Karonavirus (Covid-19) oqibatida yuzaga kelgan qo’rquvlar va ularni yengish usullari

 Yangi virus bilan zararlanish havotiri, pandemiya tufayli vujudga kelgan yagona tashvish emas.

1-QO’RQUV. HAYOTNING TO’LIQ VIRTUALLASHUVI

Nafaqat ishxonaga doir qo’ng’iroqlar , balki do’stona  kechalar ham onlayn rejimga o’tgani munosabati bilan ko’pchilik o’zini yomon his qildi.  Ko’plab insonlar yaqinda virtual dunyo butunlay  real hayot o’rnini egallashidan xavfsirashmoqda. Bir-birimizni endi  faqat ekranlarda ko’ramizmi, butunlay  masofadan ta’lim olishimiz mumkinmi,  hatto ishimiz ham shu yo’sinda davom etadimi, samimiy suhbatlarning o’rniga yozishmalarga  ham rozi bo’lamizmi degan hayollar har birimizni qiynamoqda. Jurnalistlar va tadqiqotchilar muntazam ravishda bunday ehtimollik haqida so’z yuritishiyabdi.  Ko’plab ijtimoiy tarmoqlar va masofaviy muloqot imkoniyatlariga qaramasdan, insonlar  o’zlarini tobora  yolg’iz his qilishmoqda.

QANDAY YENGISH  MUMKIN?

Yodda tuting, texnokratik apokalipsis (halokat) qo’rquvi  biz uchun yangilik emas. Media professori Jim Maknamara texnologiya rivojlanishining har bir bosqichida insonlar,  yangiliklar ulardan oldingi kashfiyotlar o’rnini butkul egallashidan havotirda bo’lgani haqida xabar berdi. Hatto yozuvning paydo bo’lishi ham ovozli muloqotdan voz kechilishiga sabab bo’ladi deb taxmin qilingan. Televizor ixtiro qilinganidan so’ng esa , kitoblarning yo’q bo’lib ketishi kutilgan  edi. Biroq,  biz hali ham suhbatlashamiz va  turli adabiyotlar mutoaala qilamiz. Insonlarning  jonli  uchrashuvlarini, onlayn muloqotlar  egallashi  ehtimoli katta, ammo bu  an’anaviy usulning  muqobil o’rnini egallay olmaydi.  Hozirda jonli muloqot taqchilligi  ayniqsa sezilmoqda, biroq  bu  uning butkul yo’q bo’lib ketishidan darak emas, balki vaqtinchalik  qo’llanilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi.

2-QO’RQUV. YANGI EPIDEMIYA YOKI COVIDNING IKKINCHI TO’LQINI

Birinchilardan bo’lib epidemiya e’lon qilgan mamlakatlardan koronavirusning ikkinchi to’lqini haqida xabarlar kelmoqda. Masalan, Janubiy Koreya: zararlanganlar ko’rsatkichi  ortayotgani  tog’risida ma’lumot berdi. Qiyini ortda qoldi deganda, karantin cheklovlari yana o’z kuchiga kirsa, inson ruhiyati kuchli zarba ostida qoladi.  Xuddi dahshatli filmdagi kabi, mehribon qutqaruvchi film so’ngida qotil bo’lib chiqsa. Ko’pchilik karantin takrorlanishidan qo’rqishmoqda: yana uydan chiqmasdan, tobora o’sayotgan ko’rsatkichlarni kuzatishdan havotirlanishmoqda. Virus mutatsiyaga uchrasachi? Yoki butkul yangisi paydo bo’lsa-ya? Kelajakka ishonch hissi mavjud bo’lmagani qatorida, bu savollarga ham javob yo’q .

QANDAY YENGISH MUMKIN?

Birinchidan,  pandemiyaning dastlabki to’lqini katta zarar yetkazganing sababi, biz unga tayyor bo’lmaganimizda  ekanligini  hisobga olish kerak. Uxan  virusi uzoq vaqt jiddiy qabul qilinmadi. Shu tufayli shifoxonalar bemorlarga to’ldi, mamlakatlar  esa karantinga olindi. Hozirda dunyoda yangi tibbiyot muassasalari qurilmoqda va “ dushman” virus faol tadqiq etilmoqda.

Ikkinchidan, global muammolar haqida so’z yuritilganda, ichki xotirjamlik katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlash joiz. Ma’suliyatning o’zingizga tegishli qismini zimmangizga oling, vakolatingizdan tashqarida bo’lgan muammolarni esa chetlab o’ting. Siz shaxsan qilishingiz mumkin bo’lgan narsalar mavjud: ijtimoiy masofaga rioya qilish, niqob taqish, qo’lni tez-tez yuvish va shamollash alomatlari  kuzatilganda uyda qolish kabi. Bular  bilan bir qatorda siz o’zgartira olmaydigan holatlar ham mavjud. Masalan odamlar qanday yashamoqda, karantin qoidalariga roiya qilishayabdimi, chala pishirilgan ko’rshapalaklarni yeyishmoqdami yoki yo’q?  Bunda eng tog’ri yo’l, birinchi toifadagidek muammolarga ko’proq e’tibor qaratib, ikkinchi toifadagi masalalar haqida ko’p ham oylamaslik.

3-QO’RQUV. SOG’LIQ  BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR

Qayerga qaramang insonlar turli kasallik simptomlari (alomatlari) xususida gap yuritmoqda, tinmay o’zlarini qanday his qilayotganlari borasida suhbatlashmoqda. Har bir inson o’z salomatligiga  tobora ko’proq e’tibor berib, organizmning  eng kichik o’zgarishlarini ham qayd etmoqda. Supermarketda esa insonlarning noroziligiga uchrash uchun  birgina aksirishning o’zi kifoya. Bu kabi omillar sababli, hatto sog’lom odamlar ham o’zlarini kasal hisoblay boshladilar. O’z sog’ligiga nihoyatda katta e’tibor beruvchi  hamda ruhiy o’zgarishlari mavjud bo’lgan odamlar, ayniqsa qiyin vaziyatga tushishmoqda. Ularning havotirlari endi voqelikga ko’chdi:  “ko’rinmas” dushman har yerda bo’lishi mumkin, metro tutqichlaridan tortib supermarketdagi oziq-ovqat maxsulotlarigacha va eng yomoni, shundaki, kasallik yashirin holda avj olaveradi ular esa bundan  vaqtida xabardor bo’la olmaydilar…

QANDAY YENGISH KERAK?

Dunyoda pandemiya avj olayotgan bir paytda, bunday qo’rquv hatto foydali bo’lishi mumkin. Tarixda birinchi marta germofobiya – bakteriyalardan qo’rqish, nafaqat ijtimoiy jihatdan maqbul bo’ldi, balki qo’llab quvvatlandi. Shaxsiy salomatlikga e’tiborli bo’lish va sog’lom turmush tarzini olib borish, mazkur qo’rquvning ijobiy ta’siridan dalolat. Asosiysi, ipohondriyani o’z- o’zingizga g’amxo’rlik qilishga yo’naltirish kerak.

Bu davrda siz yaxshi ovqatlaning, yetarli darajada uxlang va muntazam ravishda  sport mashqlari bilan shug’ullaning. Shuningdek, internet orqali o’zingizga tashxis qo’ya ko’rmang! Agar o’zingizda kasallik alomatlarini sezsangiz duch kelgan insonlarga emas, balki  malakali shifokorga murojaat qiling.

4-QO’RQUV. RAQAMLI KUZATUV VA INSON TANASIGA ARALASHUV

Nima sababdan ko’chaga  chiqqanligingiz  to’g’risida xisobot berish, ilgari kuzatilmagan va ko’pchilik tomonidan ijobiy qabul qilinmagan holat. Ko’plab yangi ta’qiqlar va cheklovlar paydo bo’lmoqda, ammo ularning qancha davom etishi haqida bizda yetarli  ma’lumot mavjud emas. Bunday holatlar  turli mish-mishlar uchun yaxshi zamin hisoblanadi. Ba’zilar global iqtisodiyotni yo’q qilish uchun virus sun’iy ravishda  laboratoriyada yaratilgan deyishsa, boshqalar 5G minoralarini  koronavirus tarqatishda ayblashmoqda. Yana ba’zilar esa harakat ustidan nazorat o’rnatish maqsadida insonlarni majburiy ravishda chiplash xususida fikr bildirmoqda. Shu bilan birga, emlashga qarshi bo’lganlar xam faollashdi, ular hatto COVID 19 ga qarshi vaktsina ixtiro qilinishidan oldin ham majburiy emlash to’g’risida ogohlantiruvchi xabarlarni tarqatishdi. Bunday vaziyatda xotirjamlik va pragmatizmni saqlash eng oqil insonlar uchun ham qiyin kechadi.

QANDAY YENGISH KERAK?

Mish-mishlar, shundayki ularni  to’liq isbotlash yoki inkor etish mumkin emas. Ushbu g’oyalar juda mantiqiy ko’rinishi mumkin – har qanday yolg’on kabi. Ammo bizning fikrlashimizning o’ziga xosligi ularga haqiqat bo’lib ko’rinishga yordam beradi. Inson miyasi zerikarli va tasdiqlangan ma’lumotni kutishdan ko’ra qo’rqinchli, ammo qiziqarli va sodda narsaga ishonishni afzal ko’radi. Bu siz ijtimoiy mediada o’qiganlaringiz haqiqat emas degani emas. Ammo xayollar bizni o’z domiga tortishi hech gap emas, shuning uchun  bu kabi fitnalardan uzoq yurib , o’z hayotingizga e’tibor qaratishingiz maqbulroqdir.

Agar siz jamiyatdagi tendentsiyalarning asosli, ammo qo’rqinchli bashoratlarini o’qiyotgan bo’lsangiz, esda tuting: bular bor yo’g’i taxmin. Ular, voqealar dinamikasiga qarab ish yuritishadi, biroq yuz foiz nima bo’lishini oldindan bilishmaydi. Esda tuting, hech kim Uxandagi g’alati virusning bunday natijasini taxmin qilmagan. Prognozlarni hisobga olish mumkin, ammo ularga tayanib qaror qabul qilish nojoiz.

5- QO’RQUV. HAYOT VA KARYERAGA OID REJALAR

Barqarorlik izdan chiqqan pallada, ko’pchilik o’z kelajagidan havotirda. Ertagangi  kunga bo’lgan ishonchsizlik rejalar tuzishga xalaqit beradi. Insonlar ish  joyini almashtirish va orzudagi ish topish fikridan qaytib, hech bo’lmasa mavjud daromad manbaini saqlab qolish ilinjidalar. Boshqalar esa ota-ona bo’lish orzularini ham keying surishdi, har bir qadamda virusdan zararlanish xavfi bo’lganda albatta bu masala qoldirilishi tabiiy. Hatto dam olish uchun chet elga borish rejalari  ham uyqa qaytib kelolmaslik qo’rquvidan holi emas. Kvartira yoki mashina sotib olish kabi katta xarajatlar ham bunday davrda o’ta tavvakalchilikning bir turidir — ahir hech qanday jamg’armasiz ustiga-ustak kreditlar qurshovida qolish naqadar qo’rqinchli manzara.

QANDAY YENGISH KERAK?

Faqat bugungi kun bilan yashamaslik uchun moslashuvchanlikni o’rganishingiz kerak bo’ladi: rejalar tuzishga odatlaning, biroq ular chippakka chiqqanda tushkunlikka tushmang! Agar biror bir  vaziyat nazoratingiz ostidan chiqsa  doim qo’shimcha yechimlarni topishga harakat qiling. Agar siz voqealar rejangiz asosida ro’y bermayotganidan tushkunlikda bo’lsangiz, sizga maslahatim biroz kuting. Misol uchun, olti oy davomida chet elga sayohat qilishni rejalashtirmang, to’liq havo qatnovi boshlangunga qadar sabar qiling.  Bu vaqt mobaynida siz qisqa masofalarga sayohat qilish va yaqin atrofdagi yangi joylarni kashf qilish  imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Siz chinakam to’g’ri qaror qabul qilishdan oldin, pandemiya yoki iqtisodiy inqiroz bilan hayot tugamasligini unutmang. Sizning orzularingiz va rejalaringizni “eng mukammal paytga” qadar butunlay unutish shart emas. Hayot davom etmoqda va insonlar asta-sekin moslashadi. Misol uchun, bu yil rekord darajada past ipoteka stavkalari bor. Boshqa sohalarda ham inqirozga qarshi choralar mavjud. Eng muhimi esa:  mutloq barqarorlik kafolati nafaqat hozir, balki umuman hech qachon mavjud bo’lmaydi. Hatto eng tinch va osoyishta damlarda  ham to’satdan kutilmagan,  voqea- hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Shuning uchun xavf-xatar va imkoniyatlarni to’g’ri baholang va  bu davr sizni qattiq tashvishga solishiga yo’l qo’ymang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Foydali ma'lumotlar.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan