Baxtli oila siri nimada?

baxtli oila
Jahon statistikasi boʻyicha ohirgi yillarda turmush qurgan juftliklarning har uchtasidan ikkitasi toʻqqiz yil ichida ajrashib ketar ekan.

Nega bunday?

Biz oʻzbeklardagi vaziyat tushunarli. Chunki bizda atigi bir necha uchrashuvdan keyin toʻy qilib yuboriladi. Yoshlar bir-birlarini yahshi oʻrganib olishga ulgurishmaydi. Lekin, nega bir necha yil birga boʻlib, bir birlari hatti harakatlari va fel-atvorlarini ipidan ignasigacha oʻrganib, keyin turmush quradigan gʻarbdagi juftliklarda ham bunday katta sondagi ajirimlar kuzatilmoqda? Nega aynan toʻydan keyin? Nega toʻydan avval shuncha vaqt yurganlarida bir birlaridan sovishmagan insonlar, aynan toʻydan keyin bir birlarini koʻrishga koʻzlari yoʻq. Axir gʻarb halqlarida koʻpchilik juftliklar hatto ancha vaqt bitta honadonda yashab ham koʻrishadi-ku.
Chunki insonlar kelin-kuyovlik ilmini bilishmaydi. Aslida, bu qoidalar koʻp yillar avval jahonning yetuk mutahasislari tamonidan ilmiy tamondan isbotlangan va hozirda ham bu bilimlar minglab insonlarga oʻrgatilib kelinmoqda.

Bu qanday ilm?

Psixologiyada “Asosiy talab” degan tushuncha mavjud. Unga koʻra har bir insonda 6 hil turdagi talab boʻladi. Ular har bir insonda turli nisbatlarda boʻladi. Kimdadir koʻproq, kimdadir kamroq. Lekin, har bir insonda shulardan bitta yoki ikkitasi u inson uchun eng kuchli va asosiy talab boʻladi. Mutahasislarni fikricha ikkala juft oʻzidagi va juftidagi shu talablarni hisobga olgan holda oila qurishsa, hayotlari oʻzlari xohlagandek boʻlishiga sabab boʻlar ekan. Buning uchun ikkala inson bir birining ruhiyatidagi shunday oʻziga hosliklarni avvaldan bilib, keyinchalik shularni hisobga olgan holda yashab ketishlariga koʻzlari yetgan taqdirdagini turmush qurishlari kerak boʻladi.

Quyida insondagi shu oʻziga hosliklarni batafsil tushuntirishga harakat qilaman:

Qabul qilishga boʻlgan talab.
Bunday insonlarga biror vazifani yuklasangiz ularni jaxli chiqadi. Ularga turmush tarzlarini oʻzgartirgandan koʻra, munosabatlardan voz kechganlari osonroq. Oʻz xohishlari bilan kimgadir yordam berishlari yoki hizmat koʻrsatishlari mumkin, lekin, ulardan biror narsani kutishayotganlarini sezishsa uni bajarishmaydi, yoki, atayin teskarisini bajarishadi. Atrofdagi insonlar tamonidan ularga yoʻnaltirilgan har qanday bosimni sezishadi. Hayotlariga kirib keladigan har qanday yaqin insonni qoʻshimcha yuk, qoʻshimcha majburiyat sifatida qarashadi. Ular hech narsa talab qilmaydigan va ortiqcha vazifa yuklamaydigan insonlarga turmushga chiqishni avzal koʻrishadi.

Qulaylikka boʻlgan talab.
Bunday insonlar qulay yoki noqulay sharoitni juda yahshi farqlaydilar. Qulaylik ularni hotirjam qiladi, aksi esa uni yaratish uchun kuch beradi. Ular hamma ishni oldindan rejalashtirishadi. Rejalari buzilishini juda yomon koʻrishadi. Agar sayohatga yoki shunchaki uzoqroq joyga ketadigan boʻlishsa, oʻzlari bilan juda koʻp narsa olib ketishadi. Ular asosan ikki turga boʻlinadilar: atroflarini qulay holga keltirish uchun tinim bilmay harakatda boʻladiganlar va atroflariga bunday ishlarda yordam beradigan koʻplab “gʻamxoʻrlarni” yegʻadiganlar. Ular tartibga va qoidalarga qat’iy amal qiluvchi insonlar. Ularni uylarini hech qachon tartibsiz holda koʻrmaysiz. Bundaylarni har bir ishlari rejalashtirilgan, oldindan har tamonlama oʻylangan va har tomonlama hisobga olingan boʻladi. Ular hayotlariga tasodifiy va kutilmagan ishlarni olib kiruvchi insonlarni yoqtirishmaydi.

Himoyaga boʻlgan talab.
Bundaylar doim bezovta, insonlarni yaqin va begonaga ajratadigan insonlar hisoblanishadi. Ular birinchi boʻlib “Kim biz bilan?” va “Kim biz bilan emas?” degan savolni olgʻa surishadi. Ular kuchli rashkchilik hususiyatiga egalar. Ular juftlari uning tamonida boʻlgan yoki boʻlmaganiga, shaxsiy sirlarini birovlarga aytgan yoki aytmaganlariga, hammadan birinchi boʻlib u haqida oʻylagan yoki oʻylamaganliklariga katta ahamiyat berishadi. Bundaylar har tomonlama ishonchli insonlarni tanlashadi va ularni aldab, hiyonat qilib, xavf ostiga qoʻyib yoki sirlarini birovlarga bildiradigan insonlar bilan aloqani tezda uzishadi. Juft tanlashda ularni reja, qaror va maqsadlarini qoʻllab quvvatlaydigan, bir yoqadan bosh chiqarib va har tamonlama ishonib yashaydigan insonlarni tanlashadi.

Pulga boʻlgan talab.
Bundaylar pulni sevishadi va doim yegʻishadi. Ular kamdan kam kiyim kechak sotib olishadi. Bitta sifatli kiyim sotib olib, ancha vaqt kiyib yurishadi. Ularni eng yomon koʻrgan ishlari bu ortiqcha toʻlovdir. Savdolashishni yahshi koʻrishadi va chiqirma bor joylarni doim qidirishadi. Mayda chuyda buyumlarga harajat qilishni yoqtirishmaydi. Ular faqat uzoq muddat hizmat qiluvchi buyumlarnigina sotib olishlari mumkin. Biror buyumlari buzilsa, ustaga pul toʻlamaslik uchun iloji boricha uni oʻzlari tuzatishga harakat qilishadi. Faqat ularga kerakli biror narsa arzonlashib qolgan vaqtdagina ularni koʻp sonda sotib oladilar. Qayta ishlatish yoki sotib yuborish mumkin boʻlgan eski buyumlarni axlatga tashlashmaydi. Qayerda boʻlishsa ham u yerdagi buyum va hizmatlarni narxidan doim habardor boʻlib yurishadi. Ular tejashni bilmaydigan va pulni tezda ishlatib yuboradigan insonlarni yoqtirishmaydi. Agar juda qimmat bo’lsa, hatto ularga berilgan sovgʻa ham ularni ranjitishi mumkin. Ular koʻpincha sovgʻani pul koʻrinishda boʻlishini xohlashadi.

Maqtanishga boʻlgan talab.
Bunday insonlar hamma ishni boshqalar baxo berishlari uchun bajarishadi. Ularning asosiy xohishlari boshqalardan past yoki yomon boʻlib qolmaslik va iloji boʻlsa yahshiroq yoki yuqoriroq boʻlish. Ularni hayotlarini musobaqadan iborat desa boʻladi. Har sohada boshqalardan koʻra yahshiroq boʻlishga harakat qiladilar. Ular koʻp ishlarni oʻzlarini rohatlari uchun emas, boshqlar baxo berishlari uchun bajarishadi. Ayrimlar “Meni muommoyim sizlardan ham yomonroq” deb maqtanishlari ham mumkin. Juftlaridan ham doim maqtov eshitishni va juftlarini oʻzlari ham qaysidir jihatdan maqtovga arzigulik inson boʻlishlarini xohlashadi.

Bu yozilgan hislatlar sizda yoki juftingizda aynan yuqorida aytilgandek boʻlmasligi mumkin. Lekin har bir kishida shulardan kamida bittasi qaysidir darajada boʻlishi aniq.

Oʻzingizga munosib umr yoʻldoshni uchratishingizni va u bilan baxtli boʻlishingizni tilab qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Kelin-kuyovlik ilmi.

4 ta muhokama

  1. Kaxramon shunday dedi:

    Agar iloji bulsa butkul xayotimdi. Uzgartirardim iloji bormi

  2. Davrbek shunday dedi:

    Er xotin bir birini to’liq tushunib olishi uchun qancha vaqt kerak?

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan