Inson oʻz oʻzini oʻzgartirishi mumkinmi?

a057d4c5d5fb76bd8445421d4e1422ad_hYigirma birinchi asrda har qanday psixolog bu savolga «XA!» deb javob berishi aniq.  Shunchaki bundan koʻpchilikni habari yoʻq. Aslida buning uchun “Affermatsiya” deb atalgan tushuncha bor. Bu tushunchani gʻarbda nafaqat psixologlar, hatto oddiy halq ham yahshi bilishadi. Halqimizda “Nafasingni shamol uchirsin!”, “Yahshi gapga ham, yomon gapga ham farishta omiyn deydi!” kabi fikrlarni koʻp eshitganmiz. Bu gaplarni kattalarimiz bekorga aytishmaydi. Ular oʻz hayotiy tajribalari natijasida, har qanday gap hayotda roʻyobga chiqishini koʻp bor kuzatishgan.  Toʻgʻri, bu hodisani boshqa tomoni ham bor. U haqda men avvalgi “Baxtli va omadli boʻlishning asosiy siri” nomli maqolamda batafsil toʻxtalib oʻtganman. Bu maqolamda esa, bu hodisani boshqa tamonini tushuntirib bermoqchiman. Men avvalgi “Folbinlik nima oʻzi?” nomli maqolamda, inson ongi 2 qismdan iborat, yani ong va ong osti yoki quyi ong deb ataluvchi qismlardan iborat ekanligi va quyi ong insondagi folbinlik (intuitsiya) qobiliyatiga javob berishi haqida takidlab oʻtgan edim. Bu maqolada esa, quyi ongni yana bir vazifasi haqida tushuntirib berishga harakat qilaman.

 Ong va quyi ong

Ongni vazifasini hamma  biladi. Yani u xulosa chiqarish, maqsad qoʻyish, vazifani mantiqiy yechimini topish  kabilar bilan shugʻullanadi. Lekin, ong osti qatlamini vazifasi haqida koʻpchilik eshitmagan.

Ong osti qatlami insonni sogʻligʻi va xavfsizligini taminlash bilan shugʻullanadi.quyi-ong Olimlar tamonidan bir necha oʻng yil oldin inson oʻz onggi imkoniyatlarini atigi 2-3 foiz qismini ishlatishi haqida takidlashgan edi. Hozirgi vaqtda inson onggini qolgan toʻqson yetti, toʻqson sakkiz foiz resursi quyi ong qatlamiga tegishli ekanligi aniqlandi.

Quyi ong siz tasvirda koʻrib turgan boʻlimlardan tashkil topgan. Qadimdan insonlarni ongli mavjudot deb hisoblab kelinadi. Aslida, insonni qaysidir maʻnoda aynan birgina hatti harakatni butun umri davomida qayta qayta takrorlaydigan mavjudot diyish ham mumkin. Chunki, inson hayotini har bir vaqt birligida quyi ongni “Tayyor yechimlar” boʻlimida saqlanuvchi yechimlar orqali harakat qiladi.

Bu boʻlimga yechimlar qayerdan keladi?

Avvalambor odam ona qornidaligidan boshlab bu boʻlim yangi ma’lumotlar bilan toʻlishni boshlaydi. Agar ona asabi homiladorlik vaqtida tinch boʻlsa, hatto gapirishni bilmaydigan chaqaloq ong ostini “Tayyor yechimlar” boʻlimiga “Dunyo xavfsiz, yaqin insonlarim menga mehribon, meni tashqarida kutishmoqda” degan fikr butun umrga yoziladi. Agar, ona homiladorlik vaqtida kunlarini eri, qaynona qaynotasi yoki boshqa insonlar bilan janjal qilish bilan oʻtkazsa, bola quyi ongiga “Dunyo hatarli, unda doim oʻz-oʻzini himoya qilish kerak, meni kutishmayapti” degan fikr yoziladi. Bola ongiga oʻrnatilgan shunday fikrlar bilan dunyoga kelishi natijasida asabiy, jahldor va hayotdan hafa fel atvorga ega boʻlgan holda dunyoga keladi. Koʻpchilik tugʻilgan bolani hatti harakatlari nega unday yoki bunday1306078496_1491935 boʻlishini tushunishmaydi. Barcha din talimotlarida bola sof holda dunyoga kelishi haqida takidlangani bejizga emas. Oiladagi va atrof muhitdagi insonlarni hatti harakati va tarbiyasi natijasida bola fel atvori shakillanadi, yani ong ostini  “Tayyor yechimlar” boʻlimiga fikr va mulohazalar yozilib boradi. Va u inson butun umr shu fikrlar ta’sirida ish tutadi. Bola ulgʻaygan sari sekin asta oʻqituvchilar, oʻrtoqlar va boshqa insonlar ta’sirida quyi ong turli tushuncha, fikr, ishonch, e’tiqod va shu kabilar bilan toʻlib boradi.

Bularni qanday oʻzgartirishimiz mumkin?

Bularni affermatsiya nomli tushuncha yordamida oʻzgartirish mumkin. Bunda inson oʻziga yoqmagan va oʻzgartirishni xohlagan oʻz fikr va ishonchni boshqa fikr va ishonchga oʻzgartiradi. Masalan, koʻpchilik boy boʻlishni xohlaydiyu, lekin, qanchalik harakat qilmasinlar hech ham boy insonga aylana olishmaydi. Chunki, koʻpchilik insonlar ong ostini “Tayyor yechimlar” boʻlimiga “Boy bo’lish uchun koʻp mehnat qilish kerak”, “Boylik katta qiyinchilik bilan keladi” “Halol yoʻl bilan boy boʻlishni ilojisi yoʻq”, “Hamma boylar odamlarni nasibasini oʻgʻirlagan holda boy boʻlgan insonlar”, “Biznesni boshlash uchun0_42bf8_2f7bfebe_L1 pul kerak, menda esa bu pullar yoʻq” kabi tushunchalar joylashib qolgan. Bu tushunchalar insonni boy boʻlishiga olib keladigan harakatlarni qilishidan toʻxtatadi. Bunday ong osti dasturlarini inson oʻzi anglamagan holda bajaradilar. Inson shu fikrlarni teskarisini qaytarib yursa, insondagi ong ostidagi fikrlar oʻzgaradi va inson oʻzi bilmagan holda boy boʻlishga olib keladigan ishlarni qila boshlaydi.

Misol uchun, “Boylik katta qiyinchilik bilan keladi” fikrini oʻrniga “Boylik menga osonlik bilan keladi” deyiladi. Yoki,   “Halol yoʻl bilan boy boʻlishni iloji yoʻq” tushunchasini oʻrniga “Men halol yoʻl bilan boy boʻlmoqdaman” deyish kerak. Shunda siz boy insonlardek fikrlashni boshlaysiz va hatti harakatlaringiz ham shunga yarasha boʻladi. Bu qaytariladigan teskari fikrlar “Affermatsiya” deb ataladi. Bu fikrlarni toki ong ostiga chuqur singib olguncha koʻp marotaba qaytarish kerak. Siz “Axir bu fikrlar notoʻgʻriku” deyishingiz mumkin. Lekin ishoning, boylar shunday fikrlashadi. Shunday insonlarni siz ham tanishingiz aniq. Agar bilmasangiz, Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsni, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bil Geyts, Mashhur aktorlar Arnold Shvartsneger va Selvester Stalonni va Garri Potter asari muallifi Djoan Rouling hayotini o’qishingiz va ular qanday boy boʻlishganini bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Foydali ma'lumotlar.

27 ta muhokama

  1. dildora shunday dedi:

    Men kup insonlar b.n muloqot qilsam mendan zerikip qolishadi nima qilsam biladi?

  2. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum Dilshot aka,yahshimisiz?har safar sizning bloglaringizni o’qib ko’p narsani o’rganaman.aslida kim,va qanday insonligimni qanday bilsam bo’ladi?hayotda o’z o’rnimni topishda manga qaysi hislatlar zarur?avvaldan katta rahmat!

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom, Ulug’bek!
      Inson o’z hayotini 8 sohasi bo’yicha qanchalik yuqori natijalarga erishsa, shunchalik hayoti yahshilanib boraveradi. Saytimda bergan maslahatlarimni hayotingizda qo’llab borsangiz, hudo xohlasa albatta hayotda o’z o’rningizni topasiz. Bepul darslarga obouna bo’lganingizda elektron pochta manzilingizni noto’g’ri yozgan ekansiz. Sizni o’zim obuna qilib qo’ydim. Elektron pochtangizga birinchi dars yuborildi.

  3. Anonim shunday dedi:

    Ksllikni ong osti orqali yaxshi qilish mumkinmi…

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      ha. albatta! Buning uchun eng osoni affermatsiyadan foydalanish. Buning uchun “Men butunlay sog’lomman!”, “Meni barcha kasalligim tuzalib ketdi!” kabi jumlalarni ko’p-ko’p qaytarish kerak. 3-5 daqiqa davomida chuqur-chuqur nafas olgandan so’ng qaytarilsa samarasi ancha yuqori bo’ladi va tezroq natijasi seziladi.

  4. Guli shunday dedi:

    Salom dilshod aka menga yordamiz kerak

  5. Ulug'bek shunday dedi:

    Assalomu alaykum aka.manga nisbatan e’tiboringiz uchun katta rahmat.g’amxo’rligiz uchun ham rahmat.emailmni paroli esdan chiqgani uchun uni bugun o’zartirdim.u emailimdagi ma’lumotni o’qiy olmadim.

  6. Ulug'bek shunday dedi:

    Iloji bo’lsa yangi emailimga ham obuna qilib qo’ying maylimi?oldinda rahmat

  7. Ulug'bek shunday dedi:

    Dilshot aka,saytizda o’ziz haqizda ma’lumot bergan ekansiz.mening hozirgi ahvolim ham sizning otgan hayotizga o’xshaydi.ya’ni omadsiz,odamlarni yomon ko’radigan,doimo g’amgin bo’ladiganman.man ham huddi siz erishgan yutuqlar erishim mumkinmi?institutda o’qish bir umrlik orzuyim.koreys tilini o’rganishni juda hohliman.koreyaga borsam deyman.moliyaviy ahvoli achinarli ahvolda.lekin man hayotdan bahra olishni,chiroyli idoralarda ishlashni xoxliman.bular maning eng samimiy orzularim.bu orzularimdan voz kechishni hohlamiman.bu orzularimni ro’yobga chiqarishimni iloji bormi?

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Albatta iloji bor!
      Saytimda berib boriladigan qoidalarni va psixologik usullarni qo’llasangiz albatta o’z orzuingizga erishasiz. Chunki bu ma’lumotlar dunyoning yetuk psixologlari tamonidan ming-minglab insonlar hayotlarini o’rganib chiqish va mahsus tajribalar o’tkazish natijasida ilmiy isbotlangan ma’lumotlar hisoblanadi.

  8. sardorbek shunday dedi:

    Salom dilshod aka yaxshimisiz. Ismim Sardorbek sizga savol bermoqchi edim savol inson siz tariflagan quyi ongning anglanmas narsalar dasturiga kirib qolsa undan chiqib ketib boladimi. Lekin u oson emas inson unda yillap yurar ekan lekin bu juda ruxiy azob ekan. NevroPsixologlar buni absessiv fobik deyishyapti. Anglanmas deganda men inson g’ayri oddi bir xolatga tushar ekan yani o’zini o’ziday xis etmaslik yani miyami yoki rux buzilgan lekin butunlaymas. Oldinndan raxmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom, Sardorbek!
      Men tibbiyot hodimi emasman. Shuning uchun bunday tibbiy tashxislardan habarim yo’q. Lekin, psixologik nuqtaiy nazaridan aytadigan bo’lsam inson quyi ongiga o’rnashib olgan salbiy dasturlar insonni turli salbiy ruxiy kechinmalarga olib borishini aytishim mumkin. Salbiy ruhiy kechinmalar kuchli va uzoq muddat davom etishi natijasida inson turli ruxiyat bilan bog’liq kasalliklarga chalinishi haqida men ham tibbiyot hodimlari tamonidan eshitganman. Ayni kunlarda shunday salbiy dasturlarni quyi ongdan tozalashning zamonaviy psixologik metodlarini o’rgatuvchi o’quv kursini tayyorlash ustida ish olib bormoqdaman. Bu o’quv kursda beriladigan usullar yordamida har bir inson o’zidagi shunday keraksiz dasturlarni tozalashi mumkin bo’ladi.

  9. baxtibay shunday dedi:

    Salom dilshod aka ruhshinos bolish mening orzuim buning iloji bormi

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Salom! Ha albatta! Meni barcha o’quv kurslarimda qatnashib borsangiz, psixologiya sirlaridan habardor bo’lib borasiz!

  10. baxtibay shunday dedi:

    Assalomu aleykum dilshod aka men baxtibayman meni yoshim 20 da hali yosh bolishimga qaramay xotiram chatoq slovarlar ham yodimda turmaydi xotirani tiklash mumkinmi?

  11. Xadicha shunday dedi:

    Menga umuman odamlarga gapirish ular bilan muloqot qilish yoqmaydi. Fikrlarimni yaxshi yetkazib beraolmayman. Lekin asab buzar, gapni tushunmaydigan, ularga faylasufona gapirsa tushunadiganlarga uchrayman. Ish yuzasidan ularga tushuntirishga harakat qilaman. Menimcha ular meni tushuntirishimdan qoniqishmaydi. Xatto bir necha marta yuzlarini burishtirishgan. Qanday qilib kam va tushunarli gapirish mumkin.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum! So’zga usta bo’lish uchun o’ziga bo’lgan ishonchni kuchaytirish va quyi ongga so’zlashuv qobilyatini kuchaytiruvchi maxsus dasturlarni o’rnatish kerak bo’ladi. Buni “Baxt sari 7 qadam” kursida to’liq o’rgatiladi.

  12. Saidjon shunday dedi:

    Assalomu alaykum Dilshod aka hayolimda nuqul o‘zim xoxlamagan yomon fikrlar aylanayapti bunga qanday chora ko‘rsam bo‘ladi oldindan rahmat.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu alaykum!
      Salbiy ruhiy kechinmalar ko’payib ketganda shunday bo’ladi. “Yangi hayot” nomli o’quv kursimizda ruhiyatda saqlanib qolgan shunday salbiy quvvatlarni butunlay olib tashlashni o’rgatamiz. “Men rossiyadaman, o’quv kursda qanday qatnashsam bo’ladi” deb savol qoldirgansiz. Lekin email manzilingizni noto’g’ri yozganingiz uchun siz bilan bog’lana olmadik. O’quv kurs email yoki telegram orqali olib boriladi. O’quv kurs to’lovini xalqaro pul o’tkazmalari orqali to’lasangiz bo’ladi. Biz bilan xakimovdilshod@gmail.com nomli email manzili orqali yoki yoki telegram orqali +998 (97) 773-45-15 raqamiga murojat qilgan holda bog’lanishingiz mumkin.

  13. Doktor M shunday dedi:

    As salomu alaykum. Bu maqola menda yaxshi taassurot qoldirdi. Sizga 1 savolim bor edi. Ong ostini qanday tozalasa bòladi.

    • Dilshod Hakimov shunday dedi:

      Assalomu Alaykum! Buning uchun maxsus psixologik mashqlar bor. Ularni internet orqali olib boriluvchi “Yangi hayot” nomli o’quv kursimda o’rgatib kelmoqdaman.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan