Nega inson uyquda tush ko’radi?

uyquda tush ko'rish

Hozirgi vaqtda dunyoda ko’plab “Tush tabiri” nomli kitoblar mavjud. Turli tabirchilar aynan bir turdagi tushni turlicha talqin qilishadi. Inson nega tush ko’rishi haqida ko’pchilikda tahminan tasavvur bor. Yani, tush orqali ilohiy olam insonni biror narsa haqida ogohlantiradi degan fikr bor. Lekin, ko’pincha insonlar tush orqali unga nima demoqchi bo’lishganini to’liq tushunishmaydi.

Nima uchun shunday?
Chunki yuqorida aytib o’tganimizdek, birgina tushni turli ta’birchilar turlicha talqin qilishadi. Lekin, gap bunda ham emas. Chunki, bir necha tabirchini tush haqidagi talqinini ko’rib chiqish natijasida aynan unga bildirilmoqchi bo’lgan habarga yaqinroq mazmundagi ma’lumotni topish ehtimoli ancha past. Chunki tushlarni ta’birlash uchun har bir insonning o’zi tomonidan yozilgan shaxsiy tush ta’biri kitobchasi bo’lishi kerak. Bu kitobchani qanday yaratishni tushuntirishdan avval tushni bizga kim ko’rsatishi haqida tushuntirib bermoqchiman.

Tush qayerdan keladi?
Inson miyasi ong qismdan tashqari, barcha tirik mavjudotlarda bo’lgani kabi quyi ong uyquda tushni quyi ong qismi ko'rsatadideb ataluvchi qismga ham ega. Yana uni ong osti qismi ham deb atashadi. Uning vazifasi inson sog’lig’i, xavfsizligi va baxtli yashashini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun ham u insonga tush orqali qandaydir xavf haqida yoki u insonga zarur bo’lgan ko’rsatmalar haqida belgi beradi. Bu ma’lumotlarni ma’lum qismini ilohiy olamdan oladi. Intuitsiyasi yahshi rivojlangan insonlarda esa bu hodisa ancha faol bo’ladi. Endi, yuqorida takidlagan fikrimizni davom ettiraylik. Shaxsiy tush ta’biri qanday yaratiladi?

U qanday yaratiladi?
Nima uchun shaxsiy tush tabirini yaratish muhim? Chunki, har bir insoning quyi ong qismi kerakli habarni o’z egasi tushunadigan obrazlarda yetkazadi. Bu obrazlarni boshqalar ko’rishsa, uni boshqacha tushunish ehtimoli yuqori. Shuning uchun ham har bir insonning tushda ko’radigan obrazlarini talqini yozilgan kitobchasi bo’lishi muhim. Uni yaratish uchun, har gal tush ko’rganingizda va uni eslab qolganingizda avval bu nimani anglatishi haqida o’ylab ko’rin. Quyi ong ko’p hollarda kerakli habar yoki belgini to’g’ridan to’g’ri ifoda etmasdan, turli o’xshatish, imo-ishora, ma’nosini o’zing chaq kabi turda 1389506364_1867508439ko’rsatadi. Shuning uchun ham ko’p tushlarni ma’nosini anglab yetish qiyinchilik tug’diradi. Agar ko’rgan tushingiz nimani anglatishini tushunsangiz, har bir obraz nimani anglatishini o’z shaxsiy tush ta’biri kitobingizga yozib qo’ying. Agar tushunmasangiz, hayolan ong osti qismingizga “Hurmatli quyi ongim, men bu tushni nimani anglatishini tushunmadim. Iltimos, keyingi gal huddi shu tushim orqali bildirmoqchi bo’lgan xabarni men tushunadigan boshqa obrazlarda ko’rsatgin” deyish kerak. Agar bu gal ham tushunmasangiz, yana shu gapni qaytarish kerak. Bundan avvalgi barcha tushlarni bir-biri bilan solishtirgan holda, toki tushni mazmunini tushunib olguningizcha shu ishni takrorlashingiz lozim bo’ladi. Tushni tushinib olganingizdan so’ng shu obrazlar va undagi voqiyalarni o’z kitobingizga yozib qo’ying. Keyingi gal shu obrazlar va voqiyalarni ko’rganingizda ong ostingiz tilini tushungan holda, o’zingizga uzatilgan ma’lumotni oson tushunib olasiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Intuitsiya.

2 ta muhokama

  1. Mustafo shunday dedi:

    Asalom alekum men tush korayotganimda tush ekanligini bilaman bu kasallik emasmi iltimos javob bering

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan