Farzand tarbiyasidagi 7 qoida

tarbiyaKoʻpchilik farzandni toʻgʻri tarbiya qilishni bilmaydi. Shuning uchun ota onalarga bu boradagi maslahatlar va toʻgʻri tarbiya sirlari juda muhim.  Afsuski bu bilimlar hech qayerda oʻrgatilmaydi. Shuning uchun har kim oʻzi bu bilimlarni mustaqil oʻrganishiga toʻgʻri keladi. Har bir ota ona bola tarbiyasi boʻyicha hech bo’lmaganda eng asosiy qoidalarni bilib olishi zarur.

Bola tarbiyasi borasidagi psixologlar maslahatlari:

Tarbiya siri №1

Bunga siz ishomasligingiz yoki sizga gʻalati tuyulish mumkin. Lekin , bola  7 yoshgacha hech qanday ruxan va jismonan nuqsonlarsiz katta boʻlishi uchun uni bir kunda kamida 4 martta va toʻliq mukammal inson boʻlib yetishishi uchun esa oʻn ikki martta quchoqlash kerak. Aks holda mehr yetishmasligi oqibatida turli kasalliklarga chalinishi va ruhan shakillanishida nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin.

Tarbiya siri №2

Bolani urishish mumkinmi? Agar bolangiz biror ishni toʻgʻri qilolmayotgan boʻlsa, barcha e`tiboringizni shunga qaratib, bunga yopishib olmang. Undan  koʻra yahshi bajarayotgan ishlari uchun tez-tez maqtang. Shundagina bolangiz oʻz-oʻzidan qolgan ishlarni ham toʻgʻri va joyida qilishga harakat qiladi.

Har qanday holda ham hech qachon “Sen bir ishni eplolmaysan”, “Sen doim…”  kabi jumlalarni ishlatmang. Chunki bu narsa bola ruhiyati va tarbiyasiga qattiq taʻsir etishi aniq.

Tarbiya siri №3

Oʻziga ishongan shaxsni tarbiyalash. Hech qachon bolangizni turli qoʻrqinchli voqiyalar yoki kuchuk, boʻri va shu kabilar bilan qoʻrqitmang. Har qanday qoʻrqinch bolada oʻz hatti harakatiga nisbatan ishonchni yoʻqolishini keltirib chiqaradi.  Bundan tashqari bolani tashqi koʻrinishi va hulq-atvoridagi kamchilikka urgʻu berish oʻrniga, farzandingizga oʻsha kamchiliklarni toʻgʻirlashga yordam bering. Shunda haqiqiy liderni voyaga yetkazasiz.

Tarbiya siri №4

Bolada eng kichik vaqtidan boshlab javobgarlik hissini tarbiyalash zarur. Buning uchun kichik bir vazifalar berib turish kerak. Bu narsa inson hulq-atvorini shakillanishida muhim oʻrin tutadi. Bola uy ishlari bilan band boʻlganda unda tezda mustaqillik hislati rivojlanadi va kichik boʻlsa ham mustaqil yechimlar qabul qilishni boshlaydi va unda turli injiqliklarga vaqt qolmaydi.

Tarbiya siri №5

Bola tarbiyasinig asosiy qoidalaridan biri shuki, hech qachon bolaga toʻgʻridan – toʻgʻri yoʻl koʻrsatish yahshi emas. Yani, har bir savolni yechimini tashabbuskorlik bilan oʻzi topishiga yoʻl qoʻyish kerak boʻladi. Faqat toʻgʻri yechimga undash va yoʻnalish berish kerak.

Tarbiya siri №6

Bolani hayotdagi toʻsiqlarni mustaqil yengib oʻtishga oʻrgatish juda muhim. Faqat shu orqaligina hayotdagi qiyinchiliklarni jasurlik bilan yengib oʻtishdan qoʻrqmaydigan insonni tarbiyalash mumkin. Shu orqali turli stress, ruhiy tushkunlik va xavotir kabi hissiyotlarga moyilligi juda kam boʻlgan shaxs voyaga yetadi. Bola tarbiyasida nafaqat yahshi tarbiyachi boʻlish, shuningdek yahshigina psixolog ham boʻlish lozim boʻladi.

Oʻylaymizki, bu maslahatlarimiz oʻgʻlingiz yoki qizingizni oʻziga ishongan, jasur va yahshi inson boʻlib tarbiyalanishi uchun nima qilish kerakligini tushunishizga yordam beradi. Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz!

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Bola tarbiyasi.

1 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    JUDA YAXWI

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan