Omadli insonlarning 14 siri

Business - group of businesspeople posing for group photo in office showing thumbs up

1. Kulib yuring. Omad kulib yuradigan insonlarni yaxshi ko’radi. Agar siz omadli inson bo’lsangiz, sizga kerakli miqdordagi pul o’z-o’zidan oson yo’l bilan keladi, kerakli odamlar yo’lingizda uchraydi, lavozimingiz oson ko’tariladi, o’zingiz yoqtirgan va xohlagan joylarda sayohat qilasiz.
G’amgin yuz insonni omad va farovonlikdan uzoqlashtiradi. Shuning uchun ertalab uydan ko’chaga chiqayotganingizda oynaga qarab yaxshi kayfiyat bilan kulib chiqib keting.
2. Xayotda o’z oldingizga maqsadlar qo’ying. Va bu maqsadlar sizni albatta quvontirsin. Agar maqsadlaringiz sizni quvontirmasa demak u sizniki emas, kimdir tamonidan sizga singdirilgan bo’ladi. Bunaqa maqsadlardan voz kechish kerak. Chunki xayotda eng qimmatli va qaytarib bo’lmaydigan vaqtingizni yo’qotayotgan bo’lasiz. Inson o’z maqsadlarini o’ylaganda, amalga oshirayotganda bir olam shodlik his qilishi kerak, uni maza qilib bajarishi kerak.
3. Maqsadlar ko’p bo’lishi kerak. Menga insonlar o’z muammolari bilan, maslaxatlar berishim uchun murojaat qilganlarida men ularga birinchi galda orzu va maqsadlarini yozib chiqishlari kerakligini aytaman. Ko’pchilik insonlar afsuski 3, 7, 10, 12 orzu-maqsadlarini yozgandan keyin yana nima yozishlarini bilmay, o’ylanib qolishadi. Xayotda ko’p narsalarni xohlash kerak, agar kam narsani xohlasangiz omad kulish ehtimolligi ham shunchalik kam bo’ladi. Orzu – maqsadlaringiz, intilish, niyatlaringiz 10, 100, 1000 ta va undan ko’p bo’lishi kerak. O’shanda xayotda yashashingiz oson buladi, qaysi yo’lni, qaysi joyni tanlamang xamma joyda sizni imkoniyat, orzu-niyatlaringiz kutib turgan bo’ladi, axir siz uni xohlagan bo’lasizda.
4. Orzu-maqsadlarni «XA» refleksiga moslab tanlash kerak. «XA» refleksi – bu nima? Siz o’z xohlagan narsangizni sizda borligini, erishganinigzni tasavvur qilganingizda “men buni xohlasam kerak, menda bo’lsa yaxshi bo’lsa kerak” deb emas, «XA» «XA» «XA» men buni xohlayman deb xursand bo’lib, ich-ichingizdan quvnab bajarishingiz kerak. Mana shuni “XA” refleksi deb ataladi. Agar maqsadlaringizda «XA» refleksi ishlasa xech nimadan tap tortmay olg’a intilasiz, zerikish, erinchoqlik bo’lmaydi. Agar maqsadingiz birovlar yani, ota – onangiz, raxbaringiz, qo’l ostinigzda ishlaydiganlar, turmush o’rtog’ingiz, bolalaringiz, qarindoshlaringiz tamonidan yoki boshqa kimdir tamonidan singdirilgan bo’lsa, bu sizning maqsadingiz emas. Agar o’zingizning maqsadingiz bo’lsa hali erishmagan bo’lsangizda o’sha maqsadni tasavvur qilgangizdayoq maza qilasiz, yerdan ko’tarilib parvoz qilayotganday o’zingizni yengil sezasiz. Bu sizga katta quvvat va motivatsiya beradi.

Portrait Of Happy Young Couple Sitting On Floor Looking Up While Dreaming Their New Home And Furnishing

Hayotdan nimalarni xohlaysiz? Agar hayotda maqsadlaringiz kam bo’lsa va bu maqsadlar o’zingizniki bo’lmasa maqsadlaringizni ro’yobga chiqarish juda qiyin bo’ladi. Chunki ularni amalga oshirish uchun o’zingizda kuch topa olmaysiz, baxona va to’siqlar topilaveradi, keyinga qoldirishlar, danagasaligingiz oshadi va xatto ertalab o’rningizdan turgingiz xam kelmaydi. Agar aksi bo’lsa siz zavqlanib amalga oshirasiz, xatto charchoqni xam sezmay uxlashga xam vaqt topa olmay qolasiz, to’xtagingiz kelmay sevimli ishingizni davom ettiravergingiz keladi. Uni tezrok oxiriga yetkazib natijasini ko’rgingiz kelaveradi.
5. Kuchli xohlash kerak emas. Omadli insonlarda maqsadlarni tanlashda «XA» refleksidan tashqari yana bir qoida mavjud. O’sha maqsadni judayam kuchli xohlash kerak emas. Haddan oshiq kuchli xohlash maqsadni buzadi. Agar judayam shu maqsadga erishishni xohlasangiz siz zo’r berib chiranasiz, bu bilan omadni o’zingizdan yiroqlashtirasiz. Agar xohishingiz o’ta kuchli bo’lmasa o’sha maqsadingiz amalga oshmay qolsa xam ko’ngilingiz cho’kmaydi va mayli bunisi bo’lmasa boshqa ish bilan shug’ullanaman deb o’zingizni tezda chalg’itib va tiklab olasiz. Har bir qilayotgan ishingizga, maqsadingizga bu o’yin deb qarang, jiddiy qaramang, chunki agar jiddiy qarasangiz asabiylashasiz, asabiylashgandan keyin salbiy fikrlar o’z-o’zidan kelib chiqadi, bilasizki salbiy fikrlar omadsizlikka olib keladi, qarabsizki nimaga qo’l urmang xammasi oxiri natijasiz tugaydi.
Inson xotirjam bo’lishi kerak, o’shanda barcha maqsadlariga oson erishadi. Va yana shuni esda saqlangki bitta orzuni juda ko’p, to’xtovsiz o’ylab yurib bo’lmaydi, o’yladingiz, xoxladingiz va uni unuting, ya’ni xotirangizning bir chekkasiga saqlab qo’ying xuddi sandiqchaga solib qo’ygandek, xayotning o’zi qulay sharoit va fursat bo’lganda o’zi sizga eslatadi.
6. O’zingizni aldamang. Sizni zavqlantirmayotgan va quvontirmayotgan hayotga, ishga ko’nikib yashamasligingiz kerak. Masalan, xammasi yaxshi, menga bu ish yoqayapti deb o’z-o’zini aldash yahshi emas. Bunaqa xayot depressiyaga, tushkunlikka, hayotdan to’yishga olib keladi. Bu sizga hayotingizda nimadir yomon va yoqimsiz ish bo’layotganligi, noto’gri yo’ldan ketayotganligingizdan belgidir. Buni inobatga olmay tanangiz qarshiligiga bosim o’tkazsangiz bu albatta sizda ertami kechmi biron bir psixosomatik kasallik sifatida yuzaga chiqadi. Masalan: bosh og’rig’i, arterial bosimning ko’tarilishi, arterial qon tomirlarining yorilishi va boshqa ko’plab son sanoqsiz kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Kasallik kelib chiqishining sabablaridan biri bu, shu yoqimsiz holatdan qochish xisoblanadi. Omadli va baxtli odamlar kasal bo’lmaydilar chunki ular hayotlaridan mamnunlar, yaxshi ko’radigan insonlari bo’ladi, sevgan kasblari, o’zlari yoqtirgan joyda va sharoitda yashaydilar.

7. O’zgartirish kerak. Agar hayotingiz sizga yoqmayotgan bo’lsa, quyidagilarni qilish kerak:

1.  Anglab yetish. Yani, o’sha yoqtirmayotgan narsani nimaligini bilish: Masalan, ishingiz, ko’shningiz, sharoit, joy, munosabat.
2.  Tushunish. Yani, shu narsani o’zgartirish kerakligini tushunish va bunga zarurat sezish.
3. O’zgartirish. Tushunib, qabul qilib bo’lgandagina o’zgartirishga tayyor bo’lasiz. Masalan, buning uchun kitoblar o’qisiz, kurslarga borib, psixologga murojaat qilasiz, shu muammolarni yechimini topadigan treninglarga borasiz va hokozo. Shunday qilib, o’z muammolaringizni yechimini topishga intilasiz. Masalan: Spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan inson kuniga 1 shisha aroq ichish normal holat deb tushunar ekan u insonni bundan halos qilib bo’lmaydi.

Shunday qilib, xulosa qiladigan bo’lsak muammolardan qochib bo’lmaydi. Hozircha menga bu holat yoqmayapdi, meni bu narsa zavqlantirmayapdi, lekin, men buni o’zgartira olaman va bu mening qo’limdan keladi deyishingiz kerak. Agar bu holatni shunday qoldirsangiz yoki yon atrofdagi insonlarni bunda ayibdor deb topsangiz omadsiz odamning ishini qilgan bo’lasiz. Omadsiz insonlar o’z hayotidan noliyveradilar, ularni xech narsa zavqlantirmaydi, ularning xayotida xamma narsa qiyinchilik bilan amalga oshadi. Menimcha bunday insonga aylanib qolishni xohlamasangiz kerak. Hayotda har bir inson yengil hayot kechirishni, hursand bo’lib, zavqlanib yashagisi keladi. Hayotda bizdan faqat baxtli damlar qoladi, shuning uchun hayotga yengil va o’yinga qaragandek qarash kerak. Bizning hayotimiz bu o’yin, faqat 2 holatdagina hayotga jiddiy qarashimiz kerak. Bular: joningizga tahdid solinayotgan paytida va hayotiy muhim, yani ularni qondirilmasligi o’limga olib keladigan ehtiyojlarni qondirish vaqtida. Qolgan holatlarga esa qiziq o’yin o’ynayotgandek qarang, chunki qolgan narsalar insonga hayotda zerikib qolmasligi uchun berilgan.

8. Maqsadlar ro’yhati. Hamma ishlaringiz yaxshi ketishi uchun maqsadni to’g’ri qo’yish kerak. Buning uchun orzu-maqsadlar ro’yhatini tuzish kerak bo’ladi.
9. Yo’llar ko’p bo’lishi kerak. Biron bir maqsadga erishmoqchi bo’lsangiz uni amalga oshiradigan, maqsadga olib boradigan yo’llaringiz, usullaringiz ko’p bo’lishi kerak, ya’ni A dan tashqari B yo’l, eng kamida 2 ta yo’lga ega bo’lishingiz kerak. Birinchi yo’l amalga2017-07-03_173514 oshmay qolsa, ikkinchi yo’l bilan ikkinchi yo’l amalga oshmay qolsa, uchinchisi bilan amalga oshirish kerak. Agar amalga oshirish yo’llari ko’p bo’lsa siz qayg’uga botib, ko’nglingiz cho’kib, maqsadingizdan voz kechishni o’ylamaysiz, ya’ni taslim bo’lmaysiz, berk ko’chaga kirib qolganday o’zingizni his qilmaysiz, bemalol osongina ikkinchi yo’l bilan amalga oshiraverasiz.
10. Ko’p narsani xohlash. Ko’p narsani xohlash ko’nikmasini o’zingizda xosil qilishingiz kerak, o’shanda xuddi hayotingizda bundan boshqa ma’no yo‘qdek bitta maqsadga bog’lanib qolmaysiz. Faqat o’shandagina maqsadlaringizning faqat bittasi emas birdaniga 5-6 tasi amalga oshishiga sharoit yaratib berasiz.
Umuman insonda biron narsaga doimiy ko’nikma xosil bo’lishi uchun 21 kun davomida uzliksiz har kuni bajarish kifoya.
Inson doim o’ziga-o’zi “Yana nimani xohlashim mumkin va qanday qilib?” degan savolni berib va bunga javob izlash ko’nikmasini xosil qilishi kerak. Bitta maqsad va unga erishishning bitta yo’li bu eng omadsiz insonning ko’nikmasidir.
11. Maqsad tamon yo’ldan quvonish. Maqsadlarni amalga oshirishgacha bo’lgan jarayon ham sizni zavqu-shavqqa to’ldirishi kerak, ya’ni qilayotgan ishingizning faqatgina natijasi emas, balki natijadanda muhimroq va ko’proq vaqtni oladigani bu – maqsadingizni ro’yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlar ketma-ketligidir.
12. Bir o’q bilan ikki quyonni uring. Keyingi shartlardan biri bu xech qachon bir vaqtning ozida faqat bir maqsadga intilmaslik, ya’ni kamida ikkita maqsadga erishishga harakat qilish. Men bularni hayotda chinakam omadli insonlar hayotidan olib aytayapman. Ular har doyim shu yo’l bilan borishadi. Omadli insonlar faqat bir ish bilan shug’ullanish zerikarli va hayotga to’g’ri kelmaydigan harakat deb hisoblashadi.
Ubit-dvuh-zaytsev-2Afsuski, oquv dargohlarida, maktab va universitetlarda omadli bo’lish yo’llarini o’rgatishmaydi. Bu maskanlarda faqat bir kasbni, bir ishni yaxshilab egallash kerak deb ongga singdirishadi, albatta bir kasb – hunarning egasi bo’lgan yaxshi, lekin ular qanday qilib insonlarda o’zi uchun orzu qilish, maqsad qo’yish, yaratuvchanlik, erkinlik qobiliyatlarini rivojlantirishni o’rgatishmaydi. Men insonlarda hayotdan zavqlanib yashashga bo’lgan hissiyotni o’yg’otishga xarakat qilayapman. O’shanda yashash qiziqroq va osonroq bo’ladi. Shundagina katta maqsadlarga oson yo’l bilan va birdaniga erishish mumkin bo’ladi.
13. Hayotda qulay sharoitlardan foydalana olish va uni kelganligini seza bilish.
14. Hayotdan rohatlanib, xaqiqiy baxt nimaligini his qilib yashash. Hayotingiz sizni zavqlantiryapdimi, o’tayotgan kuningiz ayni damda sizga manzurmi? Unday bo’lmasa yashashning nima qizig’i bor? Xammasi o’zingizning qo’linggizda, xohshingizda va buni menga murojaat qilayotgan yuzlab insonlar isbotlab berishdi. Ularning hayotida bo’layotgan hayratlanarli o’zgarishlar buning isboti. Sizga maqolam yoqdi degan umiddaman. Hayotda baxtli insonlar ko’payaversin!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Baxt va omad.

2 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Офарин! Мен энди тушиндим. Сизга кандай миннатдорчилик билдиришни билмаяпман. Мен сизни хаммага керак деб хисоблайман. Сог булинг

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.