Oila nima o’zi?

Oila – bu bir-biridan nima xohlayotganini so’rab yashaydigan odamlar guruhi! Ko’pincha biz qondoshlik yoki yaqin qarindoshlik aloqalari bo’lgan, bir-biri uchun er, xotin, farzand yoki boshqa maqomdagilarni oila deyishga o’rganib qolganmiz. Lekin hatto bir-biri uchun bunday maqomda bo’lmagan, bir-biri uchun mutlaqo begona bo’lgan, turli millat, din va elat vakillaridan iborat guruhlar “Biz bir oilamiz!” degan holatlarni ko’p kuzatmoqdamiz. Ammo, ular bir uyda yashashmaydi va ular bir-birlariga vazifa yuklashmaydi. Shunchaki ular bir-birlari uchun qiziq bo’lganlari, maqsadlari yoki fikrlashlaridagi o’xshashlik, bir-birlari uchun yordam va maslahat bera olishlari va yana boshqa ko’plab sabablarga ko’ra jamlanishadi. Lekin bu qanchalik achchiq haqiqat bo’lsa ham, menimcha shuni aytish joyizki, hozirda qondoshlardan ko’ra bir-biriga begona insonlar orasidagi “oilaviy” munosabatlar nazarimda mustahkamroqdek bo’lyapti. Ayniqsa, er, xotin va farzand munosabatlarida shunday holatlar ko’p kuzatilmoqda. Siz qanday fikrdasiz❓ Buni yaqinlaringizga ham yuboring va ularni ham fikrlarini biling! Fikrlaringizni izoh bo’limida kutamiz!

😊👇

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Aqilli rasmlar.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan