Omadli insonlarning 14 siri

Business - group of businesspeople posing for group photo in office showing thumbs up

1. Kulib yuring. Omad kulib yuradigan insonlarni yaxshi koʻradi. Agar siz omadli inson boʻlsangiz, sizga kerakli miqdordagi pul oʻz-oʻzidan oson yoʻl bilan keladi, kerakli odamlar yoʻlingizda uchraydi, lavozimingiz oson koʻtariladi, oʻzingiz yoqtirgan va xohlagan joylarda sayohat qilasiz.
Gʻamgin yuz insonni omad va farovonlikdan uzoqlashtiradi. Shuning uchun ertalab uydan koʻchaga chiqayotganingizda oynaga qarab yaxshi kayfiyat bilan kulib chiqib keting.
2. Xayotda oʻz oldingizga maqsadlar qoʻying. Va bu maqsadlar sizni albatta quvontirsin. Agar maqsadlaringiz sizni quvontirmasa demak u sizniki emas, kimdir tamonidan sizga singdirilgan boʻladi. Bunaqa maqsadlardan voz kechish kerak. Chunki xayotda eng qimmatli va qaytarib boʻlmaydigan vaqtingizni yoʻqotayotgan boʻlasiz. Inson oʻz maqsadlarini oʻylaganda, amalga oshirayotganda bir olam shodlik his qilishi kerak, uni maza qilib bajarishi kerak.
3. Maqsadlar koʻp boʻlishi kerak. Menga insonlar oʻz muammolari bilan, maslaxatlar berishim uchun murojaat qilganlarida men ularga birinchi galda orzu va maqsadlarini yozib chiqishlari kerakligini aytaman. Koʻpchilik insonlar afsuski 3, 7, 10, 12 orzu-maqsadlarini yozgandan keyin yana nima yozishlarini bilmay, oʻylanib qolishadi. Xayotda koʻp narsalarni xohlash kerak, agar kam narsani xohlasangiz omad kulish ehtimolligi ham shunchalik kam boʻladi. Orzu – maqsadlaringiz, intilish, niyatlaringiz 10, 100, 1000 ta va undan koʻp boʻlishi kerak. Oʻshanda xayotda yashashingiz oson buladi, qaysi yoʻlni, qaysi joyni tanlamang xamma joyda sizni imkoniyat, orzu-niyatlaringiz kutib turgan boʻladi, axir siz uni xohlagan boʻlasizda.
4. Orzu-maqsadlarni «XA» refleksiga moslab tanlash kerak. «XA» refleksi – bu nima? Siz oʻz xohlagan narsangizni sizda borligini, erishganinigzni tasavvur qilganingizda “men buni xohlasam kerak, menda boʻlsa yaxshi boʻlsa kerak” deb emas, «XA» «XA» «XA» men buni xohlayman deb xursand boʻlib, ich-ichingizdan quvnab bajarishingiz kerak. Mana shuni “XA” refleksi deb ataladi. Agar maqsadlaringizda «XA» refleksi ishlasa xech nimadan tap tortmay olgʻa intilasiz, zerikish, erinchoqlik boʻlmaydi. Agar maqsadingiz birovlar yani, ota – onangiz, raxbaringiz, qoʻl ostinigzda ishlaydiganlar, turmush oʻrtogʻingiz, bolalaringiz, qarindoshlaringiz tamonidan yoki boshqa kimdir tamonidan singdirilgan boʻlsa, bu sizning maqsadingiz emas. Agar oʻzingizning maqsadingiz boʻlsa hali erishmagan boʻlsangizda oʻsha maqsadni tasavvur qilgangizdayoq maza qilasiz, yerdan koʻtarilib parvoz qilayotganday oʻzingizni yengil sezasiz. Bu sizga katta quvvat va motivatsiya beradi.

Portrait Of Happy Young Couple Sitting On Floor Looking Up While Dreaming Their New Home And Furnishing

Hayotdan nimalarni xohlaysiz? Agar hayotda maqsadlaringiz kam boʻlsa va bu maqsadlar oʻzingizniki boʻlmasa maqsadlaringizni roʻyobga chiqarish juda qiyin boʻladi. Chunki ularni amalga oshirish uchun oʻzingizda kuch topa olmaysiz, baxona va toʻsiqlar topilaveradi, keyinga qoldirishlar, danagasaligingiz oshadi va xatto ertalab oʻrningizdan turgingiz xam kelmaydi. Agar aksi boʻlsa siz zavqlanib amalga oshirasiz, xatto charchoqni xam sezmay uxlashga xam vaqt topa olmay qolasiz, toʻxtagingiz kelmay sevimli ishingizni davom ettiravergingiz keladi. Uni tezrok oxiriga yetkazib natijasini koʻrgingiz kelaveradi.
5. Kuchli xohlash kerak emas. Omadli insonlarda maqsadlarni tanlashda «XA» refleksidan tashqari yana bir qoida mavjud. Oʻsha maqsadni judayam kuchli xohlash kerak emas. Haddan oshiq kuchli xohlash maqsadni buzadi. Agar judayam shu maqsadga erishishni xohlasangiz siz zoʻr berib chiranasiz, bu bilan omadni oʻzingizdan yiroqlashtirasiz. Agar xohishingiz oʻta kuchli boʻlmasa oʻsha maqsadingiz amalga oshmay qolsa xam koʻngilingiz choʻkmaydi va mayli bunisi boʻlmasa boshqa ish bilan shugʻullanaman deb oʻzingizni tezda chalgʻitib va tiklab olasiz. Har bir qilayotgan ishingizga, maqsadingizga bu oʻyin deb qarang, jiddiy qaramang, chunki agar jiddiy qarasangiz asabiylashasiz, asabiylashgandan keyin salbiy fikrlar oʻz-oʻzidan kelib chiqadi, bilasizki salbiy fikrlar omadsizlikka olib keladi, qarabsizki nimaga qoʻl urmang xammasi oxiri natijasiz tugaydi.
Inson xotirjam boʻlishi kerak, oʻshanda barcha maqsadlariga oson erishadi. Va yana shuni esda saqlangki bitta orzuni juda koʻp, toʻxtovsiz oʻylab yurib boʻlmaydi, oʻyladingiz, xoxladingiz va uni unuting, yaʻni xotirangizning bir chekkasiga saqlab qoʻying xuddi sandiqchaga solib qoʻygandek, xayotning oʻzi qulay sharoit va fursat boʻlganda oʻzi sizga eslatadi.
6. Oʻzingizni aldamang. Sizni zavqlantirmayotgan va quvontirmayotgan hayotga, ishga koʻnikib yashamasligingiz kerak. Masalan, xammasi yaxshi, menga bu ish yoqayapti deb oʻz-oʻzini aldash yahshi emas. Bunaqa xayot depressiyaga, tushkunlikka, hayotdan toʻyishga olib keladi. Bu sizga hayotingizda nimadir yomon va yoqimsiz ish boʻlayotganligi, notoʻgri yoʻldan ketayotganligingizdan belgidir. Buni inobatga olmay tanangiz qarshiligiga bosim oʻtkazsangiz bu albatta sizda ertami kechmi biron bir psixosomatik kasallik sifatida yuzaga chiqadi. Masalan: bosh ogʻrigʻi, arterial bosimning koʻtarilishi, arterial qon tomirlarining yorilishi va boshqa koʻplab son sanoqsiz kasalliklar kelib chiqishiga sabab boʻladi. Kasallik kelib chiqishining sabablaridan biri bu, shu yoqimsiz holatdan qochish xisoblanadi. Omadli va baxtli odamlar kasal boʻlmaydilar chunki ular hayotlaridan mamnunlar, yaxshi koʻradigan insonlari boʻladi, sevgan kasblari, oʻzlari yoqtirgan joyda va sharoitda yashaydilar.

7. Oʻzgartirish kerak. Agar hayotingiz sizga yoqmayotgan boʻlsa, quyidagilarni qilish kerak:

1.  Anglab yetish. Yani, oʻsha yoqtirmayotgan narsani nimaligini bilish: Masalan, ishingiz, koʻshningiz, sharoit, joy, munosabat.
2.  Tushunish. Yani, shu narsani oʻzgartirish kerakligini tushunish va bunga zarurat sezish.
3. Oʻzgartirish. Tushunib, qabul qilib boʻlgandagina oʻzgartirishga tayyor boʻlasiz. Masalan, buning uchun kitoblar oʻqisiz, kurslarga borib, psixologga murojaat qilasiz, shu muammolarni yechimini topadigan treninglarga borasiz va hokozo. Shunday qilib, oʻz muammolaringizni yechimini topishga intilasiz. Masalan: Spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan inson kuniga 1 shisha aroq ichish normal holat deb tushunar ekan u insonni bundan halos qilib boʻlmaydi.

Shunday qilib, xulosa qiladigan boʻlsak muammolardan qochib boʻlmaydi. Hozircha menga bu holat yoqmayapdi, meni bu narsa zavqlantirmayapdi, lekin, men buni oʻzgartira olaman va bu mening qoʻlimdan keladi deyishingiz kerak. Agar bu holatni shunday qoldirsangiz yoki yon atrofdagi insonlarni bunda ayibdor deb topsangiz omadsiz odamning ishini qilgan boʻlasiz. Omadsiz insonlar oʻz hayotidan noliyveradilar, ularni xech narsa zavqlantirmaydi, ularning xayotida xamma narsa qiyinchilik bilan amalga oshadi. Menimcha bunday insonga aylanib qolishni xohlamasangiz kerak. Hayotda har bir inson yengil hayot kechirishni, hursand boʻlib, zavqlanib yashagisi keladi. Hayotda bizdan faqat baxtli damlar qoladi, shuning uchun hayotga yengil va o’yinga qaragandek qarash kerak. Bizning hayotimiz bu oʻyin, faqat 2 holatdagina hayotga jiddiy qarashimiz kerak. Bular: joningizga tahdid solinayotgan paytida va hayotiy muhim, yani ularni qondirilmasligi oʻlimga olib keladigan ehtiyojlarni qondirish vaqtida. Qolgan holatlarga esa qiziq oʻyin oʻynayotgandek qarang, chunki qolgan narsalar insonga hayotda zerikib qolmasligi uchun berilgan.

8. Maqsadlar roʻyhati. Hamma ishlaringiz yaxshi ketishi uchun maqsadni toʻgʻri qoʻyish kerak. Buning uchun orzu-maqsadlar roʻyhatini tuzish kerak boʻladi.
9. Yoʻllar koʻp boʻlishi kerak. Biron bir maqsadga erishmoqchi boʻlsangiz uni amalga oshiradigan, maqsadga olib boradigan yoʻllaringiz, usullaringiz koʻp boʻlishi kerak, yaʻni A dan tashqari B yoʻl, eng kamida 2 ta yoʻlga ega boʻlishingiz kerak. Birinchi yoʻl amalga2017-07-03_173514 oshmay qolsa, ikkinchi yoʻl bilan ikkinchi yoʻl amalga oshmay qolsa, uchinchisi bilan amalga oshirish kerak. Agar amalga oshirish yoʻllari koʻp boʻlsa siz qaygʻuga botib, koʻnglingiz choʻkib, maqsadingizdan voz kechishni oʻylamaysiz, yaʻni taslim boʻlmaysiz, berk koʻchaga kirib qolganday oʻzingizni his qilmaysiz, bemalol osongina ikkinchi yoʻl bilan amalga oshiraverasiz.
10. Koʻp narsani xohlash. Koʻp narsani xohlash koʻnikmasini oʻzingizda xosil qilishingiz kerak, oʻshanda xuddi hayotingizda bundan boshqa maʻno yo‘qdek bitta maqsadga bogʻlanib qolmaysiz. Faqat oʻshandagina maqsadlaringizning faqat bittasi emas birdaniga 5-6 tasi amalga oshishiga sharoit yaratib berasiz.
Umuman insonda biron narsaga doimiy koʻnikma xosil boʻlishi uchun 21 kun davomida uzliksiz har kuni bajarish kifoya.
Inson doim oʻziga-oʻzi “Yana nimani xohlashim mumkin va qanday qilib?” degan savolni berib va bunga javob izlash koʻnikmasini xosil qilishi kerak. Bitta maqsad va unga erishishning bitta yoʻli bu eng omadsiz insonning koʻnikmasidir.
11. Maqsad tamon yoʻldan quvonish. Maqsadlarni amalga oshirishgacha boʻlgan jarayon ham sizni zavqu-shavqqa toʻldirishi kerak, yaʻni qilayotgan ishingizning faqatgina natijasi emas, balki natijadanda muhimroq va koʻproq vaqtni oladigani bu – maqsadingizni roʻyobga chiqarish uchun qilinadigan ishlar ketma-ketligidir.
12. Bir oʻq bilan ikki quyonni uring. Keyingi shartlardan biri bu xech qachon bir vaqtning ozida faqat bir maqsadga intilmaslik, yaʻni kamida ikkita maqsadga erishishga harakat qilish. Men bularni hayotda chinakam omadli insonlar hayotidan olib aytayapman. Ular har doyim shu yoʻl bilan borishadi. Omadli insonlar faqat bir ish bilan shugʻullanish zerikarli va hayotga toʻgʻri kelmaydigan harakat deb hisoblashadi.
Ubit-dvuh-zaytsev-2Afsuski, oquv dargohlarida, maktab va universitetlarda omadli boʻlish yoʻllarini oʻrgatishmaydi. Bu maskanlarda faqat bir kasbni, bir ishni yaxshilab egallash kerak deb ongga singdirishadi, albatta bir kasb – hunarning egasi boʻlgan yaxshi, lekin ular qanday qilib insonlarda oʻzi uchun orzu qilish, maqsad qoʻyish, yaratuvchanlik, erkinlik qobiliyatlarini rivojlantirishni oʻrgatishmaydi. Men insonlarda hayotdan zavqlanib yashashga boʻlgan hissiyotni oʻygʻotishga xarakat qilayapman. Oʻshanda yashash qiziqroq va osonroq boʻladi. Shundagina katta maqsadlarga oson yoʻl bilan va birdaniga erishish mumkin boʻladi.
13. Hayotda qulay sharoitlardan foydalana olish va uni kelganligini seza bilish.
14. Hayotdan rohatlanib, xaqiqiy baxt nimaligini his qilib yashash. Hayotingiz sizni zavqlantiryapdimi, oʻtayotgan kuningiz ayni damda sizga manzurmi? Unday boʻlmasa yashashning nima qizigʻi bor? Xammasi oʻzingizning qoʻlinggizda, xohshingizda va buni menga murojaat qilayotgan yuzlab insonlar isbotlab berishdi. Ularning hayotida boʻlayotgan hayratlanarli oʻzgarishlar buning isboti. Sizga maqolam yoqdi degan umiddaman. Hayotda baxtli insonlar koʻpayaversin!

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizga a'zo bo'ling!
Foydali hislar.

3 ta muhokama

  1. Anonim shunday dedi:

    Офарин! Мен энди тушиндим. Сизга кандай миннатдорчилик билдиришни билмаяпман. Мен сизни хаммага керак деб хисоблайман. Сог булинг

  2. Anonim shunday dedi:

    Rahmat

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan