvvat beriladi. Lekin buni ko’p hollarda biz ishlatib yuboramiz. Kulamiz, rahmat aytamiz, osmonga sakraymiz, birovga bu haqda aytamiz va hokozo. Natijada buning uchun berilgan quvvat tanada yeg’ilib qolmaydi va o’z navbatida bu haqdagi ma’lumot ruhiyatda ham saqlanmaydi. Yamon narsalar haqida o’ylamaslik uchun ularni miyyadan tozalash kerak. “Yangi hayot” nomli o’quv kursda aynan shudanay miyyaga o’rnashib qolgan salbiy ruhiy ma’lumotlarni tozalash o’rgatiladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.